Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


  Вернадский В.И. Начало и вечность жизни.  — М.:  Сов.  Россия,  1989



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

1  Вернадский В.И. Начало и вечность жизни.  — М.:  Сов.  Россия,  1989.
 
С.  186 -   187.
2  Лоренц  К.  Восемь  смертных  грехов  цивилизованного  чело-
 
вечества.//«Вопросы философии».  №  3,  1992  — 42  с.
291


4.  Etika  boshqa  qaysi  ijtimoiy  fanlar bilan  aloqadorlikda  ish 
olib boradi?
5.  Etikaning  asosiy kategoriyalari haqida ma’lumot bering.
14-mavzu.  Nikoh va oilaning  axloqiy asoslari,
 
uning yoshlar tarbiyasidagi  o‘rni
Nikoh  —  eng  qadimgi  axloqiy  munosabat  shakli.  Nikohning
 
qonuniy  va  diniy  jihatlari. 
Nikoh  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  axloqiy 
hodisa.  Nikoh  —  erkak  va  ayolning  teng  huquqli,  erkin  va  ixti- 
yoriy  ittifoqi  bolib,  u   fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish 
organlarida  tuziladi va  oila tuzish  maqsadiga xizmat  qiladi.  Oila 
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi- 
da  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  oilada  tug‘ilib,  tarbiya 
topayotgan  yosh  avlod  jamiyatning,  davlatning  ertangi  kunini, 
istiqbolini  belgilab  beradi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Preziden- 
ti  Sh.M.Mirziyoyevning  2018-yil  2-fevraldagi  «Xotin-qizlarni 
qollab-quw atlash  va  oila  institutini  mustahkamlash  sohasidagi 
faoliyatni  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi 
qarori  oila  mustahkamligini  ta ’minlash,  uning  ijtimoiy vazifala- 
rini  amalga  oshirish  imkoniyatlarini  kengaytirish,  ayniqsa,  oila­
ning  farzandlar  tarbiyasidagi  nufuzini  oshirishga  ko‘maklashish 
hamda  mamlakatimizda  oila  va  nikoh  munosabatlarining  qad­
riyat  sifatida  e’tirof  etish  uchun  asosiy  poydevor  bolib  xizmat 
qiladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24 
yilligiga baglshlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat 
taraqqiyotidagi nufuzi haqida:  «Barchamizga ayonki, yurtimizda- 
gi har  qaysi  inson,  har  qaysi  oilaning  eng  ezgu  orzu-maqsadlari, 
hayotiy  manfaatlari  avvalambor  uning  farzandlari  timsolida  na­
moyon boladi,  ro‘yobga  chiqadi.  Albatta,  bu  borada  yurtimizda 
ulkan  ishlar  qilinmoqda va ular  amalda  o‘zining  ijobiy  natijasini 
bermoqda»,  — deb ta’kidlagan edilar.
Bir  qancha respublika va xalqaro  miqyosdagi  normativ huqu- 
qiy  hujjatlarda  ona  va  bola  huquqlari  mustahkamlab  qo‘yildi. 
Jumladan,  respublikamiz  konstitutsiyasining  XIV  bobi  oilaga 
baglshlangan bolib,  bu yerda  oila va  nikoh  munosabatlari,  ona-
292


lik va bolalik davlat tomonidan to‘la muhofaza qilingan.  Qonun- 
ga  binoan  nikoh  tuzish  shartlaridan  eng  muhimlari  —  nikohga 
kiruvchilarning  o‘zaro  roziligi va ularning  nikoh yoshiga yetgan- 
liklari.  Bizda yigitlar uchun  —  18,  qizlar uchun —  17  nikoh yosh- 
lari  qilib belgilangan.
1998-yili  Oila  kodeksini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Maj- 
lisi  tomonidan  tasdiqlanishi  oila  va  nikoh  masalalarini  tartibga 
solishda va  mustahkamlashda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Bir 
so‘z bilan aytadigan bolsak oila va nikoh munosabatlari har doim 
davlatimiz  himoyasida  bolgan  va  davlatimiz  siyosatining  ustu­
vor yo‘nalishlaridan biri  sifatida  qarab  kelingan.  Yurtimizda  oila 
va  nikoh  munosabatlari  davlat  qonun-qoidalari  hamda  avloddan 
avlodga  o‘tib  kelayotgan  go‘zal  an’analar  asosida  amalga  oshirib 
kelinmoqda.  Xususan,  huquq  sohasiga  oid  an’analar  mustaqil­
lik  davrida  o‘tmish  merosimizdagi  va  milliy  mental  xususiyatlar 
asosida  tobora  mukammallashtirilib,  optimallashtirish  choralari 
ishlab  chiqilmoqda.
Mustaqil  0 ‘zbekistonning  Konstitutsiyasida  belgilangan  oi- 
la-nikoh  munosabatlariga  oid  qonun-qoidalar  majmuyi  davlat 
g‘amxo‘rligiga  olinib,  o‘zbek  xalqining  bu  boradagi  milliy  va 
diniy qadriyatlarini ham  nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi», 
«Oila  kodeksi»,  «Fuqarolik  va jinoyat  kodeksi»  hamda  «Soglom 
avlod»  kabi  qonunlarida  o‘z  ifodasini  topgan.  Ularda  oila-nikoh 
masalalariga m a’naviy jihatdan ham  yondashilib qonun darajasiga 
ko‘tarilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oila kodeksining  8-moddasida oila­
viy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida 
alohida  so‘z  yuritiladi:  «Qonun  hujjatlarida  oilaviy  munosabat- 
larni  tartibga  solishga  oid  tegishli  normalar bolm agan  taqdirda, 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  zid  bolm agan 
mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1.  Darhaqiqat, Kodeks- 
da  davr  sinovidan  o‘tgan  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  etno- 
madaniy  an’analar,  o‘zbek  xalqining  mentaliteti  o‘z  ifodasini 
topgan.  Ushbu  milliy  va  diniy  urf-odatlar,  an’analar  orasida

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish