Metodlar
Emperik
Tizimli- tuzilmali tahlil
logik-didaktik tahlil
tipologik
tarixiylik
taqqoslash
Statistik
matematik
Ilg‘or pedagogik
tajribani
umumlashtirish
Maktab tajriba
ishlarini o‘rganish:
kuzatish
suhbat
anketa so‘rovi
test so‘rovi
maktab
hujjatlarini
o‘rganish
Ekspriment:
tabiiy
laboratoriya
tasdiqlovchi
o‘rgatuvchi
nazorat
Nazariy
22
Geografiya ilmiy tadqiqot metodlari ikki guruhga ajratiladi. U quyidagi
chizmada o‘z ifodasini topgan. Geografiya o‘qituvchisi o‘qitish metodikasiga oid
bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
kerak. Afsuski, barcha geografiya o‘qituvchilari ham bu borada yetarli tasavvurga
ega emaslar. Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Geografiya o‘qituvchisida o‘z ish tajribasiga tanqidiy nuqtayi nazardan
yondashish xislati mavjud bo‘lishi.
2. Boshqa o‘qituvchilarning, ayniqsa, ilg‘or geografiya o‘qituvchilarining ish
tajribasini mustaqil o‘rganishi.
3. O‘z bilimini tinmay oshirib, geografiya ta’limi bo‘yicha ilmiy metodik va
tadqiqot ishlariga oid adabiyotlar va manbalar bilan tanishib borish.
4. Pedagogika, psixologiya va didaktika fanlari sohalarida erishilgan eng
muhim ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishishi lozim.
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar uyushtirishda boshqa
fanlar qatori dialektika metodologiyasiga amal qilinadi. Chunki tadqiqot metodlari
xilma-xil bo‘lishiga qaramay hammasi ilmiy bilish nazariyasiga tayaniladi.
Geografiya o‘qituvchilari faoliyatida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1. Nazariy tadqiqot metodlari.
2. Eksperimental-emperik tadqiqot metodlari.
3. Tarixiylik metodi.
4. Statistik-matematik metodlar.
5. Tizimli-tuzilmali metodlar.
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha dialektik falsafa fani (bilishning
umumiy metodi) asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda eksperimental-
emperik metod, tadqiqotning ilk bosqichlarida, ya’ni tadqiqot muammolari
bo‘yicha faktlar yig‘ish jarayonida keng qo‘llaniladi. Bu metod ayniqsa xulosalarni
qayta tekshirish va aniqlashda qo‘l keladi. Emperik metod o‘z navbatida maktablar
tajribasini o‘rganish va eksperiment metodlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Geografiya ta’limi metodikasi fani dastlabki olib boriladigan tadqiqotlar davrida
eksperimental-emperik metodini ko‘proq qo‘llaydi. Keyingi yillarda nazariy
metodlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarga keng o‘rin berilmoqda. Xususan, bilimlarni
didaktik jihatidan tahlil qilish orqali o‘quv predmetini yaratish, o‘quv materialini
mantiqan tahlil qilish, o‘quv materialidagi geografik, iqtisodiy, ekologik
tushunchalarning tahlili shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa, o‘qituvchi faoliyati bilan
o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari, dars maqsadi bilan mazmuni,
ta’lim metodlari bilan ta’lim vositalari, bilimlarni egallash jarayoni bilan tarbiya
orasidagi aloqalarni tadqiq qilish masalalari nazariy metodlar negizida tashkil
23
etiladi. Hozirgi kunda geografiya o‘qituvchilari o‘z ishlariga tanqidiy yondashgan
holda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ilmiy tadqiqot ishlarini
amalga oshirishlari mumkin. Bunday ilmiy asoslangan tadqiqot ishlari darslarni
rejalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi har bir o‘tiladigan darsning vazifalaridan kelib chiqqan holda
darsning maqsadi, mazmunini yoritishga qaratilgan samarali metod va vositalardan
foydalanishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot loyiha – ishlanmasini yaratish orqali
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati nimalardan tashkil topishini oldindan aniqlab
olishi kerak. Eng muhimi darslar o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqligining
nimalarda aks etishi dars-loyiha rejasida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim.
Darslarda geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot masalalari
A.Y.Bibik, A.V.Darinskiy, L.M.Pancheshnikova, I.V.Dushina, Y.A.Tamojnya,
O.Mo‘minov, P.Musaev, R.Qurbonniyozov ishlarida atroflicha umumlashtirilgan.
Ilmiy tadqiqot metodlarini tanlash qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq bo‘lib,
eng avvalo, qo‘yilgan uslubiy muammo dolzarbligini belgilash uchun maxsus
adabiyotlar hamda “Geografiya v shkole” jurnalida yoritilayotgan materiallarni
nazariy jihatdan tahlil qilish zarur bo‘ladi. Agar bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishning samarali metod va vositalarini izlamoqchi bo‘lsak, avvalo o‘quv
jarayonini tuzilishidan boshlamoq kerak. Buni eksperiment asosida o‘qitish,
so‘rovnoma yordamida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlar tarzida
uyushtirish mumkin. Geografik tadqiqot metodlari ichida nazariy metod yetakchi
o‘rinni egallashi kerak. U o‘z navbatida bir qancha metodlarni: xususan,
adabiyotlar tahlili, statistik-matematik, tarixiy, kuzatish, taqqoslash va boshqalarni
o‘z ichiga oladi.
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar, eng avvalo,
geografiya, falsafa, mantiq, bilish nazariyasi, didaktika, pedagogika, psixologiya,
kabi fanlarni chuqur o‘rganib chiqishlari zarur bo‘ladi. Ular orqali tadqiqot uchun,
taqqoslash, qiyoslashga oid bo‘lgan ma’lumotlar to‘planadi. Uslubiy tadqiqotlarda
statistik-matematik metodlarning roli katta. Bunda tajriba o‘tkazilayotgan sinflar
va maktablardagi ish natijalarini e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Olingan
miqdoriy ko‘rsatkichlarga tayanib u yoki bu metodning, vositalarning qanchalik
samara berishini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Statistik-matematik metodning eng
muhim xususiyatlaridan biri shuki, uning yordamida pedagogika va, uslubiy
hodisalar o‘rtasidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatlari yaratiladi. Masalan,
tajriba sifatida qo‘llanilayotgan ta’lim metodi o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalariga, bilish faoliyatiga faolligi qay darajada ta’sir qilishini o‘rganishga
yordam beradi.
Geografiya fanini o‘qitishda tarixiylik metodining ham o‘rni beqiyosdir.
Uning mazmuni shundaki, vaqt o‘tish bilan u yoki bu metod hamda vositaning
24
o‘zgarishi va rivojlanishiga tarixiy nuqtayi nazaridan yondashib xulosalar
chiqariladi. Masalan, tadqiq etilayotgan muammoning bundan 30 yil oldin
mamlakatimizning mustaqillikka erishish arafasidagi geografiya ta’limi holatini
hozirgi kundagi metod bilan qiyoslab tanqidiy nuqtayi nazardan yondashish
tarixiylik metodining negizini tashkil qiladi.
Taqqoslash metodi ham tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, ilg‘or
tajribalarni qiyoslash, xorijiy davlatlarda geografiya o‘qitishda qo‘llanilayotgan
metodlarni bizning vatanimizda qo‘llanilayotgan metodlar bilan taqqoslash
samarali natijalar beradi.
Eksperimental-emperik tadqiqot metodlariga ta’lim jarayonini kuzatish,
pedagog faoliyatini o‘rganish va umumlashtirish, so‘rovnoma o‘tkazish,
o‘quvchilar bilan suhbat, maktab hujjatlarini o‘rganish kabi boshqa bir necha
metodlardan unumli foydalanish kiradsi. Kuzatish ilmiy tadqiqot metodlari ichida
eng keng tarqalgan metodlardan biri hisoblanadi. Kuzatish har bir tadqiqotchi
uchun nihoyatda zarur. O‘qituvchining mahorati, muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
kuzatuvchanlikka bog‘liq. Kuzatuvga kirishishdan oldin uning dasturini tuzib
chiqish zarur bo‘ladi. Kuzatish maqsadi puxta va aniq bo‘lishi talab etiladi.
Geografiya ta’limida kuzatish obyektlari sifatida o‘quv ish metodlari,
o‘quvchilarning amaliy va mustaqil ishlari hamda ta’lim vositalarini qo‘llash va
hokazolar bo‘lishi mumkin.
Geografiya ta’limida tasavvur va tushunchalarning o‘quvchilar ongida
shakllanish jarayonlarini kuzatish o‘ta muhim hisoblanadi. Kuzatish dasturlaridan
namuna keltiramiz:
1. a) o‘quv jarayonida mavzular mazmuniga o‘zgarishlar kiritilganligini
tekshirish, yangi materiallar, tushunchalarni boshqacha tarzda o‘rganish, ikkinchi
darajali materiallarni chiqarib tashlash;
b) yangi materialni o‘rganishda xatoliklar, noaniqliklar mavjudligi, metodlar
to‘g‘ri qo‘llanilganlighi, ular nimalarda o‘z aksini topganligini aniqlab beradi;
v) o‘qituvchi mavzuni rejalashtirish hamda dars jarayonida asosiy
tushunchalarni bo‘rttirib ko‘rsata olishida e’tibor qilish;
g) o‘quv materiallar qanday metodlar yordamida ko‘rib chiqilganligi, ularning
har biriga taxminan necha foiz vaqt sarflanganligini kuzatish;
2. a) Yakunlovchi amaliy ishlarning barchasi o‘tkazilganligini aniqlash;
b) qaysi amaliy ishlar o‘tqazilmadi, nima uchun;
v) har bir yakunlovchi amaliy ish uchun qancha vaqt sarflandi;
g) yakunlovchi amaliy ishlarni bajarishda o‘qituvchi va o‘quvchilar qanday
qiyinchiliklarga uchradilar, bu qiyinchiliklar nimalardan iborat?
d) o‘qituvchi dasturdagi amaliy ishlar mazmuniga va uyushtirish shakliga
o‘zgartirish kiritdimi, ularni nima bilan isbotlaydi;
25
e) dasturdagi boshqa amaliy ishlarga o‘qituvchilarning munosabati (ularni
qanday shaklda o‘tkazadi, yakka tartibda, yoppasiga, sinfda, uyda baholaydimi
qaysilarini o‘tkazmaydi, sababi) darsning qancha qismi (foizi) uni bajarishga
ketadi.
3.
a) dasturda ko‘rsatilgan fanlararo bog‘liqlik uyushtiriladimi:
b) fanlararo bog‘liqlik qanday uyushtiriladi;
v) o‘qituvchining boshqa fanlarga munosabati og‘zakimi, sinfda yoki uyda
topshiriqlarni bajarish tarzidami, biologiya, fizika, kimyo darslaridan foydalanish
va h.k.lar.
g) qaysi mavzuda qanday fanlar bilan bog‘liqlik yoritilmadi;
d) darsning qancha qismi (foizi) fanlar bog‘liqlariga sarflanadi.
j) o‘qituvchi fanlararo bog‘liqlik mazmuniga qanday to‘ldirish va
o‘zgartirishlar kiritdi, ular nimalarda aks etadi.
Geografiya ta’limi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarida so‘rovnoma metodi ham
keng qo‘llaniladi. So‘rovnomalar ilmiy tadqiqotlar mazmuniga muvofiq
o‘qituvchi, metodistlar, o‘quvchilar uchun alohida tuziladi. Bundan maqsad biror
uslubiy muammo bo‘yicha ma’lumot to‘plashdir. Masalan, tabiiy geografiya
kurslari bo‘yicha ta’lim metodlarini yanada takomillashtirish maqsadidagi
so‘rovnomalarda geografiya o‘qituvchilarga quyidagi Blis so‘rov beriladi:
1. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishda qanday metodlardan
foydalanasiz?
a) yangi materialni o‘tishda;
b) bilimlarni tekshirishda.
2. Darsingizda qanday metodlar yetakchi hisoblanadi?
3. Darsingizda 5-6-7-sinf o‘quvchilarining ishlaridagi farq nimalarda aks etdi?
a) karta bo‘yicha;
b) darslik bo‘yicha;
v) o‘quv kartinalari, jadvallar bo‘yicha;
g) ekran qo‘llanmalaridan foydalanish bo‘yicha (har bir sinf uchun alohida).
4. O‘quvchilar qobiliyati qanday metod va vositalar yordamida oshiriladi?
5. O‘quvchilarning bilish faoliyati qanday tahlil etiladi.
a) bilimlarni tayyor holda berasizmi?
b) materiallarning faqat bir qismini tushuntirasizmi?
v) barcha materialni o‘quvchilar mustaqil o‘rganadilarmi (misollar bilan h.k.)?
O‘quvchilar orasida ham so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Quyida o‘quvchilarning
sinfda bajarishlari uchun mo‘ljallab tuzilgan so‘rovnomani keltiramiz.
So‘rovnomalar respublika yoki viloyat maktablarida har xil natija beradi.
O‘rganilayotgan pedagogik hodisa yoki voqealik to‘g‘ri qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Chunki har bir maktab hududlarda turlicha sharoitlarda joylashgan.
26
O‘quvchilar uchun so‘rovnoma. Darsda yangi material qaysi metodda
o‘rganilganda yaxshi tushunasiz va eslab qolasiz?
(+ ishorasini materialni yaxshi tushuna olganingizda, - ishorasini esa o‘quv
materialini yaxshi tushuna olmaganingizda qo‘ying).
1. Materialni faqat og‘zaki bayon qilganda.
2. O‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mustaqil ish bajarganda.
3. O‘qituvchi suhbati yordamida (o‘qituvchi savoli hamda o‘quvchilar
javobini umumlashtirish tufayli xulosalar chiqarilsin).
4. O‘qituvchi o‘quv materialini faqat tayyor holda berganida (ya’ni hamma
narsani o‘zi tushunganda).
5. Ayrim topshiriqlarni o‘qituvchi topshirig‘i asosida karta, darslik,
videofilmdan mustaqil olganda.
6. Sinfdoshlarning ma’ruza va axborotlarini tinglaganda, o‘qituvchi doskaga
rasmlar chizib bayon qilganda, barcha kartinalarni tahlil qilganda.
7. Atlas va darsliklardagi kartalar bilan mustaqil ishlaganda.
8. Kompyuter, proektor, filipchart doskasi bilan ishlaganda.
9. Sinfda darslik bilan shug‘ullanganda.
10. O‘qituvchi rahbarligida amaliy ishlar bajarilganda.
11. O‘z bilimlariga tayangan holda yangi materialni mustaqil o‘rganganda.
12. Turli metodlarni birgalikda qo‘llash natijasida va h.k.
Eslatma: Yuqorida ko‘rsatilgan metodlardan tashqari yana qaysi metodlar
qo‘llanilganda yangi materialni puxta tushunasiz?
Geografiya ta’limi metodikasi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarda
pedagogik eksperiment keng qo‘llaniladi. Bu metod kuzatish metodining mantiqiy
davomidir. Eksperiment yangi pedagogik tajribani yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
u quyidagi holatlarda qo‘llaniladi.
1. Tadqiqotchi sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan material o‘quvchilar yoshiga va
bilim saviyasiga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi.
2. Maktab geografiya kurslaridagi biror mavzuni o‘rganishda tavsiya etilgan
yangi metodlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni birgalikda qo‘llashning samarasini
aniqlash zarurati tug‘ilganda va h.k. Boshqacha qilib aytganda, bu metod ta’lim va
tarbiya jarayonini ilmiy nuqtayi nazardan, tajribalar yordamida sinab ko‘rish
zaruriyati tug‘ilganda qo‘llaniladigan metoddir.
Eksperimentning muvaffaqiyatli o‘tishi, uning maqsadiga, qanchalik puxta
rejalashtirilganligiga,
tadqiqot
faraziga,
yangilikni
o‘zida
qanchalik
mujassamlashtirganiga bog‘liq. Tadqiqotlarda o‘rtaga tashlangan faraz o‘quvchilar
tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni hamda o‘sha bilim va
ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi metod va vositalarni ham o‘z
27
ichiga olishi kerak. Pedagogik eksperiment xilma-xil tarzda qo‘yilishi mumkin.
Uni belgilariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.
Vaqtga nisbatan: uzoq va qisqa muddatli.
2.
O‘rganilayotgan hodisalar tarkibiga ko‘ra: oddiy va murakkab.
3.
Tashkil etish jarayoniga ko‘ra:
a) laboratoriyada alohida o‘quvchilar guruhi bilan o‘tkazish;
b) tabiiy (butun sinf bo‘yicha yoki bir necha maktabning turli sinflari bilan).
v) kompleks tarzda (laboratoriya sharoiti va eksperimentlarni o‘z ichiga olgan
holda).
Eksperiment uyushtirishning muhim shartlaridan yana biri- farazga (gipoteza)
muvofiq o‘quv uslubiy (o‘quv matnlari, topshiriqlar, tarqatma, didaktik)
materiallar yaratishdan iborat. Eksperiment uyushtirishning eng keng tarqalgan
metodlaridan biri eksperiment va nazorat sinflar tashkil qilish hisoblanadi.
Eksperimental sinflarda o‘quv materiali tadqiqotchi tavsiya etgan yangi metodlar
yordamida uyushtiriladi. Nazorat sinflarida dars an’anaviy usulda olib boriladi.
Eksperiment va nazorat sinflarida o‘quvchilar soni, ularning bilim saviyasi deyarli
bir xil bo‘lishi kerak. Aks holda o‘tkazilayotgan eksperiment ko‘zlangan natijaga
erishishi qiyin. Eksperiment nazariy g‘oyalarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligini isbotlashdan iboratdir. Demak, eksperiment shunday tadqiqot metodiki,
unda pedagogik jarayonlarning obyektiv qonuniy aloqalari tadqiq qilinadi. Barcha
metodikaga oid fanlar qatori geografiya ta’lim metodikasi taraqqiyotini ham
eksperimentlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Odatda, nazariy va emperik tadqiqot
birgalikda qo‘llaniladi. Chunki tadqiqot jarayonida qo‘llaniladigan barcha metodlar
tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, umumlashtirish, abstraksiya kabi mantiqiy
vositalar yordamida amalga oshiriladi. Uslubiy tadqiq jarayoni bir necha
bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ular L.M.Pancheshnikova tadqiqotlarida yoritilgan
bo‘lib, quyidagilardan iborat. Bular muammoning qo‘yilishi, tadqiqotning asosiy
obyektini tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash, ish farazini ilgari
surish, kuzatish va eksperimental ishlar, tadqiqot bosqichlarining asosini tashkil
qiladi. Tadqiqot yakunida olingan ma’lumotlar va bilimlar umumlashtiriladi va
tadqiqot natijalari tajriba, tekshiruvlardan o‘tkaziladi. L.M.Pancheshnikova
uslubiy tadqiqotni quyidagi bosqichlarda tashkil qilishni tavsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |