BIRINCHI BOB
PERIFRAZALARNING TILSHUNOSLIKDAGI O„RNI VA AMALIY
AHAMIYATI
I.1. Perifrazalarning lisoniy xususiyatlari
O„zbek tilshunosligida perifrazalarning asosiy xususiyatlari to„g„risida
birmuncha mukammal faktik qarashlar mavjud bo„lib, bir qancha tilshunos olimlar
tomonidan perifrazalarning ma‟lum bir xususiyatlari, qirralari o„rganilgan hamda
tadqiq qilingan. Nutqimizda shunday chiroyli, jozibador, ohangdor so„zlar borki,
ular fikrimizning ta‟sirchanligini oshirib, tasviriyligini ta‟minlaydi. Bu kabi so„zlar
obrazli ifoda bilan amalga oshiriladi. Mana shu so„z va so„z birikmalariga nisbatan
ehtiyojning ortib borishi tilshunosligimiz oldida publitsistik perifrazalarni keng
doirada tadqiq qilish zaruratini paydo bo„lishiga asos bo„ldi.
Tasviriy ifoda (perifraza) nutqning rang-barangligini, ta‟sirchanligini,
badiiyligini ta‟minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi. Ma‟lum jihatlari
bilan mazkur hodisa o„xshatish, metafora, metaforik epitet kabi badiiy tasvir
vositalari bilan bir qatorda turadi. Narsa-buyumni o„z nomi bilan atamay, badiiy,
ko„chma yo„l bilan nomlash tasviriy ifodalarni yuzaga keltiradi.
Perifraza ham
tasvir jarayonida narsa va hodisalarga, bo„yoq va bezak beruvchi usuldir.
Perifrazaga xos bo„lgan ayrim xususiyatlarni umumlashtirgan holda aytib o„tamiz.
Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o„xshatish orqali tasvirlab
ifodalashga perifraza yoki tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar so„zlar singari
muayyan shaxs yoki narsa, hodisani atab keladi. Tasviriy ifodalar asosan ot so„z
turkumiga mansub bo„ladi. Tasviriy ifodalar davr taraqqiyoti bilan ko„payib
boradi. Perifrazalarda shaxs, narsa, o„rin-joy, voqea-hodisalarni nomlash bilan
birga ulardan, shakldoshlik, ma‟nodoshlik hodisalarini kuzatish mumkin bo„lib
hisoblanadi.
10
R.Qo„ng„urov unga shunday ta‟rif beradi: “Kishilarning otlarini yoki boshqa
predmetlarning nomini to„g„ridan-to„g„ri gapirmasdan, ularni turli xil so„z yoki
tasviriy iboralar vositasida bayon qilishga perifraz deyiladi”. U nutqqa
ko„tarinkilik, tantanavorlik ruhini bag„ishlaydi, ijodkor uchun badiiy go„zal
ifodalarni shakllantiruvchi, o„z yoki asar personaji tilidan subyektiv bahoni
beruvchi vosita bo„lib xizmat qiladi. Masalan:
Kunlardan bir kun markaziy
gazetalardan biri “Bo„ston” kolxozi haqida o„z muxbirining kattagina bir
ocherkini bosib chiqardik. Ocherkka “Bo„ston” deb sarlavha qo„yilgan bo„lsa
ham, gap kolxoz va kolxozchilar haqida emas, faqat Arslonbek Qalandarov haqida
borar edi. Arslonbek undoq qilgan, Arslonbek bundoq qilgan. Arslonbek uvotdan
ko„krak kerib turib, yoqimli tovush bilan undoq degan, Arslonbek dono ko„zlarini
qisib bundoq degan... O„sha kuni kechqurun raykom sekretari Rustam Qodirov
“Bo„ston”ga borib, Qalandarovni shu munosabat bilan tabrikladi va kolxozchilar
oldida uni: “Kolxoz dalalarining arsloni” deb atadi
[75, 9]
.
R.Qo„ng„urovning ta‟kidlashicha, perifraza ko„proq ilmiy va ommabop
asarlarda uchraydi. Badiiy adabiyotda perifrazadan o„rni bilan foydalanish lozim.
Ularga haddan tashqari berilib ketish tilni sun‟iylashtiradi, asar qimmatini oshirish
o„rniga unga salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin [30, 90].
Fikrimizga oydinlik kiritish maqsadida o„quvchi va kitobxon uchun
shuningdek, jamiyat ahliga ozmi-ko„p darajada tanish, yod bo„lgan tasviriy
ifodalarni misol tariqasida keltiramiz.
Masalan:
kumush tola – ipak
oltin boshoq – bug„doy
zangori ekran – televizor
zangori olov – gaz
oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar
po„lat qush – samalyot
po„lat ot – traktor
kumush choyshab – qor
mo„yqalam sohiblari – rassomlar
hayotimiz qomusi – konstitutsiya
bahor elchisi – qaldirg„och
sahna bulbullari – xonanda
o„rmon malikasi – archa
dala malikasi – makkajo„xori
yaylov bahodirlari – cho„ponlar
qanotli do„stlarimiz – qushlar
11
salomatlik posbonlari – shifokorlar
charm qo„lqop ustasi – bokschi
baraka urug„i – chigit
hayvonlar podshosi – sher
zangori kema – paxta terish mashinasi
dengiz hokimi – kit.
Ushbu keltirilgan misollarni tez-tez eshitish va qo„llash an‟ana tusiga kirgan,
deb aytsak mubolag„a bo„lmaydi. Shuningdek, qoidaga asoslanib aytadigan
bo„lsak, haqiqatdan ham, tasviriy ifodalarning badiiy uslubda qo„llanish doirasi va
imkoniyati kengroq. Ammo bugungi kunga kelib perifrazalarni nutq uslublarining
barchasida deyarli qo„llanilayotganligiga guvoh bo„lamiz.
Perifraza (tasviriy ifoda)larni morfologik jihatidan so„z turkumlari bilan
bog„laydigan bo„lsak, asosan, ot so„z turkumi doirasida qo„llanishiga amin bo„ldik.
Va tasviriy ifodalarda omonimlik (shakldoshlik) (shakli, aytilishi, yozilishi bir xil,
ammo ma‟nolari har xil bo„lgan so„zlar) xususiyatini ham kuzatishimiz mumkin.
Masalan: 1) aql gimnastikasi – I shaxmat; II matematika
2) qora oltin – I neft; II ko„mir.
Tasviriy ifodalarda sinonimlik (shakli, aytilishi va yozilishi har xil, ma‟nolari
bir-biriga yaqin bo„lgan so„zlar) hodisasini ham keng doirada kuzatishimiz
mumkin. Masalan:
Yoki:
fasllar kelinchagi, uyg„onish fasli
– bahor.
Misollarni o„rganish, tahlilga tortish jarayonida tasviriy ifodalarning yuzaga
kelish davrini chamalab ko„rsatish imkoni mavjudligiga amin bo„ldik. Masalan:
dehqonning qanoti –
traktor, qishloq xo„jaligi texnikasi (30-yillar);
samo lochini –
fazogirlar (60-yillar);
asr vabosi –
giyohvandlik, OITS (90-yillar) kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |