«Rizq eshiklari yopiq. Sa'y-harakat uning
kalitidir»,
deganlar. Oila boshlig'ida farzandini dinga da'vat qilish vazifasi bo'lganidek, dunyoviy
ishlarda ham Alloh buyurgan yo’lga boshlash ota-onaning vazifasidir. Sen ham bu dunyoda halollik
yo’lini izla va shu yo'ldan borib rizq eshiklarini och. Ota-ona shu pokiza yo’lga boshlashga mas'ul. Sen
ham ular ko'rsatgan yo'ldan borishga mas'ulsan. Shu mas'uliyat seni jahannam azobidan qutqaradi.
O'g'lim Musomurod! Umuman olganda, ota-onaning haqiqiy vazifasi shudir. Allohdan qo'rq,
namozingni o'qi, ro'za tut. Ayni paytda, dunyoni tashlama. Uning ichida turib, oxirat uchun hozirlik
ko'r. Ham dining, ham dunyoing uchun ishla. Mana shu yo'l to'g'ri yo'ldir. Dunyo ishlarida ham Allohni
unutma. Allohdan qo'rqib, U ko'rsatgan yo’ldan yurishga harakat qil. Mana shu usul saodat yo'li,
Qur'oni karim yo'li, oila boshlig'ining vazifasi sanaladi.
Sevimli o'g'lim! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham shu xayrli yo'lga da'vat etuvchi oila boshliqlarini duo
qilib:
Do'stlaringiz bilan baham: |