www.ziyouz.com
кутубхонаси
74
SYUN-SZI
(Taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-tszi Chjao xoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi
266 yilda Chjaoni tark etib, Sin saltanatiga jo‘nadi va bu yerda xoqon Chjao-van hamda
uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi.
Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si xoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars
bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy
olib, olimlarga boshchilik qiladi.
O’ta mustaqillikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani bois Syun-tszi 255
yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu
yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi.
Miloddan avvalgi 250 yilda Syun-tszi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib
boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu xoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta
tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |