Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.
Musulmon
Sharqi, jum ladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hudu-
didan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, in
son va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim
muammolaridan biri b o lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mu-
tafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab olm agan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom
Moturidiy va imom Burxoniddin M arglnoniylar peshqadamlik
qilganlar. Imom Buxoriy (810—870-yillar) yirik ilohiyotchi, mu~
haddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to'plagan, ulardan ishonchli
deb topganlarini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam
«Saxixi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom iso Termiziydan
(824—892) «Sunani Termiziy meros bolib qolgan. Bu mazhab-
ning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu
Mansur Moturidiy (vafoti 944-y.)ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asar
larida va Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123—1197)ning «Hidoya»
to‘plamida o'zining yorqin ifodasini topgan.
Dunyoviy ilmlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy (783—850)
va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797—865) butun musulmon Sharqi
va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo'shgan
buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining
poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik maskani» («Bayt ul-hikma»)
ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», «Hind hisobi
to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to‘g‘risida risola», «Musiqa haqida
risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob»
kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor
bolgan Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798-y.da Quvada tugllgan)
39
astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning
«Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida
kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzil-
di. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kenglik-
lar to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar
berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga
kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va
aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida
dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va
undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi.
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy
va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bolmaydi. Abu Nasr Forobiy (873—
950) — musulmon Sharqida Arastudan keyin «ikkinchi ustoz»
unvoniga muyassar bolgan yirik mutafakkir va alloma. Uning
qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bolib, ular asosan qadimgi
yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolar
sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qi
lishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko‘rinishda: «Vu-
judi vojib» (Olloh) va «Vujudi mumkin» (barcha moddiy va ruhiy
narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar «vujudi vojib»
tufayli yashaSh huquqiga ega boladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sa
babiy tarzda boglanadi. Sababsiz oqibat bolmaganidek, oqibatsiz
sabab ham bolm aydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, javhar,
aksidensiya (muhim bolm agan xossa), imkoniyat, zaruriyat va
tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushun
chalarda ifodalanadi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yu-
zaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir.
Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Mutafakkir o‘z asarlarida
komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga eri-
shish yollari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya,
ijtimoiy istiqbol to‘g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Foro-
biyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bolgan ta’siri
sezilarli bolgan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) deyarli barcha fan sohalari
da ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir.
U yaratgan 152 ta asardan 28 tasi bizgacha yetib kelgan. Uning
40
tabiatni o‘rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o‘zaro
tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy
tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro‘y beradigan
geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib
turishi, xilma-xil olamlar to‘g‘risida ilmiy bashoratlami ilgari
surgan. Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta ’sirida
shakllandi. U modda va zamon, qonuniyat, zaruriyat va tasodifi-
yat, harakat va rivojlanish, ziddiyat, sabab va oqibat kabi falsafiy
muammolarga katta e’tibor bergan.
Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga
egadir. Bilishga bolgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birin-
chidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad
odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan
ma’lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy
bilish uchun o‘ziga xos ko‘makchi va asos b o lib xizmat qiladi.
Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali belgilanadi.
Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o‘rganiladi, ularning
miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi
oshib boradi.
Beruniyga ko‘ra, inson qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir.
Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni inson cheksiz sa’y-harakatlar
oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z xulq-
atvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib
boradi. Adolat, fuqaro uchun g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish,
jamiyatni aql va adolat tu g l ostida boshqarish mutafakkirning
idealidir.
Abu Ali ibn Sino (980—1037) buyuk alloma va mutafakkir.
U Buxoro yaqinidagi Afshona qishloglda tugllib, Hamadonda
vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan m a’naviy meros taxm inan 280
nom dan ziyodroqdir. U lar tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya,
axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag'ishlangan.
Olimning «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Ta
biat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda
Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vuju< i vojib» va «vujudi
m umkin»dan iborat, deb e’tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sa
bab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir.
41
Y aratilishi
doimiy bo‘lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin»
ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e’tiborga
molikdir. Unga ko‘ra, sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib
chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab),
shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallov-
chi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iborat-
dir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy
tafakkuri tarixida birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajribaga
muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko‘magida xas-
taning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darm onlar
tarkibi, inson va atrof-muhit o‘zaro munosabati muammolarini
hal etishga urindi.
Xullas, Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlar davrida keng tar
qalgan islom dini, islomiy ta’limotlar, tasaw u f falsafasi, imom
Abu Hanifa, imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturidiy va
imom Burxoniddin Marg‘inoniylar g‘oyalari, Muso al-Xorazmiy
va Ahmad al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy
g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarash
lari, fandagi yangi yo‘nalishlar birinchi galda musulmon Shar
qi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining
ravnaqiga hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |