Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
67
Pirron o‘zini har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar qatoriga qo‘shar, narsalarning mohiyatiga
oid har qanday qat’iy fikr aytishdan tiyilishni afzal ko‘rardi. (Per Beyl: «Pirronchilik — barcha
masalalarni ularning mohiyatini chetlab o‘tgan holda muhokama qilish san’atidir», deb yozgandi).
* * *
Bir kuni Pirron ochiq dengizda ketayotganda bo‘ron turadi. Faylasufning kemadagi hamrohlari
vahimaga tushadilar. Faqat Pirrongina mutlaqo
xotirjamlikni saqlagan holda, o‘zini yo‘qotmay
nimanidir kavshayotgan cho‘chqaga ishora qiladi-da: «Donishmand har qanday sharoitda ana
shunday befarqlikni saqlab qolmog‘i lozim», — deydi.
* * *
Qadimiy yunon faylasuflari Suqrot va Pifagor kabi Pirron ham faqat og‘zaki tarzda ta’lim bergan.
Uning dunyoqarashi haqida shogirdi fliuntlik Timon (miloddan avvalgi 320-230 yillar) yozib qoldirgan
manbalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
* * *
Timon o‘z ustozini Quyoshga nisbat etgan. Har narsaga shubha bilan qarovchi Sekst Empirik o‘z
dunyoqarashlariga sodiq qolgan holda shunday degandi: «Quyosh ko‘zdan g‘oyib narsalarni yoritib,
ravshan qiladi. Pirron esa aksincha, har qanday kimsa uchun aniq-ravshan bo‘lgan
narsalarni
mavhumlashtiradi».
* * *
Bir kuni Pirronga qitmirlarcha shunday savol berdilar:
— Pirron, sen o‘lmaganmiding?
O’z ta’limotiga sodiq Pirron uchun:
— Bilmayman, — deb javob berishdan o‘zga yo‘l qolmagandi.
* * *
Agar tirik mavjudotlar o‘rtasidagi xilma-xillikka bog‘liq ravishda muhokama etib bo‘lmaydigan turli
qarashlar mavjud ekan, u holda narsalar haqida hukm chiqarishdan tiyilmoq zarur. Masalan, insonlar
dengiz suvini ichganlarida xuddi zahar kabi yoqimsiz tuyuladi. Baliqlar esa shu suv ichida yashaydilar.
* * *
Agar bir narsa hamma uchun birdek go‘zal va oqilona ko‘ringanda, insonlar o‘rtasida g‘arazli bahs
paydo bo‘lmas edi.
* * *
Narsalar bizga noma’lum sifatlarga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Sababi
bizda bu sifatlarni his
etish a’zolarining yo‘qligidadir... agarki, sezgilar tashqi olamni qabul qilishga qodir emas ekan, demak,
tafakkur ham u haqda yetarlicha mushohada yuritolmaydi. Shuning uchun ham biz tashqi olam
xususida hukm chiqarishdan tiyilishimiz joiz.
* * *
Agar har qanday hodisa ma’lum sharoitlar, masofalar va holatlarda namoyon bo‘lib,
tasavvurlarimizda katta o‘zgarish yasagan taqdirda ham biz ularni muhokama qilmasligimiz joiz.
Chunki qandaydir tasavvurni dalil-isbotsiz chamalamoqqa bizning haqqimiz yo‘q. Deylik, biz dalil-
isbotni ham topdik. Ammo u ham o‘z navbatida dalil-isbot talab qiladi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
68
Narsalarning tabiati haqida hukm chiqarish nojoizligini tasdiqlovchi dalillar ko‘p. Masalan, echki
shoxining qipiqlari oq rangda ko‘rinadi, lekin butun shoxining rangi qoradir. Xuddi shuningdek,
kumushning kukuni qora tusli bo‘lib tuyuladi, ammo u yaxlit holga keltirilganda oppoq rangga kiradi.
Shu bois ularni qora ham, oq ham deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi... Qum
zarrasini ushlaganingizda
qattiq tuyulsa-da, uni to‘dalaganingizda yumshoqligini his etasiz. Me’yorida iste’mol qilingan musallas
jismni baquvvatlashtiradi, keragidan ortig‘i esa uni bo‘shashtirib yuboradi.
Zilzilaga birinchi marta duch kelganlar va yer silkinishiga ko‘nikib qolganlar undan turlicha
ta’sirlanishadi. Dengizni ilk marta ko‘rgan odam qanchalik kuchli hayajonga tushishi ma’lum.
Xuddi
shunga o‘xshash ilk marta va tasodifan uchraganimiz insonning jismoniy go‘zalligi bizni uning odatiy
ko‘rinishiga nisbatan ko‘proq hayajonga soladi. Umuman, kamyob narsalar qimmatli bo‘lib tuyuladi.
Osonlik bilan yetishishimiz mumkin bo‘lgan va son jihatdan ko‘p miqdordagi narsalar esa qimmatini
yo‘qotadi. Demak, aynan bir narsa bizga o‘ta g‘aroyib yoki qimmatli bo‘lib tuyuladi. Yoxud biz
narsalarni ko‘pligi yoki kamyobligiga qarab baholaymiz. Shunday ekan, biz narsalarning asl ko‘rinishi
qandayligini aniqlashga qodir emasmiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: