savoliga birinchi zohid shunday javob qaytaradi:
«Tiriklar ham, o‘liklar ham mavjud emas». «Jonivorlarni ko‘proq yer boqadimi yoki
dengizmi?» — degan savolga ikkinchi gimnosofist: «Jonivorlarni asosan yer boqadi.
Dengiz esa yerning bir qismi, xolos», — deb javob berdi.
Birin-ketin berilayotgan tagdor ma’noli savollar har qancha murakkab bo‘lishiga
qaramay, gimnosofistlar bo‘sh kelmaydilar.
Iskandar shoh dedi:
— Jonivorlarning eng ayyori qaysi?
— Insonga notanish bo‘lgan jonivor eng ayyoridir.
Savol:
— Kun avval paydo bo‘lganmi yo tun?
Javob:
— Kun bir kun avval paydo bo‘lgan.
Savol:
— Eng suyukli inson bo‘lish uchun nima qilmoq kerak?
Javob:
— Buning uchun eng qudratli hamda jasoratli inson bo‘lmoq lozim.
Savol:
— Hayot kuchlimi yo o‘lim?
Do'stlaringiz bilan baham: |