0 ‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-
lik ta’limoti.
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlari-
gacha bolgan davr mahsuli bolgan diniy-falsafiy ta’limotlardan
biri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bolib,
Sharq va G ‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur-
dir. Manbalarga ko‘ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning
birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy
shaxs ekanligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini
payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy
kitoblarda o‘z tasdiglni topmagan.
Keyingi
yillarda
olib
borilgan
tadqiqotlar
shuni
ko‘rsatmoqdaki, bu ta ’lim ot Vatanimiz hududida, xususan,
Xorazm zam inida paydo bolgan. Zardushtiylikning bosh k i
tobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to‘g‘risidagi
tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda
olamning azaliy qaram a-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomon
lik, yoruglik va zulm at, issiqlik va sovuqlik, hayot va o lim
borasidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shu
ningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid m a’lumotlar
ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o‘g li Alek
sandr (eski o‘zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtri-
ya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim
o‘rin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko'pgina qis-
m ini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kun-
gacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bil-
magani, uni o‘qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini
tushunmagan va uni yoqish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan, degan
fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqi-
qatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir
ibratli bolsa-da, xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas.
Negaki, Aleksandr o‘z zamonida fanlarning otasi deb nom ol
gan falsafani fan darajasiga kolargan, buyuk donishmand sifatida
yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobatm,
Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa
deb ta ’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi.
35
To‘g‘ri, u «Avesto»ni o‘tda kuydirgan bolishi mumkin. Le
kin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli
xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo‘ygan
milliy g‘oyalar timsoli bolgan va o‘z saltanatiga qarshi mutta
sil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba
ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. U, yuqorida
ta ’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin far-
zandlari uchun o‘zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbayi
b o lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan
keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qar
shi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholi-
ning madaniy boyliklarini yo‘q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning
qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning ta-
sodifiy emasligidan dalolat beradi.
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birin
chi ishi xalq va millatlarni zo‘rlik bilan bosib olish, boylikla
rini talash bolsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‘z tarixi va
an’analaridan uzib qo'yish, madaniy merosini talon-taroj qilish,
uning m a’naviyatini yo‘qotishdan iborat boladi. Tarixning bu
achchiq sabogl mustamlakadan ozod bolgan, o‘z mustaqilligini
saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq
taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa b o lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-fal
safiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan awalgi VI
asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng
tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand
Sidharta urugldan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u
«Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bolgan. Buddaviy
lik Islomga qadar 0 ‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida
mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot 0 ‘rta Osiyoga
eramizdan awalgi И—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga
ko‘ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Ku-
shonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi.
Buddaviylikning 0 ‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z
davrida ma’naviy ko‘prik b o lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlari-
miz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davr-
36
ga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa,
yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqi-
shi tasodifiy emas.
Moniy ta ’limoti yurtim izda buddaviylikdan keyin keng
tarqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi
natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha
risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy
hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning
ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va
zulm at dunyosi- yovuzlik bolgan. U lar o‘rtasida abadiy kurash
boradi, inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat
mahsuli)dan iborat. Moniylik xalq ommasi m anfaatlarini hi-
moya qiluvchi ta ’limot b olgani sababli hukm ron mafkura qar-
shiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta ’limoti yuzaga kelgan. U
eramizning V—VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi
Mazdak (470-529-yillar) bolgan. Mazdak va uning maslakdosh-
lari o‘z qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Xalqning ozod
lik, erkinlik, hurlik yolida olib borgan harakatlariga rahnamolik
qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari
ko‘payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish
yolida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan.
Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik
qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shox Mazdak-
ni turli hiylalar bilan olim ga mahkum etadi. Mazdakiylar hara
kati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mam
lakatlarda muayyan darajada davom etgan.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar,
ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatga
ega. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan boy
madaniyati, milliy m a’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiya-
siga katta ta’sir ko‘rsatgan. Afsuski, Vatanimizning ana shu davr
tarixi nihoyatda kam o‘rganilgan. Bu davrga oid manbalarning
aksariyati esa yo'q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida
miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bolsa, mam-
lakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yoldan
37
borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to‘g‘risidagi
maqsad-muddaolarni butunlay yo‘qotib yuborishga urinishgan.
Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar
tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho
yatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning
bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko‘p namunalarini
ayovsiz yo‘q qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |