www.ziyouz.com
кутубхонаси
78
XAN FEY
(Miloddan avvalgi 288-233 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Xan Fey Xan saltanatining aslzoda xonadonlaridan birida
dunyoga keldi. U bolalik chog‘idanoq duduqlanib gapirardi. Keyinchalik Syun-tszining
qo‘lida tahsil olib, Shan Yan, Shen Buxay, shuningdek, daosizm (xitoycha «dao» — qonun
demak) ta’limoti bilan qiziqqan.
Xan Fey o‘ziga qadar yashab o‘tgan ko‘plab yirik donishmandlar kabi legistik («legist»
— lotincha «qonun» degan ma’noni anglatadi) dunyoqarash tarafdori bo‘lib, davlatni
boshqarish muammolari bilan shug‘ullangan. «Qonunlar xalqning otasi va onasidir.
Hukmdor va amaldorlar, oliy nasablilaru past tabaqadagilar — hamma qonunga birdek
amal qilmog‘i lozim. Bu — buyuk boshqarish san’ati deb ataladi» degan g‘oyani yoqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |