www.ziyouz.com
кутубхонаси
72
KITIYLIK ZENON
(Miloddan avvalgi 346-264 yillar)
Qadimiy yunon faylasufi Zenon ko‘hna Kiprning to‘qqiz asosiy shaharlaridan biri
bo‘lmish Kitiy shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi Mnasey savdogarlik bilan shug‘ullangan.
Zenon kiniklardan biri — faylasuf Kratetdan va Megar maktabining namoyandalari
Stilpon va Diodordan, keyinroq Aflotunning izdoshi Polemondan tahsil oldi.
Zenon yoqimsiz tashqi qiyofaga ega bo‘lgan. Manbalarda yozilishicha, uning bo‘yni
qiyshiq, o‘zi esa o‘ta oriq va novcha bo‘lib, oyoqlari gavdasiga nisbatan yo‘g‘onroq edi. U
o‘zining notavon va majruh qiyofasidan doimo uyalib yashagan. Faylasufning sinchkov
chehrasi, jiddiy nigohi va ajinlar kesib o‘tgan manglayi har qanday odamning diqqatini
tortardi. U doimo xomush qiyofada yurar, chehrasidan achchiq istehzo arimasdi. U doimo
odamlardan o‘zini olib qochar, loaqal bir tomondan bo‘lsa-da, odamlardan xoli qolish
Do'stlaringiz bilan baham: |