www.ziyouz.com
кутубхонаси
18
yo‘lga solishga urinmagan mard er olijanoblik xislatidan mahrumdir. Tinmay ilm olgan vijdonli inson,
albatta, buyuk donishmandlik darajasiga yetmog‘i tayin. Va ilmni sevgan inson hech qachon voqelikka
zid ish qilmaydi.
— Janubdagi tog‘larda o‘sadigan egilmas, tikka bambukdan yasalgan kamon o‘qi hatto karkidon
terisidan yasalgan sovutni ham teshib o‘tar ekan. Vaholanki, bu o‘simlik ilmdan bexabardir, — dedi
Szi-Lu o‘zining topqirligidan yayrab.
— Bu kamon o‘qining bir uchiga qush patini ulab, ikkinchi uchiga temir nayza o‘rnatsang, u
nishonni yana ham chuqurroq yorib kiradi, shunday emasmi? — dedi Konfutsiy.
Bu so‘zlardan lol qolgan Szi-Lu shundagina o‘ziga beqiyos ustoz topganini anglab yetib, o‘z
ustunligini isbotlashga qanchalar g‘ayrat bilan kirishgan bo‘lsa, shunchalar shijoat bilan Konfutsiyga
xizmat qilishga bel bog‘lagan ekan.
* * *
Konfutsiydan so‘radilar:
— Jen nimani anglatadi?
Donishmand javob berdi:
— O’zingga ravo ko‘rmagan narsalarga o‘zgani ham noloyiq, deb bil. Ana shunda saltanat va
oiladagi nafrat hamda adovat barham topadi. Qadimiy hind rivoyatlaridan birida hikoya qilinishicha,
o‘ta sabrsiz va qiziquvchan yosh yigit olimlardan muqaddas kitoblarni qisqartirib, bir nafasda o‘qib
chiqsa bo‘ladigan satrlarga jamlab berishlarini so‘raydi. Yigit nihoyat qonun ilmining bilimdoni Xilelga
murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Olim yigitning iltimosini eshitib, miyig‘ida kuladi-da:
— Nimani o‘zingga nomunosib deb bilsang, o‘shani o‘zgaga ham ravo ko‘rma, — deb javob beradi.
* * *
Olijanob er to‘qqiz narsa haqida o‘ylashni kanda qilmaydi. Bular ravshan ko‘rmoqlik, aniq
eshitmoqlik, odob bilan muomala qilmoqlik, samimiy so‘zlashmoqlik, ehtiyotkorlik ila harakatda
bo‘lmoqlik, qahpy g‘azab oqibatini yodda tutmoqlik, odillikni unutmaslik hamda imkoniyat tug‘ilganda
foyda olmoqlik.
* * *
Sima Nyu Konfutsiydan insonparvarlik haqida so‘radi.
Donishmand:
— Insonparvarlik haqida so‘zlamoqlik mushkul, —dedi.
— Demak, nimaiki to‘g‘risida so‘zlamoq mushkul bo‘lsa, shu insonparvarlik ekan-da? — deb so‘radi
Sima Nyu.
— Uni amalga oshirmoq mushkul-u, y haqda so‘zlamoq mushkul bo‘lmaydimi?! — javob berdi
Konfutsiy.
* * *
Konfutsiy hukmdor va xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni shunday qiyoslaydi: podshoh misli bir
chavandoz bo‘lsa, amaldorlar va qonunlar yugan va jilov, fuqarolar esa otdir. Otni yengil boshqarmoq
uchun uni puxta yuganlamoq va jilovni to‘g‘ri boshqarmoq lozimdir.
Shuning bilan birga otlarning kuchini bir-biriga muvofiqlashtirib, ortda qolganlarini nazorat qilmoq
joizdir. Ana shu shartlarga amal qilgan chavandoz ovoz chiqarmasa, niqtalamasa ham otlar o‘z-
o‘zidan chopib ketaveradi.
* * *
Insonni sevish suv va olovdan ham muhimroqdir, — deydi Konfutsiy. — Chunki men suv va olov
odamlarni halok etganiga ko‘p guvoh bo‘lganman. Biroq insonni ardoqlaganlarning halokatga
uchraganini sira ko‘rmaganman.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |