"O'G'LIMGA 12 NASIHAT" KITOBI YUZASIDAN MULOHAZALAR
Bismillahir rohmanir rohiym!
Odamning umri kamolot yo'lidir. Chunki u bir umr yetuklikka intilib yashaydi. Tug'ilgan vaqtida bir
parcha et bo'lgan chaqaloq umri davomida ulkan qomatli, baquvvat kishiga aylanadi. Umrining
dastlabki yillarida issiq bilan sovuqning, yaxshi bilan yomonning farqiga bormaydigan bola yillar o'tib,
aqli qilni qirq yoradigan, tabiat va jamiyatda ro'y beradigan o'ta chigal hodisalarning sababini
izohlaydigan darajaga etadi. Lekin shuning o'zi insonning etukligi uchun etarli emas. Ruh egasi
bo'lgan yaratiq sifatida odam o'zining ruhoniy jihatlarini ham kamolotga etkazishi lozim bo'ladi.
Kitobda tavhid bo'yicha berilgan o'git, Allohning zoti, sifati va amalidagi birligi g'oyat ta'sirli va
tushunarli yo'sinda anglatilgan. Shuningdek, asarning axloq borasidagi o'rinlari ham o'quvchilarning
aqlu shuuriga yetib boradigan tarzda bitilgan. Islom dinining axloq asosiga qurilganligi, ezgu
O’g’limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
Do'stlaringiz bilan baham: |