«Al adlu asasul
mulk»,
deya mulkning asosi adolat ekanligini ta'kidlaydilar.
Oyati karimada Alloh taolo adolatdan so'ng ehsonni buyuradi. Ehson yaxshilik deganidir.
Insonlarga foyda keltiradigan har bir yaxshilik ehson sanaladi. Yaxshilikni hammaga qilish kerak. Alloh
taolo shunga buyurgan.
O'g'lim Musomurod! Ehsonning islomiyatda juda katta qiymati bordir. Alloh taolo yaxshilik
qilguvchilarni sevadi. Shu bois ahli imon doimo yaxshilik yo'lidan yurishgan. Har tomonda ko'priklar,
kutubxonalar, madrasalar, imoratlar qurdirib, har yaxshilikka bosh bo'lib qimmatli asarlar
qoldirishgan. Islomiyatda adolat va ehson jamiyatni falokatdan qutqaruvchi buyuk dastur sanaladi.
Adolat bilan jamiyat yuksaladi. Ehson bilan esa insonlarning ko'ngil rizoligiga erishiladi. Yaxshi qalb
egalari insoniyatga kuch bag'ishlaydi.
Bu oyati karimada qarindoshlarga yaxshilik qilish ham buyurilgan. Rasululloh(s.a.v.) bir hadisi
shariflarida:
Do'stlaringiz bilan baham: |