Mavzu : Pedagogik odob. Pedagogikaning muomala odobi.
1. Pedagogik odob haqida tushincha.
2. Pedagogik odobning tarbiyashi va tarbiyalanivchi munosobatidagi o'rni.
3. O'qituvchining odobi va uning mohiyati.
1.Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi.
Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir.
2.Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisi–jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi–o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchitarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
3.O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi. Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi,adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak. Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun bo‘lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o‘zlashtiri6 olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahlokiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga aylanadi.
Haqiqatdan, o‘qituvchi yoshlarga ta’lim - tarbiya beruvchi kishi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday yozilgan: "Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega". CHunki HO‘qumat xalk ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yilayottan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq.
Har qanday mutaxassis odob-ahloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekinpedagogik odoblilik mutlaqo o‘zgacha holdir. CHunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o‘z-o‘ziga munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo‘lishlik aynan o‘qituvchi shaxsida mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi: emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish; xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash;bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish;
nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik; o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo. O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuksaklikka ega inson. Uning budarajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |