Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


 Alqarov I.Sh.  va boshqalar.  Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi.  — Т



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

1 Alqarov I.Sh.  va boshqalar.  Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi.  — Т.:
 
2009.  -   16 b.
301


ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si­
fatida  qaralgan.
Yoshlar  psixologiyasida  oilaga  munosabatning  ma’naviy,  axlo­
qiy  tamoyillarini  shakllantirish.  Ajralish  va  uning  axloqiy  kamo-
 
lotga  salbiy ta’siri. 
Yoshlar psixologiyasida  oilaga  munosabatning 
m a’naviy,  axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun dol- 
zarb  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda.  Oilada  kishi  xarakterining, 
uning  mehnatiga,  eng  muhim  ma’naviy,  g‘oyaviy  va  madaniy 
boyliklariga  munosabatining  asosi  shakllanadi.  Shuning  uchun 
ham  jamiyat  oilaning  mustahkam,  ma’naviy  va  axloqiy jihatdan 
soglom   bolishidan  g‘oyat  manfaatdordir.  2012-yilga  «Mustah­
kam  oila  yili»  deb  nom  berildi.  Mamlakatimizda  oila  institutini 
rivojlantirish  va  takomillashtirish  borasida  yangi  qarorlar,  das- 
turlar  qabul  qilindi.  Bugun  ham  ushbu  dasturlarda  belgilangan 
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda.  Chunki 
oila  mamlakatimizdagi  eng  oliy  qadriyat  sanaladi.  Oilaning  eng 
muhim vazifasi esa tarbiya hisoblanadi.
Oila  —  tarbiya  maskani,  aynan  shu  maskanda  dunyoga  kel­
gan  farzand  ota-onadan  nafaqat  irsiy  xususiyatlarni  oladi,  bal­
ki  ulardagi  xatti-harakat,  axloq-odob  qoidalarini  ham   egallab 
boradi.  Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat,  mehr-oqibat,  halollik, 
poklik,  mehnatsevarlik,  insonparvarlik  kabi  qadriyatlar  ona  suti, 
oila  a’zolari  mehri  va  namunasi  bilan  bola  xulqi,  xatti-harakati 
mazmuniga singib boradi.
Ta’lim-tarbiyaning  ham da  m a’naviy  va  axloqiy  fazilatlar- 
ning  rivojlanishida  oila  uning  negizi,  ya’ni  tayanchi  hisobla­
nadi.  Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi 
ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘liq.  Farzand tarbiyasining bu qadar 
muhimligi  shunda  namoyon  boladiki,  hozirgi  yoshlar  ertaga 
butun  yurtning  egalari,  merosxo‘rlari,  davomchilari  bolishadi 
va  shu  sababdan  ham   butun  yurtning  kelajagi  hozirgi  yosh- 
larga  bogliqdir.  Agar  oiladagi  m uhit  yaxshi  b o lsa   hamda  far- 
zandga  alohida  e’tibor  berilib  unda  salbiy  xislatlarning  paydo 
b olishining  oldi  olinsa,  yaxshi  xulq  bilan  shakllanib  boradi. 
0 ‘zbek  oilasida  bola  ongida  soglom   g‘oya  bilim lar  shakllani- 
shi jarayonida  oilaning kattalari  — bobolar,  momolar,  yaqin qa-
302


rindosh  u ru g la ri  ham   bevosita  ishtirok  etadi.  Udumlarimizga 
binoan  bola  tarbiyasida  ota-onadan  ham   ko‘ra  buva  va  buvilar- 
ning ta ’siri kuchliroq b oladi.  U lar oiladagi  ma’naviy muhitning 
boshqaruvchilari  hisoblanadi.
Bolaning  aqliy,  axloqiy,  estetik,  iqtisodiy,  ekologik,  jismoniy, 
ma’naviy  tarbiyasida  oila  asosiy  omil  va  vosita  hisoblanadi.  Shu 
boisdan  ham  «Kadrlar  tayyorlash  bo‘yicha  milliy  dasturi»da  bu 
masalaga  alohida urg‘u berilgan.
Ya’ni:
—  «oila  oilaviy  an’analarni  hamda  ma’naviy-axloqiy  merosni 
saqlab  qoluvchi,  davom ettiruvchi;
— jamiyatning  eng  kichik bir  qismi bolib,  bolaning  madaniy, 
estetik va boshqa  ehtiyojlari  o‘sishini va  soglom   turmush tarzini 
ta’minlovchi;
—  bolaning  xulq-atvori  asoslarini  shakllantiruvchi  birinchi 
murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning  doimo  masla- 
hatchisi,  yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir»,  deyiladi.
Oilada  ba’zida  farzandlar  bilan  b o g liq   muammolar  tufayli, 
qarindosh-uruglarning  o'rinli  va  o'rinsiz  oilaga  aralashuvlari 
tufayli,  kasalliklar,  yetishmovchiliklar  tufayli  qiyin  vaziyat- 
lar  yuzaga  kelishi  mumkin.  M ana  shunday  damlarda  mavjud 
holatni  axloqiylik  bilan  baholab,  bir  yoqadan  bosh  chiqarib 
harakat  qilish  er-xotinning  irodasiga,  bilimiga,  hayotiy  tajri- 
basiga  bogliqdir.  M ana  shu  jihatlarning  yetishmasligi  sababli 
ham   ajralishlar  ko‘paymoqda.  Bundan  tashqari,  sotsiologlar 
ajralishlarning  bir  qancha  sabablarini  sanab  o'tishgan:  «Badav- 
lat  kishilarning  bir  qismini  hisobga  olmaganda,  bugungi  kun- 
da  nikoh  odam larning  o‘z  mulki  va  mavqeini  keyingi  avlodga 
o‘tkazish  maqsadidagi  sa’y-harakatlari  majmuyi  b o lm ay   qoldi. 
Ayollar iqtisodiy mustaqilligining  ta ’m inlanishi bilan  nikoh  qa- 
chonlardir  bolganidek,  iqtisodiy  sheriklik  zaruriyatining  nati- 
jasi hisoblanmay qoldi»1.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish