1.3. Geografiya ta’limi metodikasi fanining
boshqa fanlar bilan aloqasi
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Geografiya fanlari geografiya metodikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Geografiya
fanlari
bilan
aloqadorlik,
maktab
geografiyasi
mazmunini
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Maktab geografiyasi mazmuni uzluksiz
takomillashib boradi. Shu tufayli ham keyingi yillarda maktab geografiya
kurslariga tabiiy, hududiy ishlab chiqarish komplekslari, bozor iqtisodiyoti kabi
tushunchalarning kiritilishi, tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish
zaruriyatini tug‘diradi. O‘quvchilarning THK va bozor iqtisodiyotiga oid
tushunchalar haqida puxta bilimga ega bo‘lishi ular ongida geografik muhit va
iqtisodiy elementlarni singdirish imkoniyatlarini ham vujudga keltiradi. Geografiya
o‘qitish metodikasi kartagrafiya, geologiya, ekologiya va boshqa fanlar bilan
mustahkam aloqaga ega. Hozirgi kunda eng muhim muammolardan biri geografiya
darslarida jamiyat bilan tabiat, inson bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab
aloqadorlikni o‘rganish hisoblanadi. Ushbu jarayon geografiya va unga yaqin
bo‘lgan fanlarni maktabda o‘qitish metodlari, vositalarini tanlashda ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Buni geografiya ta’limi metodikasiga
kartagrafik, statistik, kuzatish, taqqoslash, geografik axborot tizimi (GIS)
metodlarining kiritilishi va ishlatilishidan bilsa bo‘ladi. Chunonchi maktab
geografiyasi kursini kartasiz, ko‘rgazmali qurollarsiz, zamonaviy texnika
vositalarisiz hamda geografik axborot tizimisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘qitish
metodikasi geografiya fanining ba’zi bir ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanar
ekan, o‘quvchilarning bilimlarini samarali o‘zlashtirishlarini va ularni geografiya
20
fanining ba’zi tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Geografiya
ta’limi metodikasi, bevosita pedagogika fani tarmoqlariga kiruvchi didaktika,
psixologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Geografiya
metodikasi
didaktikaning asosiy qoida va prinsiplarini geografiya o‘qitish jarayoniga tadbiq
etishni, uning mazmuniga xos bo‘lgan xususiyatlarini ham e’tiborga olishni taqozo
etadi. Didaktika geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosda o‘qitishning maqsadi, mazmuni,
metodlari hamda o‘qitish jarayonini tashkil etishga doir talablarni belgilab beradi.
Demak, didaktika barcha fanlar uchun ta’limning umumiy qonuniyatlari va
nazariyalarini yaratsa, metodika esa, o‘z navbatida, didaktikaning fanlarni o‘qitish
haqidagi umumiy nazariyasini ma’lum bir o‘quv fani sifatida, ya’ni, geografiya
o‘qitish jarayoniga tadbiq etish bilan uni yanada takomillashtiradi va to‘ldiradi.
Demak, didaktika va geografiya o‘qitish metodikasi fanlari bir-birini to‘ldiradi va
boyitib boradi. Metodika to‘plagan materiallar didaktikaga nazariy tahlil uchun
manba bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘quvchilarning geografik bilim, ko‘nikma va
malakalarini baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g‘oyalar tizimini
shakllantirish va boshqalar didaktika tomonidan atroflicha o‘rganilishi metodika
uchun muvaffaqiyat garovi bo‘lishi mumkin. Geografiya fanini o‘qitishda
o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini
e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etib
bo‘lmaydi. Shu tufayli geografiya metodikasi psixologiya fani bilan chambarchas
bog‘liqdir. Psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktablarda
fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy asosda har tomonlama chuqur tadqiq etishni
hamda o‘qitishni yanada takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni
yaratib beradi. Demak, geografiya o‘qitish metodikasi ham o‘z navbatida
geografiya o‘qitish jarayonini tashkil etishda psixologiya fani qo‘lga kiritgan
yutuqlardan foydalanadi. Psixologiya o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy
qonuniyatlarini o‘rgansa, metodika esa o‘quvchilarning geografik obyekt va
hodisalarni o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni tadqiq qiladi. Metodika
bilan psixologiyaning eng muhim bog‘liqlik tomoni shundaki, unda geografiya
o‘qitishning mazmuni va metodlari bilan o‘quvchining ruhiy faoliyati orqali
erishiladigan natijalar o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar tadqiq qilinadi. Turli
geografik obyektlarning kartadagi joylanishini fazoviy tasavvurlarsiz egallab
bo‘lmaydi. Bunda, albatta, psixologiya fani bilimlariga tayaniladi. Demak,
geografiya ta’limi metodikasini o‘qitishda samarali natijalarga erishish uchun
o‘quvchilarning geografiyaga oid materiallarni puxta o‘zlashtirishlari orqali
o‘quvchilarning ruhiy faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar mavjudligini
ham nazarda tutadi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiya fani
yutuqlariga tayaniladi va psixologik diagnostika metodlaridan ham foydalanish
21
yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shunday qilib, geografiya o‘qitish metodikasi
pedagogika fanining mustaqil tarmog‘i sifatida o‘zining mustaqil tekshirish
predmetiga ega. U boshqa fanlarga tayangan holda mazmunan boyib, takomillashib
boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |