www.ziyouz.com
кутубхонаси
15
— Sen esa qiz qiyofasidagi kaltakesakni ko‘rding, — dedi ikkinchi talabaga. — Va to‘lqinlarni
baliqchilarning qirg‘oqdagi qayiqlarini yuvib ketishga majbur qilding. Sen ham yordamga shoshil!
Uchinchi shogirdiga yuzlandi:
— Sen parvoz etayotgan lochinni ko‘rding va kuchli dovul dehqonlarning hosilini uchirib ketdi. Endi
sen borib, ularga tovon to‘lamog‘ing lozim!
Shogirdlarim! Ayting-chi, siz atrofdagilarga qanday naf keltirdingiz. Zero, kavakdagi boyqush ham
vaqtini sizdan ko‘ra foydaliroq narsalarga sarflaydi! Siz yo ter to‘kib, yerda mehnat qilmog‘ingiz yoxud
yolg‘izlikda yerdan yuksaklikka ko‘tarilishga o‘zingizda ruhiy quvvat topmog‘ingiz darkor. Donishmand
odam bema’ni fikr to‘lqinini qo‘zg‘atishdan doimo saqlanmog‘i zarur.
Shu narsa haqiqatki, mittigina qushning qanotidan tushgan patning zarbidan uzoqlarda
momaqaldiroq hosil bo‘ladi. Inson nafas olganda butun olam bilan qorishib ketadi.
Donishmand doimo yuksaklik sari intiladi. Zero, odamlar doimo bir-biriga donolik sifatlarini
ochgusidir.
* * *
Budda Qonun g‘ildiragi haqida shunday rivoyat qiladi:
Bir mohir xattot huzuriga muhtaram zot kelib, Tan-griga murojaatnoma yozib berishni so‘raydi. Va
shunga loyiq teri (qadim zamonda qog‘oz o‘rnida ishlatilgan) tashlab ketadi. U ketgach, yana bir
odam kelib, tahdid va g‘azabga to‘la maktubini zudlik bilan ko‘chirib berishni buyuradi. Xattot uning
hojatini chiqarish maqsadida maktubni ko‘chirishga kirishadi va shoshilinchda adashib, birinchi kishi
keltirgan terini ishlatib yuboradi. Janjalkash odam quvonib, maktubni olib ketadi. So‘ngra birinchi
buyurtmachi keladi-da, terini ko‘rib:
— Men tashlab ketgan teri qani? — deb so‘raydi. Xattotdan yuz bergan anglashilmovchilikni
eshitib, shunday dedi:
— Ezgu tilaklar bitish uchun senga keltirilgan teriga oq fotiha berilgandi. Tahdid va ig‘vo bitilishi
lozim bo‘lgan teri esa o‘z ta’sir kuchidan mahrum etilgandi.
Sen muddatlar qonunini insofsizlarcha buzib, bir bemorga yordam beruvchi duoning kuchini
yo‘qotding. Buning ustiga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
yovuzlikni, zug‘umni harakatga keltirding. Men keltirgan teriga oq fotiha bergan avliyoning mehnati
bir pul bo‘ldi. Yovuzlikning kuchini kesgan avliyoning mehnati zoe ketdi. Sen olamga yovuz duoibadni
«chiqarib» yubording va u bir kun albatta o‘zingga qaytib kelajak. Sen Qonun g‘ildiragini izdan
chiqarding. Endi sen unga chiqa olmaysan, u yo‘lingni kesib o‘tadi.
Bu voqeadan xulosa shuki, qonunlarni birinchi duch kelgan o‘g‘ri olib ketadigan o‘lik teriga
yozmang. Qonunlarni qalbingizda saqlang. Ana shunda baxt-saodat sizga yo‘lingizni
yengillashtirguvchi Qonun g‘ildiragini hadya etadi.
* * *
Bir sofdil odam Buddani ko‘rmoqlik niyatida atrofdagi turfa buyumlarga bir-bir nazar soldi. Biroq
uning qo‘llari dono timsollarni tuta olmadi, ko‘zlari esa mo‘‘tabar buyumlarni teshib o‘tishga ojizlik
qildi — u Buddani ko‘rolmadi.
Nihoyat, ibodat qilayotgan chog‘ida peshonasiga o‘rgimchak ini tegayotganini sezib, uni qo‘li bilan
sidirib tashladi. Shunda g‘oyibdan dona-dona ovoz keldi:
— Nega mening qo‘limni itarayapsan? Mening nurim seni quchishiga ijozat ber.
So‘ng atrof birdan yorishib ketdi. Haligi odam o‘zi sidirib tashlagan o‘rgimchak ipini qo‘liga oldi. Ip
har birida Budda siymosi aks etgan qirqta marvarid dona-siga aylandi. Marvarid donalarining o‘rtasida
bir tosh bo‘lib, unga: «Jasorat, umidsizlik, shodlik», degan so‘zlar bitilgandi. Budda muhibi shodlikni
tanladi. Negaki, u shodlikka olib boruvchi yo‘lni topgandi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |