mulohazalarini tinglagan Pirronda falsafaga qiziqish uyg‘onadi.
U Iskandar Maqduniyning Osiyo yurishlarida ishtirok etib, gimnosofistlar bilan
uchrashdi. Pirron hatto Iskandarning jang chog‘ida asir olingan gimnosofistlar bilan
bo‘lib o‘tgan suhbatida ham ishtirok etgan. Gimnosofistlarni yunonlar «yalang‘och
donishmandlar» deb atashgan. Bu hind zohidlari juda oriq va yashovchan bo‘lib, qop-
qora badanlarida belbog‘dan o‘zga hech qanday kiyimlari bo‘lmagan. Iskandar shoh
ularni o‘ldirishga qaror qiladi. Biroq avval ularning donoligini sinab ko‘rish uchun har
biriga savollar bilan murojaat etadi. Iskandarning: «Tiriklar ko‘pmi, o‘liklarmi?» degan
Do'stlaringiz bilan baham: |