Ota-ona haqqi
O'g'lim Musomurod! Insonda Haq va xalqning haqi bor. Haqqa tegishlisi «huququlloh» deyiladi,
xalqqa oidiga «huquqi ibod» deyiladi. Bundan oldin esa ota-ona haqqi keladi. Huququlloh Allohga
shirk keltirmasdan birligini tasdiqlab toat-ibodat qilishdir. Huquqi ibod esa, avvalo ota-onaga itoat
qilib, xizmatida bo'lish, qarindoshlarini unutmasdan yo'qlab turish, ularga ehson qilishdir. Bevalarga,
yetimlarga. qo'ni-qo'shnilar, musofirlar va qo'l ostidagilarga ochiq chehra bilan muomalada bo'lib,
yaxshilik qilish, ular bilan salomlashish, bemor bo'lsa borib ko'rish, janozalariga qatnashish, maslahat
so'rasa berish, aksa urib, «alhamdulilloh» deganda, «yarhamukalloh» deyish bandadagi bandaning
haqlari hisoblanadi.
Payg'ambarimiz(s.a.v):
Do'stlaringiz bilan baham: |