Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Vatanparvarlik 
— insonning o‘z tug‘ilgan joyiga cheksiz  mehr- 
muhabbat  qo‘yib,  uning xizmatida bo‘lishdir.  Vatan inson uchun 
or-nomus,  shon-shavkat  va  g‘urur-iftixor  manbai  hisoblanadi. 
Vatanining  ozodligi  va  obodligi,  uning  sarhadlari  daxlsizligi, 
mustaqilligining himoyasi yolida fidoyilik ko‘rsatib yashash,  ona 
xalqining  or-nomusi,  shon-sharafi,  baxt-u  saodati  uchun  kuch- 
g‘ayrati,  bilim va  tajribasi,  butun hayotini baxsh  etishdek dunyo- 
dagi  eng  muqaddas  va  oliyjanob  faoliyatni  anglatadigan  tushun­
cha  vatanparvarlik  nihoyatda  serqirra  bolib,  tarixiy,  ijtimoiy, 
siyosiy,  iqtisodiy taraqqiyot jarayonida  doimo takomillashib, yan- 
gicha  ma’no-mazmun bilan boyib,  rivojlanib  boradi.  Vatan man- 
faati,  qadrlashqimmati,  taqdiri,  istiqboli,  ona  yurtga  muhabbat 
tuyg‘usi qancha chuqur anglansa, vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha 
yuksak boladi.  Tarixiy,  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy  taraqqiyotning 
turli  bosqichlarida  vatanparvarning  yangi-yangi  qirralari  nam o­
yon b olib boradi. Haqiqiy vatanparvar, Vatanga, ona zaminga, o‘z 
xalqiga muhabbat bilan yashash,  uning istiqboli,  manfaati yolida 
tinimsiz  mehnat  qilish  hamda  kurashish  zarurati  tug‘ilganda jo- 
nini fido  qilishni nazarda tutadi.
Millatparvarlik.  Yana  bir  muhim  axloqiy  tamoyil,  bu  — mil- 
latparvarlik.  U,  m a’lum  Ma’noda,  vatanparvarlik  tamoyilining 
yanada muayyanlashgan shakli.
Shu  o‘rinda  millatparvarlikni  millatchilik  bilan  qorishtirib 
yubormaslik  lozim.  Millatchilik  o‘z  millatini  ajratib  olib,  unga
285


buyuklik  maqomini  berishga  intilish  bolsa,  millatparvar- 
lik,  boshqalarni  kamsitmagan  holda,  o‘z  millati  ravnaqi  uchun 
kurashish,  bu  yo‘lda,  lozim  bolsa,  o‘z  hayotini  ham  fido  qilish 
demakdir.  U  insonparvarlik  bilan  ham  chambarchas  bogliq. 
Chunki  o‘z  millatini  chin  dildan  sevmagan  odam  hech  qachon 
boshqa millatlarni seva  olmaydi.
Asl  millatparvar  —  milliy  o‘zligini  anglab  yetgan  inson.  U 
o‘z  millati  bilan  faxrlanadi,  o‘z  millati  bilan  butun  jahonning 
faxrlanishini istaydi.  Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya 
yotadi,  u  millatni  sevish  amaliyotining  —  millatparvarlikning 
ilmiy-nazariy  asosi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Milliy  g‘oyaning 
zamonaviy,  biz tanlagan ko‘rinishini,  uning mafkuraviy jihatlari- 
ni 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Kari­
mov  shunday  ta’riflaydi:  «Milliy  mafkuramiz  har  qanday  mil- 
latchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni 
mensimaslik, ularni kamsitish kayflyati va qarashlaridan mutlaqo 
xoli  bolib,  qo‘shni  davlat  va  xalqlar,  umuman,  jahon  hamjami- 
yatida,  xalqaro  maydonda  o‘zimizga  munosib  hurmat  va  izzat 
qozonishda poydevor va rahnamo b olishi  darkor».
Uning  ikkinchi jihati  esa  mana bunday talqin  etiladi:  «Milliy 
g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik,  el-yurt- 
ga  sadoqat yolida tarbiyalash,  ularning  qalbiga insonparvarlik va 
odamiylik  fazilatlarini  payvand  qilishdek  oliyjanob  ishlarimizda 
madadkor bolishi zarur».

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish