Bobur va boburiylar davri falsafasi.
Temur avlodidan bolgan
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘sha davrning eng
ma’rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mir-
zo xonadonida tugllgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi,
undagi madaniyat yuksak darajaga ko‘tarildi. Hindistonning XX
asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru
ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar
kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o‘z yurtini tashlab ketishga
majbur bolgan Bobur avval Qobulda, so‘ngra esa 1526-yilgi Pa~
nipat jangida Ibroxim Lo‘di ustidan g‘alaba qozonib, Hindiston
da o‘z hukmronligini o‘rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda
300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madani
yatining davomchisi sifatida mashhur boldi.
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan
davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o‘rnatdi, obodonlashti-
rish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy
yodgorliklar, bog‘chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat,
san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga
katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga
ega bolgan davlat arbobi, olim va shoirdir.
Boburiylarning ko‘pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg'ul
boldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning
55
yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon
va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda boldi.
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan
tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid
«Mufassal», musiqa bo‘yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb
ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o‘sha davrdagi Marka
ziy Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug‘rofIyasi, hayvonot va
nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, ma-
rosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur o‘zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan
soglnchi, mehr, vafo, insoniylik, do‘stlik, yaxshilik va mehr-oqi-
batni kuyladi.
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta
baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va
tadbirkorligini, san’atni sevganini va umuman, Hindiston uchun
ko‘p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va boburiylarning
siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi
do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol
o‘ynamoqda.
Shunday qilib, XIV—XV asarlarda Movarounnahr va Xuroson-
da madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri
ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq
mamlakatlariga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ayt-
moqdalar. Nima bolganda ham Yevropada XV—XVI asarlarda-
gi ko‘tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy
Osiyoda ro‘y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko‘p tomonlari
bilan o‘xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko‘p.
XIV—XV asrlar moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim
xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish
o‘sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik
rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy alo
qalar o‘rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilat-
lariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at rivoj topdi, qomusiy
olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o‘rganishga qiziqish
ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir
56
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular mustaqil davlatimizni
mustahkamlashda, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samara-
dorligini oshirishda, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda
ma’naviy ozuqa vazifasini o'tamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |