Davolovchi-himoyalovchi tartib
- bu bemorlarni sifatli davolash uchun eng
maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash va ularni tashqi omillarning nomuvofiq
ta’siridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Kasalxona yoki har qanday davolash-profilaktika muassasalaridagi
davolovchi-himoyalovchi tartib faqatgina bemorlarga sifatli tashhis va davolash
uchungina qaratilgan bo’lmay, balki ularni atrof-muhitning nomuvofiq ta’sirlaridan
himoya qilishga ham qaratilgandir.
Shu munosabat bilan davolovchi-himoyalovchi tartibning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Organizmning himoya va kompensator xususiyatlarini safarbar qilishga
qaratilgan eng muvofiq shart-sharoitlarni yaratish va tashqi muhitning nomuvofiq
omillarni bartaraf qilish.
2. Har bir bemor uchun alohida davolash va tartibni belgilash va uning bajarilishini
nazorat qilish.
3. Psixoprofilaktik va psixoterapevtik ishlar olib borish
Do'stlaringiz bilan baham: |