Halollik
- vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me-
zoniy tushunchalari bilan bogliq, insonning o‘zgaga munosa-
bati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bolishini talab qiladigan
axloqiy me’yordir. D astaw al u diniy tushuncha sifatida vujudga
kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy
xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bolib
amal qilgan, uning ziddi - harom diniy nuqtayi nazardan sal
biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qollanilgan. Ko‘rib
o'tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yota-
288
di va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih banda-
lar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir.
Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan
chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy
me’yorga aylandi, teran m a’naviylik kasb etgani holda, kundalik
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib
qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti-
ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida
biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar
haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka
nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga
solib kelgan. Chunonchi, Imom G ‘azzoliyning harom yeyish
haqida to‘xtalib, m ana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi,
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo-
ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul
m a’naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon-
ning niqobi deb ataydi».
Kamtarlik
- shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy mu
nosabatini ifoda etadigan axloqiy hodisa, inson axloqini bezay-
digan fazilatlardan biridir. Kamtarlik o‘zini o‘zgalardan yuqori
qo‘ymaslik, o‘z kuch-qudratini namoyish qilib maqtanmaslik,
o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaslik.
Kamtarlikning ziddi manmanlik, takabburlik eng tuban il-
latdir. Kamtarlik insonni yuksaklikka ko‘taradi, m anm anlik esa
tubanlashtiradi. M anmanlik, takabburlik jamiyatning olg'a in-
tilishiga to‘siq boladigan illatlardan biridir. M anman kishi o‘zi
haqida juda yuqori fikrda boladi, atrofdagilarni mensimaydi,
o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan yuqori qo‘yadi va oqibatda
shuhratparastlik, xudbinlik to‘riga ilinadi, jamiyatda obro‘sini
yo‘qotadi.
Kamtar inson o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, o‘z kam-
chiliklarini ko‘ra biladi, uni bartaraf etishga harakat qiladi. Kam
tarlik bilan sabr-toqat yonma-yondir. Kamtar inson yaxshi-yo-
mon kunga sabr-qanoat qiladi, o‘zligini yo'qotmaydi. Xalqimiz
orasida «Kamtar kam bolmas», «Kamtarga kamol, manmanga
289
zavol» kabi maqollar ushbu axloqiy fazilat insonni yuksaklikka
ko‘tarishi, xalq hurmatiga sazovor etishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |