«Alloh taolo xayrli ishlarga ko'maklashadigan otaga marhamat qilsin»,
deganlar.
Aziz dilbandim! Ota-ona fidokorlik bilan senga yaxshilikni ko'rsatarkan, isyon qilsang joying
jahannamda bo'ladi, undan aslo qutulolmaysan.
Payg'ambarimiz(s.a.v.) oila boshliqlarining vazifalari haqida:
«Farzandlaringizni Alloh va
Rasuliga, Payg'ambar
ahli baytiga, Qur'oni karim qiroatiga muhabbat bilan
tarbiyalangiz»,
deganlar.
Mana o'g'lim Musomurod! Alloh va Rasuliga itoat, Qur'oni karimni o'qish, namoz o'qish,
Yaratganning amrlarini bajarish, Payg'ambarimiz(s.a.v.) ahli baytini va asxobini sevish oila
boshlig'ining vazifasi bo’lganidek, uning yo’lida dunyo ishlarini bajarish ham oila boshlig'ining
farzandlariga tashviq etishi lozim bo'lgan vazifalar jumlasiga kiradi.
Ha o'g'lim, ota-ona bu to'g'ri yo'lga farzandlarini boshlashi lozim. Bunday ota naqadar ajoyib ota,
uning so'ziga kiruvchi farzand ham naqadar yaxshi farzanddir. Bu yo’ldagi oila juda ham baxtiyor
oiladir. Bu yo'lga boshlagan otaga isyon qilgan farzand juda zolim va baxtsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |