10.5.Dala sharoitida harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini ekspertiza
qilish
.
O’zR MV ning 1994-yildagi №85 -buyrug’iga muvofiq, harbiy qism tarkibidagi
askarlarning ovqatlanishini tashkil qilishda tibbiy xizmat xodimlari quyidagilarni
bajarishlari shart deb aytilgan:
1. zaxiradagi ovqat mahsulotlarining sifatini;
2. idishlarning sanitar holatini;
3. mahsulotlarga termik ishlov berilishini;
4. tayyorlangan issiq ovqatlarning o’z vaqtida tarqatilishini nazorat qilish. Shuning
uchun vrach shunday nazoratni laboratoriyaga doir, organoleptik va vizual
tekshirish usullaridan foydalanib o’tkaza olishi shart.
Ovqat mahsulotlarining sifati sifatsiz ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali
kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish maqsadida doimiy tarzda nazorat qilib
turiladi. Agar ovqat mahsulotlarining sifatiga shubha tug’ilgan tarzda bu
mahsulotlarning tarqatilishini to’xtatish kerak va bu haqida qism komandiriga
xabar berilishi, hamda mahsulotlarning to’la sifatliligini quyidagi tartibda
ekspertizadan o’tkazish kerak:
-mahsulotga berilgan hujjatlar bilan tanishish;
-saqlanish sharoitini ko’zdan kechirish va joyning o’zida organoleptik
tekshrishlarni o’tkazib, bayonnoma to’ldirish;
-sifatliligiga shubha tug’ilsa, laboratoriya tekshirishlari uchun namunalar olib, bu
haqida bayonnoma tuzish;
-olingan namunani laboratoriyaga jo’natish.
625
Ovqat mahsulotlarini ekspertizadan o’tkazishni veterenariya xizmati bajarishi,
vrach esa komissiya a’zosi sifatida ishtirok etadi yoki tekshirish maxsus
laboratoriyalarda
tekshirishdan
o’tkaziladi,
laboratoriya
tekshirishlari
yakunlangandan
so’ng
mahsulotning
organoleptik
va
fizik-kimyoviy
ko’rsatkichlari bo’yicha olingan natijalar bayonnoma sifatida rasmiylashtiriladi,
mahsulotning yakuniy sifati haqida xulosa chiqariladi va bu haqida qism
komandiriga doklad qilinadi.
Namuna olish qoidalari. Namunalar quyidagi tarkibdagi komissiya a`zolari
tomonidan olinadi: oziq-ovqat xizmati boshlig’i, vrach, oziq-ovqat omborxonasi
boshlig’i.
Agar mahsulot partiyasi katta bo’lmasa, hamma idishlardagi mahsulotlar
ko’rikdan o’tkaziladi, katta miqdorlarda partiyalarning 10-15% dagi idishlari ochib
ko’riladi. To’kiluvchi-sochiluvchi mahsulotlardan og’irligi 600-1000 g miqdorida
o’rtacha namuna tayyorlanadi va u laboratoriyaga jo’natiladi.
Suyuq ovqat mahsulotlari namuna olishdan oldin aralashtiriladi va 4-500 gamm
miqdorida namuna olinadi, qattiq yog’larning turli joylaridan o’rtacha qilib 200 g
namuna olinadi. Go’sht va baliqlardan ham turli joylaridan kesma namunalar 250-
300 g miqdorida olinadi. Non va original o’ramlarda bo’ladigan mahsulotlar (choy,
kofe, konservalar, quruq payoklar) 2 donadan kam bo’lmagan miqdorda
buzilmagan holda olinadi. Olingan namunalar o’raladi, muhrlanadi va
laboratoriyaga kuzatuv xati bilan jo’natiladi: namuna olingan joyi va vaqti,
mahsulotning nomi, tekshirish maqsadi, oluvchining imzosi kuzatuv xatida
ko’rsatiladi. Namunani iloji boricha tezlikda laboratoriyaga yetkazish zarur.
Dala gigiyenik laboratoriyalari.
LG-1 (harbiy gigiyenik laboratioriya) va LG-2 (asosiy gigiyenik laboratoriya)
komplektlari dala sharoitida tashqi muhit obyektlari (ovqat mahsulotlari, suv, havo)
ni sanitar-gigiyenik tekshirishdan o’tkazish uchun mo’ljallangan.
LG-1 komplekti yordamida ovqat mahsulotlarini quyidagi tekshirishlarini
o’tkazish mumkin:
626
Non, qotgan non (suhari), galet, un, yormalar, makaron mahsulotlari va ovqat
konsentratlarini tekshirish (organoleptik ko’rsatkichlari; qotgan nonning
ho’llanishi, makaron mahsulotlari va ovqat konsentratlarini pishirib ko’rish; magnit
tortiluvchi metalli aralashmalarni aniqlash, nonlardagi omborxona zararkunandalari
va undagi sporalarni aniqlash; nonning g’ovakliligi, kislotaliligi; un va ovqat
konsentratlarining kislotaliligi);
-sovigan, sovitilgan va muzlatilgan go’shtlarni tekshirish; sovitilgan, muzlatilgan
va tuzlangan baliqlarni tekshirish (organoleptik ko’rsatkichlari; pishirib ko’rish.
Andriyevskiy namunasi; qaynatmadagi mis sulfat namunasi; ozod holdagi ammiak
va vodorod sulfidga namuna);
-konservalarni tekshirish;
-sut va sut mahsulotlarini tekshirish (organoleptik ko’rsatkichlar, kislotaliligi, soda
aralashmasi, pasterizatsiyaning samaradorligini baholash);
-kolbasa mahsulotlarining organoleptik ko’rsatkichlarini aniqlash;
-quritilgan sabzovot va mevalarni qisqa tekshirishlardan o’tkazish (organoleptik
ko’rsatkichlari, zaxiradagi mahsulotlarning zararkunandalar bilan zararlanganligi);
-tuzlangan va oshirilgan sabzovotlarning organoleptik ko’rsatkichlarini aniqlash;
-sabzovotlarda, sabzovotli ovqatlarda va damlamalardagi "C" vitaminining
miqdorini aniqlash;
-aroqlarning kuchini, metil spirtiga namuna, etilenglikol namunasini aniqlash;
LG-2 komplekti yordamida LG-1 komplektida ko’zda tutilgan tekshirishlardan
tashqari quyidagilar aniqlanishi mumkin:
-siydik bilan askorbin kislotasining mg/soatlik ekskretsiyasini aniqlash;
-tuxum va tuxum kukunini (tashqi ko’rinishi, ovoskopiya, tuxum kukunining
kislotaliligini) tekshirish;
-sublimatsiyalanib quritilgan go’shtni tekshirish va sovigan, sovitilgan, muzlatilgan
go’shtdagi amin-ammiakli azotni aniqlash;
-non zaxiralarini omborxona zararkunandalari bilan zararlanganligini aniqlash;
nonning namligini aniqlash;
627
-quritilgan baliq va sovuqda dudlangan baliqlarni tekshirish;
-sutli konsentratlarni tekshirish.
LG-1 komplekti bitta gigiyenist laboratntning bir oyga ish bilan ta’minlashga
mo’ljallangan, LG-2 komplekti esa bitta vrach-gigiyenist va bir-ikkita laborantni 1
oy davomida ish bilan ta’minlashga mo’ljallangan. LG-1 komlekti ikkita yashikka
joylashib, og’irligi 100 kg, LG-2 komlekti esa 6 idishga joylashtirilib og’irligi 310
kg ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |