Dissertatsiya tarkibining tuzilishi.
Magistirlik dissertatsiyasining hajmi 85
betni tashkil etadi. Ish tarkibi umumiy tavsif, kirish, uch asosiy bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan tashkil topgan.
Ishning kirish qismida mavzuning tanlanishi, uning dolzarbligi, tadqiqot
maqsadi, bajarilgan ishning nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi,
predmeti va maqsadi kabilar o„z aksini topgan.
Birinchi bobda lingvistik adabiyotlar tahlili asosida perifrazalarning
o„rganilishi, uning lisoniy xususiyatlari hamda ularning uslubiy xoslanishi tadqiq
qilingan.
Ikkinchi bobda publitsistik uslub perifrazalarining o„ziga xosligi, ichki
xususiyatlari, matbuot tilidagi ma‟noviy guruhlanishi yoritilgan.
Uchinchi bobda publitsistik uslub perifrazalarining sinonimlik jihatidan tahlili
amalga oshirilgan.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |