© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jamiyati» nashriyoti, 2018.
MUQADDIMA
Muhtaram kitobxon!
Mana, siz «Falsafa» fanini o‘rganishga kirishdingiz. «Bu qanday
fan?», «U nimalar haqida bahs yuritadi?» degan savollar bilan ushbu
kitobni ochdingiz. «Falsafani nima uchun o‘rganish lozim?», «Un-
dan olingan bilimlarni hayotda qo‘llash mumkinmi?» kabi savollar
ham xayolingizdan o‘tgan bolishi mumkin.
Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Uning mazmun-mohiyati
nimadan iborat? Bu fanni o‘rganish insonga nima beradi? Keling,
birgalikda ushbu savollarga javob topishga harakat qilaylik.
Avvalo, ta’kidlash joizki, insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar
orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli allomalar
merosi, ularning asarlari, g‘oya va ta’limotlari muhim o‘rin tutadi.
Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafak-
kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda
etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladi
gan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsad-
lar sari yetaklovchi bunday g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga
aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, har qanday zamonda ham insoniyat mavjud ekan,
olam va odam qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va
taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi. Umrning mazmuni
nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan
day ma’no bor kabi masalalar ham barchani o‘ylantiradi. Ehtimol,
o‘zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga duch kel-
gansiz, ularga javob izlagandirsiz? Bu masalalar haqida kimlar bi-
landir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday
masalalar bilan shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va
odamlar o'rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmu
ni, dunyodagi o‘zgarishlar, O£zaro aloqadorlik va bogliqlik hamda
taraqqiyot masalalari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Ayni paytda ko'pchiligimiz «Inson — Yaratganning mo‘jizasi,
olamning gultoji, tiriklikning eng buyuk qadriyatidir», degan fikr
ga o'rganib qolganmiz. Har bir kishiga umr bir marta ato etili-
shi, avlodlar ortidan avlodlar kelishining abadiyat qonuni ekan
ligi ham barchamizga ayon. Shunday ekan, hayotning ma’nosi
va umrning mazmuni nimadan iborat? Sermazmun va baxtli ya-
3
shashning barchaga mos keladigan hammabop modeli, maxsus
usullari bormi? Nima uchun ba’zi insonlarning hayoti, faoliyati
boshqalarga namuna, ibrat bo‘ladi-yu, boshqalardan tuzukroq iz,
biror-bir yaxshilik ham qolmaydi? Falsafaning azaliy muammolari
bo‘lgan bu kabi savollarga javob topish uchun o‘z umri va salohi-
yatini bag‘ishlagan ne-ne buyuk zotlar mutafakkirlar, allomalar
o‘tganlar.
Bunday masalalar yechimini topishda falsafiy tafakkur uslu-
bining boshqa soha bilimlaridan farqi va samaradorligi ma’lum.
Falsafiy bilimlardan bexabar, undan yiroq bo‘lgan inson tevarak-
atrofdagi, jamiyatdagi, narsa-hodisalardagi, tabiatdagi o‘zgarishlar,
yangilanishlarning asosan, tashqi tomonini sezgi a’zolari vositasida
idrok qiladi. Lekin, nima uchun bu hodisa sodir bo‘ldi? Nima uchun
aynan shunday holatda, aynan shu vaqtda va makonda ro‘y berdi?
Bu tasodifiy hodisami yoki zaruriymi? Yoqealar rivoji qanday davom
etadi? Kelajakda qanday o‘zgarishlarga olib keladi? kabi savollar us-
tida bosh qotirmaydi. Ushbu savollarga javob berishga imkon yarata-
digan falsafiy bilimlar esa odamni fikrlashga majbur qiladi, olam va
yashash sirlarini anglashga yordam beradi.
Qolaversa, biz yashayotgan olam turli-tuman darajada yaralgan:
jonsiz narsalar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, kishilik jamiyati.
Tashqaridan qaraganda bular har qaysisi o‘z qonun-qoidalariga ega
bo‘lgan alohida bir sistemalardir. Ammo bularni yaxlit bir tizim sifa
tida bog‘lab turuvchi, o‘zaro taqozo qiluvchi qandaydir bir bog‘liqlik,
sababiyat, qonuniyat mavjudmi? Narsa-hodisalarning ichki, tub mo
hiyatini bilish mumkinmi? Va bu bilimning xolis, obyektiv ekanligi-
ga kim kafolat beradi? Shu va shu kabi savollarga javob berish uchun
ham falsafiy bilimlar yordamga keladi, albatta. Falsafadan boshqa
bilim sohalari yordamida bu savollarga javob berish biroz mushkul-
lik tug‘dirishi mumkin.
Alohida ta’kidlash joizki, juda ko‘plab tabiatshunoslar, adabi
yot, san’at va boshqa ijtimoiy sohalar vakillari, matematik, fizik,
injener olimlar faoliyatida voqea-hodisalardagi o‘zgarishlarning sa-
babini, o‘zaro aloqadorligini va ta’sirini ilg‘ay olishdek yetuk fal
safiy tafakkur va mushohada namoyon bo‘ladi. Narsalarning tashqi
tomoni, ko‘rinishi emas, balki uning ichki tub mohiyatiga yetish,
o‘zgarishining sababini aniqlash hamda kelajagi to‘g‘risida fikrlar
4
bildirish falsafa mutaxassisi bo‘lmagan ko‘pchilik olimlarga ham xos
fazilatlardir.
Lekin shu narsa aniqki, falsafiy bilimlar insonni hayotda o‘z
o‘rnini topishi, tom ma’noda o‘z e’tiqodiga, fuqarolik pozitsiyasiga
ega bo‘lishida, maqsadiga erishishida beqiyos rol o‘ynaydi. Albatta,
faylasuflar olamni xilma-xil izohlaydilar, har bir kishining hayoti ham
turlicha kechadi. Bu boradagi eng asosiy masala, umrni mazmunli
o'tkazish, yaxshi nom qoldirish, el-yurt koriga yarab, odamlarga doi-
mo kerak bolib yashash tuyg‘usini o‘ziga saodat deb bilishdir.
Shu bilan birga, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammo-
larga falsafiy munosabatda bolib, ularning yechimini topishga
harakat qilish umrni mazmunli o‘tkazishda juda muhim ahami
yat kasb etadi. Afsuski, bu borada oddiy tilda yozilgan falsafiy
qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar hali ham yetarli emas.
Odatda, mutaxassis bolmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin
va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning sababi nimada? Bu-
ning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda
tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta’limot
va g‘oyalar majmuyidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin eti-
lar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o‘rganishning
qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror-bir g‘oya yoki
ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima
uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor boldi,
degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa
tarixiy voqelik bilan boglab tushuntirilmas, falsafiy ta’limotlar o‘z
asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan chiqarilar edi.
Oqibatda nima bolar edi? Falsafa mutaxassisi bolmagan tala-
balarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl mohiyatini tushu-
nib olardi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib bora
olmasdan, go‘yoki katta shahar boshlanadigan joyda qolib ketardi.
Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushun-
tirishda davom etayotgan o‘qituvchi sanoqli talabalar bilan birga
o‘sha shaharga kirardi, ko‘chalar, mahallalarni — falsafa dunyosini
kezishda davom etardi. Lekin qolgan talabalar esa bu xazinadan
bebahra bolib, shaharga kirmasdan o‘tadigan aylanma yoldan bo-
rishga majbur bolar va shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq
tushunmay, diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.
5
Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan
bo‘lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan qonun va qoidalar
tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib
bolmaydi, bu — foydasiz bilim sohasi, binobarin uni o‘rganishga
ketgan vaqt bekorga o‘tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi.
Agar falsafadan bilim beruvchi o‘qituvchining o‘zi ham bu sohani
bir mahallar chetlab o‘tgan sobiq talabalardan biri bo‘lsa, masala
yanada chigallashadi.
Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida ezgu intilishlar,
yuksak ma’naviy qadriyatlarga mos dunyoqarashni shakllantirishdan
iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir g‘oyani zo‘rlab singdirish yoki
quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni
o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni
aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur kitobda quyidagilarga
alohida e’tibor qaratildi:
— falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyasining muhim
tarkibiy qismi sifatida o‘rganish;
— falsafiy g'oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsif-
lashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga
amal qilish;
— har bir rrtavzuni istiqlol va 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayot
gan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bogliq holda tushuntirish.
Biz bu jarayonda biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy
ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish
fikridan yiroqmiz. Aksincha, maqsadimiz ularning barchasini
xolis talqin etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy
oqimlar, atoqli faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va
xolisona tasawurni shakllantirishdan iboratdir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |