Ziyouz viktorinasi



Download 20,55 Kb.
Sana12.04.2023
Hajmi20,55 Kb.
#927452
Bog'liq
VIKTORINA


"ZIYOUZ VIKTORINASI"DA BERILGAN SAVOL-JAVOBLAR (2001-2100)
2001. Qaysi buyuk imomning janozalariga 2 500 000 kishi qatnashgan?
Javob: Imom Ahmad ibn Hanbalning janozalariga 2 500 000 odam qatnashgan. ("Kifoya")

2002. Ulamolar "ikkinchi hijriy asrning mujaddidi" deya e'tirof etgan mujtahid kim?


Javob: Imom Ahmad ibn Hanbal Imom Shofeiyni «Ikkinchi hijriy asrning mujaddidi» deb ataganlar. ("Kifoya")

2003. Rasululloh SAVning tuyalari "Qasvo"ning ma'nosi nima?


Javob: Rasululloh SAVning tuyalari "Qasvo"ning ma'nosi - "kesik quloq"dir. ("Saodat asri qissalari")

2004. Madinayi Munavvarada tug'ilgan ilk musulmon og'il chaqaloq kim?


Javob: Madinayi Munavvarada tug'ilgan ilk musulmon og'il chaqaloq - Zubayr ibn Al-Avvom va Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhumoning o'g'li Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhudir. ("Saodat asri qissalari")

2005. Hazrati Hadicha r.a. qaysi qabristonga dafn etilganlar?


Javob: Hazrati Hadicha r.a. Makkadagi Hojun qabristoniga dafn etilganlar ("Saodat asri qissalari")

2006. Mujtahid mazhabboshi imomlarimizdan qaysi birlari quraysh qabilasidan bo'lganlar?


Javob: Imom Shofe’iy quraysh qabilasiga mansubdirlar. ("Kifoya")

2007. Baqi' qabristoniga qo'yilgan birinchi musulmon kim?


Javob: Baqi' qabristoniga qo'yilgan birinchi musulmon - ansoriy As'ad ibn Zurora r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

2008. Islom tarixidagi birinchi shahid kim?


Javob: Islom tarixidagi birinchi shahid - Ammor ibn Yosirning onalari Sumayya r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

2009. Islom uchun birinchi qon to'kkan sahoba kim?


Javob: Islom uchun birinchi qon to'kkan sahoba - Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

2010. Birinchi marta Baytullohda kalimai shahodatni oshkora aytgan sahoba kim?


Javob: Birinchi marta Baytullohda kalimai shahodatni oshkora aytgan sahoba - Abu Zarr al-G'iforiy r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

2011. Qaysi buyuk mujtahid Madinai Munavvarada doimo piyoda yurardilar va nima uchun?


Javob: Imom Molik Madinai Munavvarada doimo piyoda yurardilar. Rasululloh s.a.v. jussalari ko’milgan shaharda ulovga minmayman, der edilar. ("Kifoya")

2012. Qaysi buyuk mujtahid Imom Abu Hanifaning vafot etgan kunlari tug'ilganlar?


Javob: Shofe’iy mazhabi asoschisi Imom Shofe’iy Muhammad ibn Idris hijriy 150-sanada, Imom Abu Hanifaning vafot etgan kunlari dunyoga kelib, 204-sanada vafot etganlar. ("Kifoya")

2013. Imom Ahmad ibn Hanbal bu mujtahid haqida shunday deganlar: "Siyohdon ko‘targan har bir kishining zimmasida ...ning haqi bor". U kim?


Javob: Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: «Siyohdon ko’targan har bir kishining zimmasida Shofe’iyning haqi bor». ("Kifoya")

2014. "Usulul fiqh" ilmiga kim asos solgan?


Javob: «Usulul fiqh» ilmiga asos solgan olim - Imom Shofe’iydir. ("Kifoya")

2015. Qaysi buyuk mujtahid Marv shahrida tug'ilganlar?


Javob: Imom Ahmad ibn Hanbal hijriy 164-sanada Marvda tug’ilib, 241-sana, rabiul avval oyi, juma kuni Bag’dod shahrida vafot etdilar. ("Kifoya")

2016. Imom Ahmad ibn Hanbal halifa Mu’tasim zamonida nima uchun va qancha muddatga qamoqda qiynoqqa solinadilar?


Javob: Imom Ahmad ibn Hanbal halifa Mu’tasim zamonida «Qur’on maxluq» demagani uchun 28 oy qamoqda qiynoqqa solindi. ("Kifoya")

2017. Qaysi buyuk mujtahidning otalari fors bo'lgan? Bir muddat Termizda ham yashagan?


Javob: Abu Hanifaning otalari Sobit ibn Zutiy fors bo’lganlar. Ali r.a. bilan uchrashganlar. Termiz shahrida ham ozroq yashaganlar. ("Kifoya")

2018. Rasululloh SAVning doyalari Shifo qaysi sahobiyning onasi edilar?


Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning doyalari Shifo’ - Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)ning onasi edi. («al-Bidaya van-nihaya»).

2019. Rasululloh SAVning birinchi sut onalari kim?


Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi sut onalari Abu Lahabning cho‘risi Suvayba edi. («Sifatus-sofvah»).

2020. Rasululloh SAV ikki kishining orqasida iqtido qilib namoz o'qiganlar. Ular kimlar?


Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar («Musnadi Imom Ahmad»).

2021. Imom Shofe’iy shunday deganlar: "Odamlar fiqhda ...ning boqimandalaridir". U buyuk mujtahid kim?


Javob: Imom Shofe’iy shunday deganlar: «Odamlar fiqhda Abu Hanifaning boqimandalaridir». («Kifoya»)

2022. Rasululloh SAV o'qigan birinchi farz namoz qaysi edi?


Javob: Rasululloh SAV o‘qigan birinchi farz namoz - peshin namozidir. (Qurtubiy tafsiri).

2023. Rasululloh SAVning uzuklarida qanday so'zlar muhr etgan edi?


Javob: Rasululloh SAVning uzuklari kumushdan yasalgan bo‘lib, «Muhammad Rasululloh» jumlasi: «Muhammad» so‘zi birinchi satr, «Rasul» ikkinchi satr, «Alloh» uchinchi satrga yozilgan edi. («Sahihul Buxoriy»).

2024. Baytullohda birinchi marta oshkora Qur'oni karimni tilovat qilgan sahoba kim?


Javob: Baytullohda birinchi marta oshkora Qur'oni karimni tilovat qilgan sahoba - Abdulloh ibn Mas'ud r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

2025. Rasululloh SAV o'qigan oxirgi namoz qaysi edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning oxirgi namozlari - vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah»).

2026. Rasululloh SAV imom bo'lib o'qigan oxirgi namoz qaysi edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalarga imom bo‘lib o‘qigan oxirgi namozlari - Mursalot surasi o‘qilgan shom namozi edi («Sahihi Buxoriy»).

2027. Rasululloh SAV og'izlaridan chiqqan oxirgi so'z qaysi edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning og‘izlaridan chiqqan oxirgi gap - «Allohumma ar-Rafiqul-A’lo»: Allohim, jannatning oliy maqomi(ni tanladim), jumlasidir («Sahihi Buxoriy»).

2028. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so'ng u zotning muborak badanlarini kim yuvgan edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh (s.a.v.)ning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. («as-Siyra Ibn Hishom»).

2029. Imom Abu Hanifa qaysi sahobalar bilan uchrashganlar?


Javob: Imom Abu Hanifa Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Abu Avfo, Vosila ibn al-Asqa’, Omir ibn Vosila kabi sahobalar bilan ko’rishganlar. ("Kifoya")

2030. Imom Abu Hanifa yoshliklarida nima bilan savdo qilardilar?


Javob: Imom Abu Hanifa yoshliklarida ipak sotardilar. ("Kifoya")

2031. Rasululloh SAVning kunyalari nima edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning kunyalari to‘ng‘ich farzandlari Qosimga nisbatan - Abul-Qosimdir (Imom Muslim rivoyati, «Kitobul-adab»).

2032. Rasululloh SAVning nechta nevaralari bo'lgan?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning nevaralari oltitadir:
1. Umoma binti Abu Os ibn Rabiy’, onalari - Zaynab Rasululloh (s.a.v.) qizi.
2. Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, onalari - Ruqiyya Rasululloh (s.a.v.) qizi.
3. Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
4. Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
5. Zaynab binti Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
6. Ummu Kulsum binti Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi. («Siyaru a’lamin-nubala’», «Sofvatus-sofvah»).

2033. Rasululloh SAVning nevaralari, Ruqiyya r.a.ning og'illari ismi nima edi?


Javob: Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, onalari - Ruqiyya Rasululloh (s.a.v.) qizi.

2034. Rasululloh SAVning nevaralari, Zaynab r.a.ning qizlari ismi nima edi?


Javob: Umoma binti Abu Os ibn Rabiy’, onalari - Zaynab Rasululloh (s.a.v.) qizi.

2035. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kimki "Ruma" qudug’ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo’lgusidur" ‘” deb aytganlarida o’sha quduqni kim qazigan?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidir» ‘” deb aytganlarida o‘sha quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» ‘” deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2036. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni "jannat ahli ayollarining sayyidasidur" ‘” deb marhamat qilganlar?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» ‘” deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2037. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Har bir payg’ambarning o’z havoriysi (yordamchisi) bo’lgan, mening havoriyim ersa ..." ‘” deb kimni ta’kidlaganlar?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» ‘” deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2038. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga "Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!" ‘” deb marhamat qilganlar?


Javob: «Rasululloh (s.a.v.) Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» ‘” deb marhamat qilganlar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2039. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od»).

2040. "Ikki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?


Javob: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’far (ibn Abu Tolib)ning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» ‘” der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2041. Rasululloh SAV kimga "Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o‘xshaydi" deb aytganlar?


Javob: Rasululloh (s.a.v.) Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» ‘” deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2042. Rasululloh SAV ash'arai mubashsharalardan ikkitasini qo'shni deganlar. Ular kim?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Talha (ibn Ubaydulloh) va Zubayr (ibn Avvom) jannatdagi ikki qo’shnidir» ‘” deb marhamat qilganlar. («Rijalun havlar rosul»).

2043. Rasululloh SAV "ummatning ishonchli kishisi" deb kimni ataganlar?


Javob: «Rasululloh (s.a.v.): «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» ‘” deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2044. Rasululloh SAV uzuklarini kim olib yurar edi?


Javob: Rasululloh (s.a.v.)ning uzuklarini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar («Zodul-ma’od»)

2045. Rasululloh (s.a.v.): "Kimki hanuz yer ustida yurib o‘z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u ...ga qarasin!" ‘” deb kimga marhamat qilganlar?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Kimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Talha (ibn Ubaydulloh)ga qarasin!» ‘” deb marhamat qilganlar. («Rijalun havlar rosul»).

2046. Rasululloh (s.a.v.): "Agar ummatimdan birortasini o’zimga do’st tutadirgan bo’lsam, ...ni do’st tutgan bo’lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar" ‘” deb marhamat qildilar". bu hadisda kimni nazarda tutganlar?


Javob: Rasululloh (s.a.v.): «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» ‘” deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2047. Rasululloh SAVning qaysi zavjai mutahharotlari "Ummul masokin" laqabiga ega edi?


Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning laqablari «Ummul masokin» edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2048. Ummu Kulsum r.a. va Hazrati Usmon r.a. birga necha yil umr qildilar?


Javob: Ummu Kulsum r.a. Hazrati Usmon r.a. bilan 6 yil birga umr qildilar. 9-hijriyning sha’bon oyida vafot etdilar. Janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2049. Hazrati Hadicha r.a. birinchi marta necha yoshlarida turmushga chiqqan edilar?


Javob: Hadicha binti Xuvaylid r.a. 15 yoshlarida Abu Hola ibn Ziroraga turmushga chiqqanlar. Eri vafot etgan ikkinchi daf’a Atiq ibn Abdulloh bilan turmush qurdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2050. Rasululloh SAVning ikkinchi farzandlari kim edi?


Javob: Rasululloh SAVning birinchi o’g’illari ismi Qosim edi, ikkinchisining ismi Abdulloh edi. Ikkisi ham uzoq yashamadi. Qizlari Zaynab bilan Ruqiyyaning farqi bir yoshdir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2051. Rasululloh SAVning cho‘rilari Ummu Aymanning asl ismi nima edi?


Javob: Rasululloh SAVning cho’rilari Ummu Aymanning asl ismi - Baraka Habashiya edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2052. Hazrati Ali r.a. Rasululloh SAV xonadonlariga kelganda yoshlari nechada edi?


Javob: Hazrati Ali r.a. Rasululloh SAV xonadonlariga kelganda yoshi oltida edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2053. Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida avvalgi turmushlaridan qaysi o‘g‘illari bor edi?


Javob: Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2054. Rasululloh SAV u haqda "Ey Allohim, bunga o‘z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan va Shomda sherga yem bo‘lgan mushrik kim edi?


Javob: Rasululloh SAVning qizlari Ummu Kulsumni taloq qilib, u zotni haqorat qilgani sababli, Muhammad SAV Utayba haqida «Ey Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin» deb duoibad qilgan va u Shomda sherga yem bo’lgan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2055. Baqi’ qabristoniga qo‘yilgan birinchi "ummul mo‘miniyn" kim?


Javob: Rasululloh SAVning Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi zavjalari - Zaynab binti Xuzayma r.a. edi. Zaynab onamiz hijratning 4-yilida, nubuvvat xonadonida bir necha oy yashaganlaridan so’ng, 30 yoshlarida vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2056. Ummul mo‘miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a. Rasulloh SAVdan avval kimning nikohida edi?


Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning erlari Abdulloh ibn Jahsh r.a. Uhud urushida vafot etgach, Rasululloh SAV uni nikohlariga 400 dirham mahr bilan oladilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2057. Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga qadar necha marta turmush qurgan edilar?


Javob: Hadicha binti Xuvaylid r.a. 15 yoshlarida Abu Hola ibn Ziroraga turmushga chiqqanlar. Eri vafot etgan ikkinchi daf’a Atiq ibn Abdulloh bilan turmush qurdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2058. Hazrati Hadicha r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari nima edi?


Javob: Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari Tohira edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2059. Varaqa ibn Navfal Hazrati Hadicha r.a. qanday qarindosh edi?


Javob: Varaqa ibn Navfal Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning amakivachchasi edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2060. Rasululloh SAV qaysi qizlariga: "U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o‘xshashdir" deb kimni aytgan edilar?


Javob: Rasululloh SAV Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin «U bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir» degan edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2061. Qaysi "ummul mo‘miniyn" Rasulullohga zavja bo‘lmaslaridan avval Badr urushida yaradorlarga yordam ko‘rsatgan edilar?


Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a. Badr urushida yaradorlarga qarashib fidokorlik ko’rsatganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2062. Islom ummatidan birinchi bo‘lib namoz o‘qigan inson kim?


Javob: Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson - Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2063. Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi nima edi?


Javob: Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi Ummu Rummon edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2064. Hazrati Oyisha r.a.ni Rasululloh SAVdan avval kim so‘rattirgan edi?


Javob: Hazrati Oyisha r.a.ni Rasululloh SAVdan avval Mita’m ibn Adiy o’g’li Jubayrga so’rattirgan edi. (Tabariy rivoyati)

2065. Hazrati Oyisha r.a. Rasululloh SAVga nikohlanganlarida yoshlari nechada edi?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. Rasululloh SAVga nikohlanganlarida yoshlari 6 da edi. (Buxoriy rivoyati)

2066. Hadicha binti Xuvaylid r.a. vafot etganlarida yoshlari nechada edi?


Javob: Hadicha binti Xuvaylid r.a. vafot etganlarida yoshlari 65 da edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2067. Rasululloh SAV dunyodagi eng fazilatli ayollar sifatida 4 ta muhtaramani ta’kidlaganlar. Ular kimlar?


Javob: Rasululloh SAV dunyodagi eng fazilatli ayollar sifatida Maryam binti Imron, Hadicha binti Xuvaylid, Fotima binti Muhammad va Fir’avnning xotini Osiyoni ta’kidlaganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2068. Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. necha yoshga kirganlarida birga yashay boshlashgan?


Javob: Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. 9 yoshga kirganlarida birga yashay boshlashgan (Buxoriy rivoyati)

2069. Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. birga yashay boshlagan va Hazrati Oyisha r.a. qarindosh ayollarining to‘yi bo‘lishini mustahab sanagan oy qaysi oy edi?


Javob: Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. birga yashay boshlagan va Hazrati Oyisha r.a. qarindosh ayollarining to’yi bo’lishini mustahab sanagan oy - shavvol oyidir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2070. Uhud g‘azotida Islom lashkari tarkibida necha nafar ayol bo‘lgan?


Javob: Uhud g’azotida Islom lashkari tarkibida 14 nafar ayol ham bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2071. o‘zi ham Uhud g‘azotida ishrirok etgan, bu g‘azotda eri, o‘g‘li, akasi shahid bo‘lgan ayol kim edi?


Javob: Hind ibn Harom Ansoriya o’zi ham Uhud g’azotida ishrirok etgan. Bu g’azotda uning eri Amr ibn Jamuh, o’g’li Hammod ibn Amr, akasi Abdulloh ibn Harom shahid bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2072. Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo‘hton) hodisasi qaysi g‘azotidan so‘ng sodir bo‘lgan?


Javob: Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo’hton) hodisasi Bani Mustaliq g’azotidan so’ng sodir bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2073. Oyisha r.a.ning mahrlari qancha bo‘lgan edi?.


Javob: Oyisha r.a.ning mahrlari 500 dirham bo’lgan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2074. Tayammum oyatining tushishiga sabab bo‘lgan inson kim?


Javob: Bayda yoki Zotul Jayshda Rasululloh SAV safardan qaytayotganlarida Oyisha r.a.ning munchoqlari yo’qolib qoladi. Uni qiirish uchun qo’shin turib qoladi. Shunda tayammum oyati nozil bo’ladi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2075. Hazrati Oyisha r.a. aytadilar: "Rasululloh SAVning ayollari ichida faqat ...gina men bilan shuhrat talashardi". U mo‘minlar onasi kim edi?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. aytadilar: «Rasululloh SAVning ayollari ichida faqat Zaynab (binti Jahsh)gina men bilan shuhrat talashardi». («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2076. Hazrati Oyisha r.a. Rasululloh SAVdan nechta hadis rivoyat etganlar?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. Rasululloh SAVdan 2210 ta hadis rivoyat etganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2077. Hazrati Oyisha r.a. hammasi bo‘lib nechta qulni ozod qilganlar?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. hammasi bo’lib 67 ta qulni ozod qilganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2078. Rasululloh SAV kimga uylanganlaridan so‘ng sahobalar Rasululloh SAVning qarindoshlarini asir qilolmaymiz deb, butun boshli qabilani ozod qilgan, buning natijasida ular Islomni qabul qilgan edilar?


Javob: Rasululloh SAV Juvayriya binti Horis r.a.ga uylanganlaridan so’ng sahobalar Rasululloh SAVning qarindoshlarini asir qilolmaymiz deb, butun boshli qabilani ozod qilgan, buning natijasida ular Islomni qabul qilgan edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2079. Abu Bakr r.a. davrlarida to‘plangan Qur’on sahifalari kiyik terisiga ko‘chirilib, Abu Bakr r.a.ning uyida saqlandi. Abu Bakr r.a.dan so‘ng, Umar r.a.ning uylarida, u kishidan so‘ng kimning uylarida saqlandi?


Javob: Abu Bakr r.a. davrlarida to’plangan Qur’on sahifalari kiyik terisiga ko’chirilib, Abu Bakr r.a.ning uyida saqlandi. Abu Bakr r.a.dan so’ng, Umar r.a.ning uylarida, u kishidan so’ng esa Hafsa onamiz huzurlarida qoldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2080. Qur'oni karimda eng ko'p zikr qilingan payg'ambar qissasi qaysi?


Javob: Qur'oni karimga eng ko'p zikr qilingan payg'ambar qissasi Muso alayhissalom qissasidir. («Saodat asri qissalari»)

2081. Rasululloh SAV vafot etganlarida Oyisha onamizning yoshlari nechada edi?


Javob: Rasululloh SAV vafot etganlarida Oyisha onamizning yoshlari 18 da edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2082. Hazrati Oyisha r.a. qachon vafot edtdilar?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. 58-hijriyning Ramazon oyi, 18-chi kuni dushanbadan seshanbaga o’tar kechasi vafot etdilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2083. Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini kim o‘qidi?


Javob: Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini Abu Hurayra r.a. o’qidilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2084. Hazrati Oyisha r.a. vasiyatlariga ko‘ra, qayerga qo‘yildilar?


Javob: Hazrati Oyisha r.a. vasiyatlariga ko’ra Baqi’ qabristoniga qo’yildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2085. Ulamolar qaysi surani "Kichik Niso" deb atashadi?


Javob: Ulamolar «Taloq» surasini «Kichik Niso» deyishadi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2086. Rasululloh SAV: "Albatta ... o‘z ahli bilan hijrat qilgan avvalgi kishidir" "« de marhamat qilgan oila qaysi edi?


Javob: Rasululloh SAV Usmon ibn Affon r.a. va Ruqiyya r.a. haqlarida shunday deganlar: «Albatta Usmon o’z ahli bilan hijrat qilgan avvalgi kishidir». («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2087. Savda binti Zam’a r.a. onamizning birinchi erlari kim edi?


Javob: Savda binti Zam’a r.a. onamizning birinchi erlari dastlabki musulmonlardan Sakron ibn Amr Omiriy edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2088. Islomdagi birinchi muhojirlar soni nechta edi?


Javob: Islomdagi birinchi muhojirlar soni 14 nafar bo’lib, 10 tasi erkak, 4 tasi ayol kishi edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2089. Habashistonga hijrat qilgan birinchi muhojirlarga kim amir edi?


Javob: Habashistonga hijrat qilgan birinchi muhojirlarga Usmon ibn Maz’un amir edilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2090. Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: "Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?" deb so‘raganlarida, u kishi: "..." dedilar. Shundan so‘ng hazrati Umar askarlarni qancha muddatdan ortiq ushlab turmaslikka farmon berganlar?


Javob: Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: «Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?» deb so’raganlarida, u kishi: «4 oy» dedilar. Shundan so’ng hazrati Umar askarlarni 4 oydan ortiq ushlab turmaslikka farmon berganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2091. Usmon ibn Affon r.a. va Ruqiyya r.a.ning o‘g‘illari Abdulloh necha yoshlarida vafot etadi?


Javob: Usmon ibn Affon r.a. va Ruqiyya r.a.ning o’g’illari Abdulloh 6 yoshlarida ko’zini xo’roz cho’qib olib, shishishi o’qibatida vafot etdi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2092. Jabroil a.s. payg‘ambarlardan boshqa faqat bir kishiga salom aytganlar. U zot kim?


Javob: Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa faqat Oyisha onamizga salom aytganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2093. Fahsh haqidagi tuhmatdan pokligi Allohning kalomi ila bayon qilingan yagona zot kim?


Javob: Fahsh haqidagi tuhmatdan pokligi Allohning kalomi ila bayon qilingan yagona zot Oyisha onamizdir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2094. Hazrati Ruqiyya r.a. qachon vafot edilar? Janozalarini kim o‘qidi? Qayerga dafn etildilar?


Javob: Hazrati Ruqiyya r.a. 2-hijriyda, Madinada vafot etdilar. Janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2095. Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol kim edi?


Javob: Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol Usmon ibn Maz’unning zavjalari - Havla binti Hakim r.a.dir. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2096. Savda binti Zam’a r.a.ning mahrlari qancha bo‘lgan?


Javob: Savda binti Zam’a r.a.ning mahrlari 400 dirham bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2097. Savda binti Zam’a r.a. onamiz Rasululloh SAV bilan birga qaysi g‘azotida ishtirok etganlar?


Javob: Savda binti Zam’a r.a. onamiz Rasululloh SAV bilan birga Xaybar g’azotida ishtirok etganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2098. Bani Mustaliq g‘azotining yana bir nomi nima?


Javob: Bani Mustaliq g’azotining yana bir nomi «Muraysi’»dir (jang bo’lib o’tgan suvxona nomidan) («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2099. Bani Mustaliq g‘azotida mustaliqliklardan necha kishi o‘lgan? Erkak asirlar soni qancha edi?


Javob: Bani Mustaliq g’azotida mustaliqliklardan 10 kishi o’lib, qolganlari asir tushgan. Erkak asirlar soni 700 nafar edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

2100. Yasriblik ilk musulmonlarga Qur'oni karimni o'rgatish uchun Rasululloh s.a.v. kimni yubordilar?


Javob: Yasriblik ilk musulmonlarga Qur'oni karimni o'rgatish uchun Rasululloh s.a.v. Mus’ab ibn Umayrni yubordilar. («Saodat asri qissalari»)
Download 20,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish