8
150
nishabligi, ularning kengligi, chordoqlarning balandligi va ularga chiqish yo’llari
ifodalanadi.
Kasalxonalarnng qurilishi va ularni
tashkil
qilishda
davolovchi-
himoyalovchi tartib uchun eng muvofiq sharoitlarni yaratishni ta’minlash kerak
bo’ladi.
Kasalxonalarni joylashtirish uchun eng yaxshi sharoit aholi yashash
joylarining chetrog’idan tanlanganda yaratiladi. Ammo, shahar ichidagi kvartal
ya’ni iloji boricha bir kvartalnnig o’zi shifoxona uchun ajratilgan bo’lsa va bu joy
yashil o’simliklarga boy bo’lsa maqsadga juda muvofiq tushgan bo’ladi. Har
qanday holda ham kasalxona uchun keladigan yo’llar iloji boricha qulay, keng
bo’lmog’i lozim.
Ixtisoslashtirilgan 1000 ta o’ringa mo’ljallangan bemor uzoq muddat
davomida davolanadigan kasalxonalar, maxsus tartibga ega bo’lgan (ruhiy,
yuqumli, sil, onkologik, teri-tanosil kasalliklar kasalxonalari shahar cherlarida yoki
yashil zonada aholi yashash joylaridan 500m uzoqlikda qurish maqsadga
muovfiqdir.
Kasalxona uchastkasi shovqin tarqatuvchi, atrof muhitni ifloslovchi
manbalardan uzoqroqda bo’lishi, sanoat korxonalari, transport qatnovi jadal
bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir
ishlab chiqarish zonalaridan uzoqda ya’ni sanitar-himoya zonasi talablariga rioya
qilgan holda qurish talab etiladi. Qurilish uchastkasini tanlashda shu joyning
shamollar guliga rioya qilishini lozim.
Korxonalarning sanitar tasnifi va sanitar-himoya zonalarining razmeri SN-
245-71 da batafsil bayon qilingan.
Murakkab efirlar, su’niy teri, rangli metallar bilan ishlanadigan korxonalar
uchun sanitar-himoya zonasi 500m atrofida tashkil etiladi. 300m. atrofida tashkil
etiladigan sanitar-himoya zonalari – cho’yan eritish, yog’och mahsulotlari, jun
151
mahsulotlarini, yog’ochdan olinadigan mahsulotlarni jipslashtirish uchun sintetik
smolalardan foydalanadigan korxonalar uchun ajratiladi.
100m sanitar-himoya zonalari metallarga ishlov berish sanoati, issiq sexlarga ega
bo’lgan korxonalar bo’yash va oqlash sexlariga ega bo’lgan to’qimachilik
korxonalari uchun ajratiladi.
50m li sanitar-himoya zonasi eritish sexlari bo’lmagan metallga ishlov berish
korxonalariga xosdir.
Qishloq xo’jaligiga doir korxonalar uchun:
1000m li zona parrandachilik fabrikalari,
500m li zona cho’chqachilik fermalari,
300m li zona qora mollar uchun fermalar,
100m li zona otxonalar, garajlar va texnik xizmat bo’yicha parklar,
50m li zona qishloq xo`jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar uchundir.
Kanalizatsiyaga doir chiqindi suvlarini tozalash korxonalarining quvvati 0,2
ming m
3
dan 50-500000 m
3
gacha suvni kun davomida tozalash quvvatiga ega
bo’lsin. Himoya-zonasi 150-400m atrofida va chiqindi suvlarini mexanik tozalash
inshootlari bo’lgan korxonalar uchun 200-1000m gacha qilib beriladi.
Kasalxona qurilish uchta asosiy turda quriladi:
1.Markazlashmagan (pavilon) turidagi qurilishda kasalxona tarkibiga kiruvchi
barcha bo’limlar alohida binolarda joylashtiriladi.
2.Markazlashgan turdagi kasalxonaning barcha bo’limlar (patologik va anotomik
va xo’jalik bo’limidan tashqari) bitta ko’p qavatli binoda joylashadi.
3.Aralash turdagi qurilishda kasalxonaning barcha asosiy somatik bo’limlari bosh
binoda, yuqumli kasalliklar, bolalar, tug’ruqxona va poliklinikaga doir bo’limlar
alohida binolarda joylashtiriladi.
Qanday turdagi kasalxona qurilish bo’lishidan qat’iy nazar yer
uchastkasining maydoni yetarli va normativlarga muvofiq ajratilishi kerak (3.2.2-
jadval).
152
3.2.2-jadval
Kasalxona uchastkasining yer maydoni tanlash (QMQ-K-2-62).
Kasalxonadagi
koykalar soni
1 koyka uchun yer maydoni m
2
da
Markazlashgan
Markazlashmagan
50
300
400
75-100
200
300
150-200
150
200
300-400
125
150
500-600
100
125
800-1000
80
110
Kasalxona uchastkasidagi qurilishlarning zichligi 15% dan oshmasligi kerak.
60% dan kam bo’lmagan maydon ko’kalamzorlashtirilgan zona bo’lishi kerak.
Kasalxona ichidagi bog’-park zonasi bir koyka uchun 25m
2
. Kasalxona
uchastkasini zonalarga bo’lishda shamollar guliga e’tibor qaratilishi lozim.
Kasalxona territoriyasida yuqumsiz davolash, yuqumli davolash, poliklinika,
bog’-park va h.k. tashkil etilishi kerak. Kasalxonaga kirish yo’llari davolash
korpuslariga alohida, patologik anatomiya korpuslariga alohida bo’lishi kerak.
Bino va xo’jalik bo’limiga bitta bo’lishi ruxsat etiladi. Kasalxona uchastkasiga
kirish oldida avtomashinalar turishi uchun maydoncha tashkil etiladi.
Binolar orasidagi masofa 25-30 m dan kam bo’lmasligi kerak, amma binolar
ko’p qavatli bo’lsa, yonma-yon joylashgan binoning eng balandini 2,5-3 martalik
balandiligidan kam bo’lmasligi talab etiladi. Kasalxona uchun ajratilgan yer
uchastkasida binolarning o’zaro joylashishi shunday bo’lishi kerak-ki, yuqumli
kasalliklar bo’limlari yuqumsiz kasalliklar bo’limlaridan qat’iyan ajratilishi lozim.
Kasalxona tarkibidagi hamma binolarni qurish uchun ajratiladigan yer maydoni
umumiy maydonning 12-15% dan oshmasligi kerak. Binolarning orientatsiyasiga
katta e’tibor qaratish lozim, ayniqsa kasalxona tarkibiga kiruvchi ayrim xonalar
uchun, chunonchi intensiv terapiya palatalari uchun g’arbiy orientatsiyaga umuman
yo’l qo’yilmasligi kerak, xuddi shunday talab 3 yoshgacha bo’lgan bolalar
palatalari bo’limi, bolalarning o’ynash xonalari va h.k. Bizning respublikamizda
jarrohlik, jonlantirish zallari, sektsion xonalar uchun shimoliy, shimoli-sharqiy,
153
shimoli-g’arbiy orientalarning bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Qolgan barcha
xonalarning derazalari dunyoning hamma tomonlariga qarab qurilishi mumkin,
ammo IV iqlim kengligi sharoitida xonalardagi mikroiqlimni yaxshilash uchun
yozgi binolar, terassa, ayvonlar, lodjiyalarni qurish va jihozlashni nazarda tutish
kerak. Ruhiy kasalliklar va onkologik bemorlarni davolash bo’limlari yoki
shifoxonalari bundan mustasno.
Kasalxona uchastkasining tevarak atrofi yoki perimetri bo’ylab yashil
o’simliklar tasmasini (zonasini) tashkil etish lozim, buning uchun yashil
o’simliklar ekilgan tasma maydonining kengligi 10-15 m ni tashkil etmog’i kerak,
kasalxona uchastkasining o’zida esa yashil o’simliklarning zonasi uchun kam
deganda 60% yer maydoni ajratilishi kerak.
Patologo-anatomik
korpus yoki o’likxona davolash korpuslaridan
alohidalanishi kerak, oshxona va davolash korpuslaridan 30m uzoqlikda
joylashtirilishi kerak.
Kasalxonaning asosiy qismi bo’lib palatalar sektsiyasi hisoblanadi. Sektsiya
bir xildagi kasallikni davolash uchun ajratilgan kompleks bo’lib, palatali, koridor
va xo’jalik xonalari hamda hojatxonadan tashkil topgan. Koykalar sonini undan
oshirish davolash-yordamchi xonalarga yuklamani juda oshirib yuboradi. Hozirgi
kunda palatalar sektsiyasidagi koykalar ikki martaga qisqartirish amalga
oshirilmoqda. Palatalarga to’rttadan ortiq bemorni joylashtirish maqsadga muvofiq
emas, lekin sektsiya tarkibida 2-1 koykali palata, 1-2 koykaga mo’ljallangan
bo’lishi kerak.
Yuqumsiz kasalliklar davolanadigan palatalar uchun sanitar me’yorlari
quyidagicha bo’lishini nazarda tutadi:
1 koykali palataning maydoni 9m
2
2 o’rinli palatada 1 koyka uchun ajratiladigan
maydon 7m
2
dan ortiq, palataning balandligi 3m, 1 koyka uchun 20 m
3
(3.1.2-
jadval).
154
Palatalarda koykalar deraza oynalari bilan devorga parallel holda
joylashtiriladi, krovat bilan tashqi devor o’rtasidagi masofa 0,9m, krovatlar
oralig’idagi masofa esa 0,8-1m ni tashkil etadi.
Har bir palataga issiq va sovuq suv beradigan qo’l yuvish chig’anoqlari
o’rnatilishi lozim. Devorlarning pardozi va pol yuzalari ularning tozaligini saqlash
uchun ishlov berishga qulay qilib jihozlanadi. Devorlarning bo’yog’i silliq,
yaltiramaydigan, yorug’ ranglarda bo’lishi talab etiladi (janubiy rumblarga qarab
qurilgan palata devorlarining bo’yoq ranglari sovuq tonlarda ya’ni ko’k-yashil,
shimoliy orientatsiyadagi palatalar uchun esa sariq ranglar).
Palatalarning devorlari 0,8m balandlikda moyli bo’yoq bilan bo’yalashi
kerak.
Bemorlarni sifatli davolashdagi muhim sharoitlardan biri palatalarga toza
havoning kirib turishi va oqilona yaratilgan mikroiqlim sharoitlari hisoblanadi.
Bir bemor uchun havoni shamollatish hajmi soatiga 40-50 m
3
dan kam
bo’lmasligi, havo almashtirish karraligi esa soatiga 2 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Bir soat davomida xona havosini ikki martalik almashtirish tashkil etilganda
palatadagi havoning hajmi 1 ta bemor uchun 250-300 m
3
atrofida bo’ladi.
Shifoxonalardagi palatalarga markazlashgan holda tozalangan havoni uzatish
va xonadagi ifloslangan havoni so’rib chiqarish shamollatish moslamalari orqali
amalga oshiriladi. Bunda qish kunlari beriladigan havo isitiladi, yoz kunlarida esa
salqinlashtiriladi. Shamollatish qanday moslamaga ega bo’lmasin, deraza
oynalarining hammasi framuga yoki deraza darchaisga ega bo’lishi lozim.
Havoning harorati, uni almashtirish karraligi bir soat davomida shu
xonalarning qanday maqsadlarda foydalanilishiga bog’liq bo’ladi va bu me’yorlar
SanQ va M-0292-11da o’z ifodasini topgandir (3.2.4-jadval).
3.2.4-jadval
Ayrim shifoxonalardagi palatalarga bo’lgan gigiyenik talablar
Xonalar
Havo
harorati
Havo almashinish karraligi
Havo berish Havo so’rish
Kattalar palatasi
20-22
0
C 1 koykaga 80m
3
Ikki karralik
155
Tireotoksikozli bemorlar
uchun palata
20-21
0
C
1 koykaga 80m
3
Ikki karralik
Jarrohlik, jarrohlikdan
keyingi, tug’ish zallari,
kuyganlar palatasi,
jonlantirish palatasi
22-23
0
C
Soatiga 10 karradan kam bo’lmaslik
Yangi tug’ilgan, chala
tug’ilgan, ko’krak
yoshidagi bolalar
palatalari
25-27
0
C
1 ta koyka uchun 80m
3
Yuqumli kasalliklar
bo’limi palatalari
22-24
0
C
2,5 2,5
Xodimlarning xonasi
23-24
0
C
1 1
Diagnostik laboratoriyalar 22-23
0
C
1 3
Sanitar ishlov berish
24-25
0
C
3 5
Murda saqlash xonasi
2
0
C
- 3
Hojatxona
18-20
0
C
Palatalardagi tabiiy havo almashinish palatani sektsiyasini joylashishiga
bog’liq bo’ladi. Ular havo almashinish sharoitini yaxshilaydi va bemorlarni kunduz
kunlari bo’ladigan joylari sifatida xizmat kiladi.
Xonalar orientatsiya juda katta ahamiyatga ega bo’lib, xonalarning yoritilishi
va insolyatsion tartibini ta’minlaydi va eng muvofiq mikroiqlim sharoitlarini
yaratishga imkon beradi. Xona va binolarning orientatsiyasi geografik kengliklarga
muvofiq tavsiya etiladi. Palatalar bemorlarning kunduzgi bo’ladigan xonalari
janub, janubiy-sharq, sharq, tarafga qarashi lozim. Jarrohlik, reanimatsiya xonalari
shimolga YoKq1:4, shimol-sharqqa, sektsion laboratoriya va qo’shimcha
xonalardagi YoKq1:7, 1:6 bo’lishi kerak.
- Maksimal insolyatsion tartib, orientatsiyasi janubiy sharq (g’arb), quyosh tushish
maydoni 80%. Bunday orientatsiya bolalar bo’limi, sil kasalligi, reabilitatsiya,
revmatologiya bo’limlaridagi palatalarga tavsiya etiladi.
- O’rtacha insolyatsion tartib – janubiy-sharq, quyoshning xona sathiga tushish
vaqti 3-5 soat, maydoni 40-50 %. Bunday insolyatsion tartib o’tkir jarrohlik
kasalligiga uchragan va boshqa o’tkir turdagi kasalliklarga tavsiya etiladi.
156
- Minimal insolyatsion tartibda shimoliy-g’arb (sharq) holatlarida bo’lib quyosh
nurining tushish vaqti 3-soatdan kam. Bu og’ir bemorlar palatasi, onkologik
bemorlar uchun jihozlangan palatalar, reanimatsiya bo’limlar uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |