Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Umumiy ta’lim maktablarida



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Umumiy ta’lim maktablarida  
5-sinf  «Tabiyot»  (1999-2000)  o‘quv  yilidan  boshlab  boshlang‘ich  tabiiy 
geografiya. 
6-sinf «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi». 
7-sinf  «Turkiston  tabiiy  geografiyasi»  (1-yarimida).  7-sinf  «O‘zbekiston 
tabiiy geografiyasi» (2-yarimida). 
8-sinf «O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi». 
9-sinf «Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi».
 
Akademik litseylarda 
1-kurs Ekologiya asoslari. 
2-kurs Amaliy geografiya. 
3-kurs Iqtisodiy geografiya. 
Kollejlarda: iqtisodiy geografiya asoslari o‘qitish tarzida belgilandi. 
Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi mazmuni va maqsadining o‘zgarishi 
munosabati  bilan  dastlabki  paytlarda  geografiya  o‘qituvchilari  talaygina 
qiyinchiliklarga duch keldilar. Bular, avvalo, o‘quv qo‘llanmalari va vositalarining 


78 
 
yetishmasligi, 
bilim 
berishda 
faqat 
o‘qituvchining  yetakchilik  qilishi, 
o‘quvchilarning esa, oddiy ishtirokchi bo‘lishi hukm surdi. 
Aksariyat 
o‘qituvchilarning  egallagan  bilimlarini  amalda  qo‘llay 
olmasliklari  ma’lum  bo‘lib  qoldi.  O‘qituvchilar  o‘z  ish  faoliyatlarida  muammoli 
metodlardan,  kompyuter  texnikasidan  foydalanish  ko‘nikmasini    bilmas  edilar. 
O‘tish davridagi maktab darsliklari jahon  standartlari talablariga javob bermasdan 
qoldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat universiteti Geografiya fakulteti 
olimlari  tomonidan  oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  ishlab  chiqarilgan  dasturlari  hozirgi 
davr  talabalariga  birmuncha  javob  berishi  bilan  ajralib  turadi.  Ammo  o‘rta 
maktablar uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari oliy ta’limda aks etgan bilimlar 
tizimidan  birmuncha  ajralib  qolgan.  Ayniqsa,  «Boshlang‘ich  tabiiy  geografiya», 
«Materiklar  va  okeanlar  geografiyasi»,  «Turkiston  tabiiy  geografiyasi», 
«O‘zbekiston  iqtisodiy  geografiyasi»  kurslari  talablar  darajasida  emasligi 
tajribalarda ayon bo‘ldi. Bu muammoni hal etish uchun respublikamizdagi barcha 
geografiya  olimlari,  metodistlari  faol  ishtirok  etishlari  zarur  bo‘ladi.  Maktab 
darsliklarini talablar darajasida yozish uchun tajribali olimlar taklif etildi. 
Mustaqillik  yilarida  o‘nlab  ilmiy  –  ommabop,  o‘quv  –  metodik  adabiyotlar 
yaratildi va geografik adabiyotlarni yozishga kirishildi. 
5-sinfda «Tabiyot» kursi P.G‘ulomov, P.Musaev, A.Bahromov muallifligida 
chop etildi. 
6-sinf  uchun  «Boshlang‘ich  tabiiy  geografiya»  P.Musaev,  A.Bahromov, 
R.Qurboniyozov va «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» A.Abdulqosimov 
muallifligida chop qilindi. 
7-sinf  uchun  «Turkiston  tabiiy  geografiyasi»  P.G‘ulomov,  X.Vahobov, 
A.Hasanov.  «O‘zbekiston  tabiiy  geografiyasi»  esa  O.Mo‘minov,  P.Baratov, 
M.Mamatqulov,  R.Rahimbekovlar  muallifligida  o‘quvchilar  diqqatiga  havola 
etildi. 
8-sinf  uchun  «O‘zbekiston  iqtisodiy  geografiyasi»  (Z.M.Akramov, 
P.Musaev) darsligi deyarlik qayta ishlandi. 
9-sinflarda  o‘qitiladigan  «Jahonning  iqtisodiy  geografiyasi»  dasturi  bilan 
darsligi  o‘rtasida  nomuvofiqliklar  mavjud.  Chunki,  bu  darslik  Rossiya  uchun 
yozilgan  darsliklarning  aynan  tarjimasi  hisoblanadi.  Dasturda  mavjud  bo‘lgan 
ko‘pgina bilim va mavzular darslikda yo‘q. 
Holbuki, o‘quvchilar dunyoning turli regionlarida joylashgan mamlakatlarni, 
ularning  aholisi,  xo‘jaligi  va  boshqa  xususiyatlarni  O‘zbekiston  bilan  taqqoslash 
imkoniyatlariga  ega bo‘lishlari  maqsadga  muvofiq.  Shu tufayli bu  darslikni  jahon 
standartlari  darajasida  yaratish  olimlarimiz  oldida  turgan  eng  muhim 
muammolardan biridir. 


79 
 
Geografiya  darsliklaridan  tashqari  o‘quvchi  va  o‘qituvchilar  uchun  o‘nlab 
metodik  adabiyotlar  chop  etildi:  Bular  R.Qurbonniyozovning  «Geografiya  ta’limi 
metodikasi»  (1993),  R.Qurbonniyozov,  Holiqovlarning  oliy  o‘quv  yurtlariga 
kiruvchilar  uchun  «Geografiya»  ma’lumotnomasi  (1993),  R.Qurbonniyozov 
«O‘zbekiston  geografiyasi»,  (qiziqarli  savol  va  topshiriqlar)  (1997), 
R.Qurbonniyozov  «Umumiy  tabiiy  geografiya»  (1999),  P.Baratov  «O‘zbekiston 
tabiiy 
geografiyasi» 
(1996), 
T.Asamov, 
M.Nabixonov, 
Safarovlar 
«O‘zbekistonning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi»,  P.G‘ulomov,  «Inson  va 
tabiat»  (1992)  va  boshqalar  tomonidan  ko‘plab  adabiyotlar  geografiya 
o‘qituvchilariga  havola  etildi.  Yuqoridagilardan  tashqari  geografiyadan  testlar 
bo‘yicha o‘nlab mualliflar tomonidan metodik qo‘llanmalar chop etildi. 
Aksariyat  viloyatlarning  tabiiy  va  iqtisodiy  geografiyalari  yaratildi.  Bular 
Samarqand  (M.Umarov,  G‘.Ashurov),  Farg‘ona  (I,Abdug‘aniev),  Surxandaryo 
(A.Ro‘ziev), 
Buxoro 
(I.Nazarov), 
Qashqadaryo 
(A.Hayitov), 
Xorazm 
(R.Qurbonniyozov)  muallifliklarida  amalga  oshirildi.  Ilmiy  va  metodik 
adabiyotlarning  chop  etilishi  geografiya  ta’limi  metodikasi  bo‘yicha  chuqur 
tadqiqotlarning  amalga  oshirilishi  hamda  ta’limining  birmuncha  takomillashuvi 
tufayli  geografiya  o‘qitishni  tashkil  qilish  borasida  talaygina  yangiliklar  vujudga 
kelishiga  sabab  bo‘ldi.  O‘qitish  jarayonida  baholash  tartiblarining  o‘ziga  xos 
shakllari,  uslublari  yaratildi.  Geografiya  ta’limida  o‘quvchilar  bilimini 
tekshirishning  reyting  tizimi  jadallik  bilan  joriy  etila  boshlandi.  Bu  tizim  orqali 
o‘quvchilarning nazariy, amaliy bilimlarini tekshirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratildi.  Reyting  tizimi  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlarini  mukammal  baholash 
imkoniyatlarini yaratdi. Maktab ta’limi jarayoniga reyting tizimi bilan bir qatorda 
test metodida nazorat qilish ham kirib keldi. 
Bu  metod  o‘qituvchining  vaqtini  tejash,  o‘quvchilar  bilimini  serqirra 
baholash  imkonini  yaratdi.  Shu  jihatdan  olganda  test  sinovlariga  bag‘ishlangan 
metodik  adabiyotlar,  jumladan  axborotnomalarning  nashr  etilishi  ayni  muddao 
bo‘ldi.  1992  yildan  respublikamizning    barcha  oliy  o‘quv  yurtlarida  kirish 
imtihonlarining  test  metodida  amalga  oshira  boshlanishi  ham  katta  samarali 
natijalarga  olib  keldi.  Mustaqillik  yillarida  talaygina  o‘quv  vositalari  yaratildi. 
Ma’lumki, geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida kartasiz darslarni olib borish mumkin emas. Respublikamizda 
o‘quv  kartalarini  o‘tish  davrining  qiyinchiliklariga  qaramasdan,  O‘rta  Osiyo  va 
Qozog‘istonning  tabiiy,  O‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy  va  iqtisodiy,  iqlim, 
ekologik,  aholi  zichligi,  dunyoning  siyosiy,  ma’muriy  va  boshqa  kartalarni  nashr 
etish  bo‘yicha  ko‘pgina  ishlar  amalga  oshirildi.  1999-yilda  Prezident  farmoishi 
bilan O‘zbekiston geografiya atlasi chop qilindi. 


80 
 
7-8-9-sinflar uchun atlas va konturli kartalar nashr etildi. Ammo dunyoning 
turli mazmundagi kartalari, globuslar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalarni nashr 
etishda  sustkashlikga  yo‘l  qo‘yildi.  Geografiya  fani  bo‘yicha  ta’lim  vositalarini 
yaratishda tajribalardan unumli foydalanishimiz maqsadga muvofiq. Xorijiy ilg‘or 
mamlakatlarda  kartalar  va  boshqa  didaktik  materiallarni  disketga  kiritib,  o‘quv 
disketlarini  yaratish  yo‘lga  qo‘yilgan.  Buni  bizning  respublikada  ham  amalga 
oshirish  uchun  qo‘lay  imkoniyatlar  mavjud.  Chunki  aksariyat  maktablarda 
kompyuterli  o‘quv  xonalari  mavjud.  Ammo  o‘quv  kinofilmlarni  tayyorlashda, 
nashr etishda ularning ilmiy jihatdan to‘g‘ri va mukammalligiga, metodik jihatdan 
puxta  ishlanganligiga,  o‘quvchilarning  dunyoqarashini  shakllantirishga  va 
ma’naviy  qiyofasiga  mos  bo‘lishiga  e’tibor  berish  zarur.  Yuqori  saviyadagi 
geografiya  darsliklari,  o‘quv  metodik  adabiyotlarini,  atlas  va  kartalar,  ta’lim 
vositalarini  yaratish  uchun  muntazam  ravishda  tanlovlar  e’lon  qilib  turish 
maqsadga muvofiq.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish