Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 
 



 
I-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASI FANINING 
NAZARIY MASALALARI 
1.1. Geografiya o‘qitish metodikasi fan sifatida, mazmun va uning 
mohiyati 
 
Geografiya  o‘qitish  metodikasi  pedagogika  fanlari  tizimiga  kiradi. 

Metodika
”  so‘zi  yunon  tilidan  olingan  bo‘lib,  bilim  berish  yo‘llarining  ma’lum 
tizimini  anglatadi.  Universitet  ta’lim  tizimida  geografiya  o‘qitish  metodikasi 
mutaxassislik  o‘quv  fani  sifatida  qaraladi.  Geografiya  metodikasining  asosini 
maktab  geografiyasi,  xususan  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  geografiya  hamda  ular 
bilan aloqada bo‘lgan kartagrafiya, geologiya, iqtisod, biologiya, aholishunoslik va 
boshqa  ko‘plab  fanlar  tashkil  etadi.  Ta’lim-tarbiyaning  umumiy  qonuniyatlarini 
didaktika  (ta’lim  nazariyasi)  tashkil  qiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
didaktikaning  mohiyati  ta’lim-tarbiya  jarayoni  hisoblanadi.  U  aniq  fanlar  uchun 
ta’lim  va  tarbiya  jarayoni  bilan  shug‘ullanmaydi.  Demak,  geografiya  o‘qitish 
metodikasi  ilmiy  pedagogika  fani  bo‘lib,  u  o‘quvchilarga  geografiyadan  puxta 
bilim berish, ularni har tomonlama yetuk dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar qilib 
tarbiyalash  va  o‘qitiladigan  geografiya  fanining  maqsadi,  ta’lim  vazifalari, 
mazmuni, metodlarni hamda geografiya fanini o‘qitishning eng muhim zamonaviy 
ta’lim  vositalarini  belgilab  beradi.  Geografiya  o‘qitish  metodikasining  asosiy  fan 
sifatida  oliy  o‘quv  yurtlari  geografiya  fakultetlarining  o‘quv  rejasiga  kiritilishi  va 
uni  o‘rganishdan  ko‘zda  tutilgan  maqsad,  bo‘lajak  o‘qituvchilarni  maktabda 
geografiya  o‘quv  predmetini  o‘qitishning  ilmiy  asoslari  bilan  qurollantirishdan 
iborat.  Bilish  nazaryasi  geografiya  o‘qitish  metodikasining  metodologik  asosini 
tashkil  qiladi.  Geografiya  o‘qitish  metodikasi  tadqiq  qiladigan  metodologik  va 
nazariy muammolarga ilmiy tadqiqot metodlari va predmeti, xorijiy mamlakatlarda 
va O‘zbekistonda geografiya ta’limi, geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha 
o‘qitishning  mazmun  va  mohiyati,  maqsad  va  vazifalari  kiradi.  Geografik 
bilimlarni  egallashda  ta’lim  bilan  tarbiyaning  birligi,  o‘quvchilarning  geografik 
bilim,  ko‘nikma,  malakalari  va  dunyoqarashini  shakllantirish  hamda  geografiya 
ta’limi jarayonlarining umumiy qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 

 
geografiyani o‘qitish maqsadi;  

 
geografiyani o‘qitish vazifalari; 

 
geografiya ta’limining mazmuni;  

 
geografiya ta’limining prinsiplari; 

 
geografiyani o‘qitish metodlari; 

 
geografiyani o‘qitish va o‘rgatishni tashkil etish; 



 

 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim olish imkoniyatlarini hisobga 
olish; 

 
geografiya ta’limining natijalari va h.k. 
Yuqorida  qayd  etilgan  tarkibiy  qismlar  o‘rtasida  mustahkam  aloqa  mavjud. 
Masalan:  o‘rganiladigan  mavzuning  maqsadi,  ta’lim-tarbiyaviy  vazifalari  va 
mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish prinsiplari va metodlari hamda 
vositalaridan  maqsadga  muvofiq  tarzda  foydalana  bilishni  toqazo  qiladi. 
Geografiya  ta’limi  metodikasining  nazariy  metodologik  masalalari  ko‘pgina 
metodist-geograf olimlar: Rossiyada N.N.Baranskiy, A.Ye.Bibik, T.P.Gerasimova, 
A.V.Darinskiy, 
I.V.Dushina, 
M.K.Kovalevskaya, 
I.S.Matrusov, 
L.M.Pancheshnikova,  M.V.Rijakov,  Y.A.Tamojnya  kabilar;  O‘zbekistonda 
A.Abdulqosimov, Z.Akramov, N.Dolimov, P.Musayev, O.Mo‘minov, M.Umarov, 
H.Hasanov, R.Qurbonniyozov va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan.  
Geografiya  ta’limi  metodikasi  fani  umumiy  metodika,  uning  nazariy 
masalalari  hamda  tabiiy  geografiya  o‘qitish  metodikasi  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyani  o‘qitish  metodikasi  kabi  qismlardan  iborat.  O‘z  navbatida  ularning 
har  biri  xususiy  metodikalar  (maktab  geografiya  kurslarini  alohida-alohida 
o‘rganish  metodikalari  hamda  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida 
o‘rgatiladigan  metodikalarni)  o‘z  ichiga  oladi.  Umumiy  metodika  maktab 
geografiya  kurslari  hamda  o‘rta  maxsus  ta’lim  tizimi    uchun  o‘qitish 
qonuniyatlarini  ya’ni  o‘qitishning  mazmunini,  tashkil  etish  shakllarini,  ta’lim 
metodlari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlar kabilarni o‘rganadi. O‘z vaqtida 
A.V.Darinskiy  umumiy  metodikani  geografiya  didaktikasi  deb  bejiz  aytmagan. 
Xususiy  metodika  maktab  geografiya  kurslarining  maqsadi,  mazmuni,  tarkibi, 
geografik  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantirish,  har  bir  kurs  bo‘yicha 
o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va hokazolar bilan shug‘ullanadi. 
Geografiya ta’lim metodikasi:  

 
maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari; 

 
geografiya ta’limining mazmuni;  

 
geografiya ta’limining qonuniyatlari va prinsiplari; 

 
geografiya o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari; 

 
ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar, darsliklar, atlas 
kartalar,  o‘quvchi  va  o‘qituvchilar  uchun  ilmiy  metodik  qo‘llanmalar  va 
boshqalarni yaratish); 

 
o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari; 

 
ta’lim jarayonida fikrlashning rivojlanishi va h.k. bilan bog‘liq vazifalarni 
hal qiladi. 


10 
 
Taniqli  geograf-metodist olima  L.M.Pancheshnikova  ta’biri  bilan  aytganda, 
geografiya  ta’limi  metodikasi  fani  quyidagi  to‘rtta  o‘zaro  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan 
muammoni:  “O‘qitish  maqsadi  -  geografiyani  nima  uchun  o‘qiymiz,  geografiya 
ta’limi  mazmuni  -  nimani  o‘qitamiz,  geografiya  ta’lim  vositalari  -    nimalar 
yordamida  o‘rganamiz,  o‘qitishning  shakl  va  metodlarini  -  qanday  o‘qitamiz?” 
tarzida tadqiq qilgan. Uni quyidagi chizmada ifodalaymiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-chizma

Savollarga javob beradigan geografiya ta’limi metodikasi. 
Bundan  tashqari  geografiya  ta’limiga  oid  bilimlarni  egallash  jarayoni, 
o‘quvchilarning  aqliy  qobiliyatlarini  rivojlanish,  o‘quvchilarni  tarbiyalash  kabi 
muammolarni  ham  o‘rganadi.  Shunday  qilib,  geografiya  ta’limi  metodikasi  fani 
mazmunan  boy  va  xilma-xildir.    Geografiya  fanining  mazmunini  maktabda 
o‘qituvchining o‘qitish faoliyati orqali o‘quvchilarning ongiga, tarbiyasiga hamda 
kamol topishiga yaqindan yordam beradi. 
Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:  
-  maktab  geografiya  kursining  sinflar  bo‘yicha  maqsadi,  mazmuni  va 
ahamiyatini  belgilash,  ular  mazmunini  takomillashtirish,  o‘quvchilarning  yosh 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  geografiya  fanidagi  asosiy  g‘oya,  fakt, 
tushuncha va qonuniyatlarni ajratib olish; 
-  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  o‘zlashtirishga 
imkon beradigan ta’lim yo‘llarini aniqlash; 
- geografiyaga oid ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda voqea va hodisalarga 
nisbatan  dunyoqarashni  shakllantirish  va  o‘quvchilarni  milliy  g‘oya  va 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini ko‘rsatib berish; 
-  o‘quvchilarga  amaliy  ko‘nikma  va  malakalarni  singdirish  imkoniyatlarini 
aniqlash; 
Mazmun 
(nimani o‘qitamiz?) 
Ta’lim vositalari  
(nimalar yordamida o‘rganamiz?) 
O‘qitish metod va shakllari 
(qanday o‘qitamiz?) 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish