oq oltin
perifrazasi misolida ko„rib o„tamiz. Ma‟lumki, oltin ijtimoiy ongda ijobiy
baholanib, boylik ramzi hisoblanadi. Paxta esa respublikamiz iqtisodiyotida
yetakchi o„rin tutadi, xalqimiz hayoti va turmushida asosiy boylikni vujudga
keltiruvchi vosita sanaladi. Oltin haqidagi tasavvurimiz bilan paxta haqidagi
tasavvurimizning qiyosi, ya‟ni ular orasida har birining muayyan belgi-
xususiyatlaridagi o„xshashlik tarzida perifrazaning
oltin
uzvi, farqiy belgi-
xususiyatlar asosida esa
oq
uzvi shakllangan. Natijada nutq predmetini baholash
maqsadi ta‟sirida ekspressivlikni vujudga keltiruvchi –
paxta
so„zining funksional-
semantik sinonimi –
oq oltin
perifrazasi yaratilgan.
Yuqorida keltirilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1.
Perifraza nutqning rang-barangligini, badiiyligini ta‟minlovchi uslubiy
vosita bo„lib, u tilning nomlash ehtiyoji mahsuli emas, balki ifoda ehtiyoji
mahsulidir. Chunki u o„z nomiga ega bo„lgan predmet-hodisani qayta
nomlaydi. Mazkur xususiyatga bog„liq holda perifraza nutqda ham
nominativ, ham estetik, ham badiiy vazifa bajaradi.
2.
Perifraza funksional jihatdan ikki turga bo„linadi: a) tasviriy ifoda sifatida
bir xil takrordan qutqaradi, ya‟ni bayon rang-barangligini ta‟minlaydi; b)
badiiy ifoda sifatida nutqning obrazliligini ta‟minlaydi: nutq predmetini
baholaydi, ta‟sirchan-tezkorlikni kuchaytiradi.
3.
Perifrazalar ekstrolingvistik omil – narsa-hodisalarning umumiy o„xshash va
ayrim farqli belgi-xususiyatlari asosida hamda psixolingvistik omil – xotira
va xayol tasavvurlari ishtirokida paydo bo„ladi.
4.
Perifrazaning yaratilishi subyektiv omil, ya‟ni o„z nomiga ega bo„lgan
narsa-hodisani ifoda maqsadiga ko„ra qayta nomlash ta‟sirida voqe bo„lsa
18
ham, bu subyektivlik narsa-hodisalardagi obyektiv mavjud belgi-
xususiyatlarga asoslanganligi uchun obyektivlikni inkor etmaydi. Bu hol
ko„pincha perifrazalarning nutqiy shtamplarga aylanib, ommaviy axborot
vositalarida ko„p qo„llanib, til birligiga aylanishiga sharoit yaratadi, ma‟lum
qismi esa individuallikni aks ettirib, nutqning mulki bo„lib qoladi.
5.
Badiiy ifoda sifatida yuzaga kelgan perifrazalarni voqelikni estetik
o„zlashtirish usullaridan biri sifatida baholash mumkin. Ayni shu jihatlari
bilan perifraza nutqning badiiy vositalari – metafora, o„xshatish, metaforik
epitet kabi uslubiy vositalar qatoriga mansubdir.
Demak, perifrazalar tasviriy va badiiy ifoda maqsadi ta‟sirida yuzaga kelib,
tilning nomlash ehtiyoji tufayli paydo bo„lgan so„zlarning funksional-semantik
sinonimlari sifatida mavjuddir. Chunki ular so„z bilan munosabatda sinonimlarga
xos ravishda predmet-hodisalardagi o„xshashlikni ham, tafovutni ham ayni vaqtda
aks ettiradi.
Yuqorida biz o„zbek tilshunosligidagi perifrazalarning asosiy xususiyatlarini
bir muncha mukammal yoritishga harakat qildik. Endilikda ularning sarlavhaga
chiqarilishi to„g„risidagi Dilshod Aytboyevning “Sarlavhada perifrazalar”(2007)
nomli maqolasidagi ayrim o„rinli mushohadalarni keltirib o„tamiz [16].
Perifrazalarning sarlavha sifatida qo„llanilishi matbuot sahifalarida tez-tez
ko„zga tashlanib turadi. Ko„pincha perifrazalar o„zi nomlab kelayotgan
tushunchaning birinchi nomi bilan ega kesim munosabatida bo„lib, bog„lamasiz
qo„llanadi. Keltirilgan fikrimizni asoslash maqsadida misollarni tahlilga tortamiz.
Jumladan:
Olov –
tilsiz yov,
non –
ne‟matlar sultoni,
lizing –
tadbirkorlar qanoti,
til –
ruh
tarixi,
ilm –
komillik kaliti,
hikmat –
aql chirog„i,
yoshlik –
inson umrining gul
fasli,
salomatlik –
aziz ne‟mat,
ayol –
oila saltanati malikasi,
farzand –
umr
shamchirog„i,
mo„miyo –
tog„ balzami,
laylaklar –
odamlar e‟zozidagi qush
.
Odatda, bunday sarlavhalarda maqolaning mohiyati aks etib turadi, o„quvchini
sarlavhaning o„ziyoq maqola mazmunidan ogoh etadi. Ba‟zi hollarda perifrazaning
o„zigina sarlavha sifatida qo„llanadi:
salomatlik posbonlari, millat ko„zgusi,
19
cho„ntakdagi elektron pul
kabilar tarkibidagi perifrazalarning sarlavha sifatida
chiqarilishida yuqoridagilardan boshqacha holat ko„zga tashlanadi, ularda
sarlavhaga xos juda ko„p vazifalar kuzatiladi. Mazkur perifrazalar tarkibidan
muayyan darajada yangilik belgisiga ega bo„lganlarini ajratib olish mumkin.
Masalan: chegara bilmas “dahshat”, o„zbekning mangu qo„shig„i, cho„ntakdagi
elektron pul kabilar shular jumlasidandir. Muntazam ravishda gazeta o„qib
turadigan kitobxon uchun ularni anglash qiyinchilik tug„dirmaydi. Chunki
kitobxon, o„quvchi matbuot vositalarining yozma shaklidan tashqari axborot
vositalari – teleko„rsatuvlar, radio eshittirishlar va reklamalar orqali perifrazaga
yashiringan tushunchalarni tez anglab yetadi. Bunday holat esa kitobxon uchun
qulaylik yaratib beradi.
Ba‟zan jurnalistlar perifraza asosida perifraza yasab uni sarlavhaga chiqaradilar.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |