Hayotning ma’nosi.
Inson nim a uchun yashaydi? Yashashdan
maqsad nima? Inson hayotining m a’nosi nimada? H ar bir inson
o‘z um ri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va
hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax-
loqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashash
dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari
ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas,
281
Chunki hayotning m a’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli
tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi,
aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu
bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa,
uning hayotini «ma’nosiz» deb bo‘lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi-
dagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi-
roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi
— «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da-
raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti m a’nosini qanday
yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning
haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, mar-
tabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat
«yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin
o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan
ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana
bir toifa odamlar borki, ular hayotining m a’nosini eng yuksak
qadriyatlar bilan boglaydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi,
go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozona-
dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha um r kechiradi-
lar. Hayotining m a’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi
umr»da ko‘radilar.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-
m a’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda
dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin.
Bu guruh hayotning m a’nosini xudoni topishda, unga yetishish-
da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali
emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar.
M a’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki
ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin
ular bir masalada yakdil: ular hayotning m a’nosi o‘z manfaat-
larini o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak
aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga
binoan um r kechiradilar.
282
Baxt.
Hayotning m a’nosi ideal bilan bogliq bolgani kabi baxt
atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olin-
gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti
ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan um ri mo-
baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda
qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina
ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir um r davom
etadi. Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt —
har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir»,
— deganida ko‘p jihatdan haq edi.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut-
maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Laz-
zat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi
ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko'rasiz va laz-
zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz,
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday.
Baxt esa m a’naviy ehtiyoj bilan bogliq, unda maqsadlarga birin-
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir
um r to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si
fatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli olaroq, shaxsning
intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir inti-
lishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash-
ni taqozo etadi.
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib
o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega.
Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo'q:
odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi.
Omadning ana shu jihati haqida qrim -tatarlarning qadimgi
asotiri bor. Unga ko‘ra, omad m a’buda ekan, kunlardan birida
uning o‘g‘li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu,
qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini
qidirarmish. M a’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bit-
tagina ko‘zi bor ekan. Shu bois u to ‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib
283
olib, o‘g‘lim m ikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qa-
rarkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falak-
dan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o‘z qoliga tush-
ganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati
juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir um r omadli odam
yo‘q, omad — tasodif, baxt — zaruriyat; omad — istisnoli, baxt
— qonuniy hodisa. Omad - shaxsning bir zumlik holatini aks et-
tiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir
um r mobaynidagi amaliy javobdir:
Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha
miyat kasb etadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan
talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini,
uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi
asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-
harakatining umumiy yo‘nalishini ko'rsatgan holda, ko‘pgina ax
loqiy me’yorlar uchun asos b o lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |