F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.9. Tug’ruqxona bo’limi. 

Tug’ruqxona bo’limini rejalashtirishda birinchi navbatda sog’lom tug’uvchi 

ayollarni patologiyasi bor yoki bemor tug’uvchi ayollardan ajratish (izolyatsiya)ni 

ko’zda  tutish  kerak.  Buni  nazarda  tutib  tug’ruqxona  va  akusherlik  bo’limlari 

tarkibida bo’ladigan maxsus xonalarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir: 



 

140 


 

1.  Patologik  homiladorlik  bo’limi  -  bu  bo’limga  homiladorlik  vaqtida  patologik 

holatlar  qayd  qilinishi  va  homiladorlik  asoratlari  aniqlangan  ayollarni  qabul 

qilinadi,  lekin  bunday  bemorlar  boshqa  sog’lom  homilador  ayollar  uchun  hech 

qanday xavf-xatar tug’dirmaydilar. 

2. Fiziologik tug’ish bo’limi - bu bo’limga homiladorligi normal o’tayotgan ayollar 

qabul qilinadi va bu ayollarda hech qanday kasallik bo’lmasligi kerak. 

3. Tug’ishdan keyingi fiziologik bo’lim - bu bo’limda homiladorligi normal o’tgan 

va tug’ish jarayoni ham hech qanday asoratsiz o’tgan ayollar uchun mo’ljallanadi. 

Bu  bo’lim  tarkibida  yangi  tug’ilgan  chaqaloqlar  uchun  palatalar  tashkil  etilgan 

bo’ladi. 

4.  Observatsion  bo’lim  -  bu  bo’limga  harorati  yuqori  bo’lgan  homilador  ayollar, 

yiringli  yaralari  bor  yoki  boshqa  turdagi  yuqumli  kasalliklari  bor  bo’lgan  ayollar 

joylashtiriladi;  zamonaviy  ko’p  qavatli  tug’ruqxonalarda  bunday  bo’limlar 

binoning  yuqori  qavatida  joylashgan  bo’lishi  kerak.  Har  bitta  tug’ish  bo’limi  o’z 

tarkibiga  tug’ish  zali  yoki  sektsiyasini  olishi  lozim,  bundan  tashqari  operatsiya 

bloki  va  umumiy  xonalardan  tashkil  topgan  bo’ladi.  Har  bir  bo’lim  sektsiyalarga 

bo’lingan bo’lib, bu bo’limga kirishdan oldin shlyuz tashkil etiladi. 

Tug’ruqxona  bo’limining  tug’ishdan  keyingi  palatalari  2-4  koykaga 

mo’ljallab  loyihalashtiriladi  va  jihozlanadi,  onalar  va  bolalar  birga  yotadigan 

palatalar esa 1 yoki 2 ta ona-bolaga mo’ljallangan bo’ladi. Har bir palata tarkibida 

ham shlyuz, xojatxona va egiluvchan dush rajoklari bo’lishi kerak. 

      Onalar  va  bolalarni  alohida  yotqizish  lozim  bo’lganda,  chaqaloqlar  uchun  10 

krovatchaga  mo’ljallangan  bo’lim  tashkil  etilib,  u  yerda  hamshira  uchun  post 

tashkil  etiladi.  Har  bir  bo’linma  bir-biri  bilan  oynavand  devor  bilan  ajratilgan 

bo’lib, 5 ta palatadan tashkil topadi. Chaqaloqlar palatasining har birida qo’l yuvish 

chig’anog’i  bo’lib,  suv  qo’yiladigan  jo’mrak  yuqori  qilib  o’rnatilgan

  bo’ladi,

 

chunki chaqaloqlarning tualeti uchun bu zaruriy hisoblanadi. 



Tug’ruqxonada  sanitar  tartibga  rioya  qilish  katta  ahamiyatga  egadir,  va  bu 

tartib homiladorlarni qabul qilishdan boshlanadi. 




 

141 


 

       Tug’ruqxona  bo’limidagi  qabul  qilish-ko’rish  xonasida  barcha  homilador 

ayollar ko’rikdan o’tkaziladi. Tug’ruqxonada kam deganda ikkita ko’rish-kuzatish 

xonasi  tashkil  etilgan  bo’lib,  ularning  biri  homiladorligi  normal  o’tgan  va 

fiziologik  tug’ish  bo’limiga  tushuvchilar  uchun  bo’lsa,  ikkinchisi  observatsion 

bo’limga qabul qilinuvchilar uchun tashkil etiladi. Birlamchi ko’rikdan o’tkazilgan 

ayollar  "filtr"  xonaga  o’tkaziladi  va  u  yerda  termometriya,  qisqa  tahlillar, 

epidemiologik  ma’lumotlarni  aniqlash,  badan  terisidagi  yiringli  yaralarning  bor-

yo’g’ligini tekshirish, gripp, murtaqlarning yallig’lanishi va b. kasalliklarning bor-

yo’g’ligi  aniqlanadi.  So’ngra  homilador  ayol  yuqorida  ko’rsatilgan  bo’limlardan 

biriga joylashtiriladi. Tuqqan ayollarni tug’ruqxonadan chiqarish ham fiziologik va 

observatsion bo’limlar uchun alohida-alohida amalga oshiriladi. 

Tug’ruqxonada sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun tug’ishdan 

keyingi palatalarni siklik tarzda to’ldirish  prinsipiga amal qilish katta ahamiyatga 

egadir.  Bu  prinsipning  mohiyati  shundan  iborat-ki,  har  bir  palataga  bir  vaqtda 

tushgan  ayollar  joylashtiriladi.  Bunday  qilingan  taqdirda  ularni  tug’ruqxonadan 

chiqarilishi  ham  bir  vaqtda  amalga  oshiriladi  va  palatalarni  puxta  sanitariya 

ishlovidan o’tkazishga imkon yaratiladi va keyingi qabulga tayyorlab qo’yiladi. 

Xonalarning oqilona shamollatilishi ham muhim ahamiyatga  egadir, bundan 

tashqari  xonalar  kuniga  kam  deganda  3  marta  ho’llangan  latta  bilan  artilib 

tozalanishi,  tuqqan  ayollar  tug’ruqxonadan  chiqarilganidan  so’ng  yumshoq  va 

qattiq  inventarlarni  sanitariya  ishlovidan  o’tkazish,  toza  choyshablardan 

foydalanish, xodimlar va tug’uvchi ayollar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga 

puxta rioya qilinishi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga yuqumli kasalliklar 

aniqlangan  taqdirda  karantinga  doir  tadbirlarni  amalga  oshirishning  mohiyati 

kattadir.  Tug’ruqxona  ma’muriyati  "sanitariya-epidemiologik  holatni  kuzatish 

karta"sini  tutishi  maqsadga  muvofiq  bo’lib,  bunda  shu  davolash  muassasasidagi 

yiringli-yallig’lanish  kasallanish  darajasi  va  ularni  oldini  olish  tadbirlari,  shu 

jumladan  stafilokkoklarni  tashuvchilarni  aniqlash  uchun  tibbiy  xodimlarni 

muntazam  tekshirib  turish,  hamda  havo  muhitining  bakteriologik  tekshirishlardan 




 

142 


 

o’tkazish natijalari, jihozlar, yumshoq inventarlar, ona sutining bakterial tarkibini 

tekshirish natijalariga doir tadbirlar va amalga oshirilgan tadbirlar yozib boriladi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish