16
Buddaning huzuriga bir talaba kelib:
— Mo‘‘jiza ko‘rsatganingizdan keyingina sizga ishonishim mumkin, — dedi.
Budda g‘amgin jilmaydi-da, unga g‘aroyib mo‘‘jiza ko‘rsatdi. Talaba o‘zini tutolmay hayqirib
yubordi:
— O, Budda! Endi men sening rahnamoligingda ilm olishga roziman.
Biroq Budda unga eshikni ko‘rsatib, dedi:
— Endi menga sening keraging yo‘q!
* * *
Budda shunday degandi: kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning
etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam
bo‘lmaysan.