F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Harbiy xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sanitar nazorati



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Harbiy xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sanitar nazorati 

      Ichki  xizmat  Nizomi,  O’zR  MV-ning  №  54-sonli  va  №63-sonli  buyruqlariga 

muvofiq  tibbiy  xizmat  harbiy  qismdagi  xizmatchilarning  o’quv-jangovor 

faoliyatlarini  o’rganishi  shart  va  ularning  xavfsiz  bo’lishini  nazorat  qilib  turishi 

kerak.  Shuni  inobatga  olib,  harbiy  qismdagi  vrach harbiy  xizmatchilarning o’quv 

va  jangovor  faoliyatlari  jarayonida  ular  organizmiga  qanday  zararli  omillar  ta’sir 

ko’rsatishi  mumkinligini  bilishi,  xizmatchilar  organizmining  salomatlik  holati 

uchun  bu  omillarning  ahamiyatini  baholay  olishi  kerak.  Shu  bilan  bir  qatorda  bu 

omillarni gigiyenik nuqtai-nazardan baholay olishi va ularning harbiy xizmatchilar 

organizmi  uchun  zararli  ta’sirini  kamaytirish  bo’yicha  zaruriy  tavsiyalarni  bera 

olishi lozim. 

       Qismdagi harbiy xizmatchilar zararli omillar bilan jangovor texnikaga xizmat 

ko’rsatish, o’quv mashqlari vaqtida va jangovor vaziyatlarda aloqada bo’ladi. 

       O’zR  Mudofaa  Vazirligining  nazorat  qiluvchi  muassasalari  harbiy  texnika 

obyektlardagi  zararli  omillarning  ta’sirini  oldini  olish  bo’yicha  tadbirlarning 

bajarilishini  nazorat  qilishi,  xizmat  binolarida  zararli  omillarning  tashilishi, 

saqlanishi  va  radioaktiv  moddalarning,  raketa  yoqilg’isi  komponentlarini,  zaharli 

moddalar  va  pestitsidlarni  ko’milishini  to’g’ri  bajarilishini  nazorat  qilishi  hamda 




 

619 


 

o’ta  yuqori  chastota  beradigan  generatorlar  va  lazer  moslamalarining    ishini 

muntazam kuzatib turadi. 

       Umuman  olganda    harbiy  xizmatchilarning  mehnat  sharoitlarini  joriy 

sanitariya nazorati quyidagi tadbirlardan tashkil topadi: 

harbiy xizmatchilarning mehnat sharoitlari bilan bog’liq holda ularning salomatlik 

holatini har oyda tahlil qiladi

har  oyda  harbiy  xizmatchilarning  mehnat  sharoitlarini  zararli  omillarni  baholash 

bilan  birgalikda  tekshiradi,  ularga  berilayotgan  jismoniy  yuklamalarning 

taqsimlanishini  nazorat  qiladi,  mehnat  va  dam  olish  tartibining  tashkil  etilishi, 

himoyalanish tizimlaridan foydalanilishi va xavfsizlik tadbirlariga rioya qilinishini 

nazorat qiladi; 

harbiy xizmatchilar o’rtasida muntazam sanitar-oqartuv ishlarini olib boradi. 

      Mehnat  sharoitlarining  sanitar  nazoratini  mazmuni  qo’shin  turlariga,  harbiy 

texnika va zararli omillardan foydalanish tabiatiga bog’liqdir. 

      Harbiy  mehnatdagi  zararli  omillar  qatoriga  barcha  turdagi  harbiy  texnikadan 

amalda  foydalanish,  turli  ko’rinishdagi  texnik  suyuqliklardan  foydalanish: 

yoqilg’ilar,  sovutuvchi  va  tormozlovchi  suyuqliklar,  elektrolitlar,  antifrizlar, 

sovutuvchi  agentlar,  raketa  yoqilig’i  komponentlari  kiradi.  Texnik  suyuqliklarni 

saqlash, ularni tashish va qo’llash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya 

qilinmaslik,  shaxsiy  himoya  vositalaridan  to’g’ri  foydalanilmaslik  natijasida 

zaharli  texnik  suyuqliklardan  o’tkir  va  surunkali  zaharlanish  holatlari  kuzatilishi 

mumkin. 

         Zaharli  texnik  suyuqliklardan  foydalaniladigan  obyektlarda  ogohlantiruvchi 

sanitariya nazorati Qurolli Kuchlardagi markaziy muassasalar xodimlari tomonidan 

amalga  oshiradi.  Harbiy  qism  vrachi  joriy  sanitariya  nazoratini  sanitar  tavsifiy 

usuldan foydalanib va zaruriyat tug’ilganda havo muhiti tarkibidagi zaharli texnik 

suyuqliklarning miqdorini baholash bo’yicha tekshirishlarni  o’tkazishi shart. 

       Zaharli 

texnik 


suyuqliklardan 

foydalanishni 

sanitariya 

nazoratidan 

o’tkazilganda quyidagi savollarga e’tiborni qaratish talab etiladi: 



 

620 


 

zaharli  texnik  suyuqliklarni  saqlash,  tashish  va  bir  idishdan  ikkinchi  idishga 

o’tkazishda  ishlab  chiqarish  jarayonining  germetikligini  saqlash  bo’yicha 

tadbirlarning bajarilishini, gaz signalizatorlarining bor-yo’qligiga e’tibor qaratish; 

xavfli 

ishlarni 

avtomatlashtirish, 

mexanizatsiyalashtirish, 

masofa 

orqali 


boshqarishni yo’lga qo’yilganligi; 

ishchi zonasi havosini ifloslanishi mumkin bo’lgan joylardagi havoni so’rish orqali 

shamollatish moslamalarining borligi va ularning holatini

suv ta’minoti tizimining borligi va uning texnik holati; 

chiqindilarning  to’planishi,  uzoqlashtirilishi  va  zararsizlantirilish  tizimi  va  uning 

atrof-muhitni ifloslamasligi bo’yicha ishonchli holatda ekanligini;  

xizmatchilarning kundalik bo’ladigan xonalarining borligi va uning sanitar-texnik 

holati  (dushxonalar,  kiyimlar  uchun  shkaflar,  kiyimlarni  degazatsiya  qilganda 

quritish xonalarining borligi, xonalarning shamollatilish holati); 

shaxsiy  qismdagi  xizmatchilarni  shaxsiy  himoya  vositalari  bilan  ta’minlanganligi 

va ularning holati; 

harbiy  xizmatchilarni  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  o’qitilishi,  shaxsiy  gigiyena 

qoidalariga  o’rgatilishi,  shaxsiy  himoya  vositalaridan  foydalanish  qoidalariga 

o’rgatish (shunga muvofiq hujjatlarning borligi). 

     Bundan  tashqari  vrach  zaharli  texnik  suyuqliklar  bilan  aloqada  bo’ladigan 

harbiy xizmatchilarning salomatlik holatlarini doimiy tibbiy nazoratdan o’tkazishi, 

hammomda cho’miltirish vaqtida ularning badanlarini ko’zdan kechirishi kerak. 

     Harbiy  xizmatchilarning  o’tkir  va  surunkali  zaharlanishi  mumkinligiga  shubha 

tug’ilganda qismdagi harbiy xizmatchilarning hammasi barcha tibbiy mutaxassislar 

tomonidan  chuqurlashtirilgan  tibbiy  ko’rikdan  o’tkazish  talab  etiladi.  Tibbiy 

ko’rikka qismga yangidan qo’shilgan xizmatchilar ham jalb qilinadi. Zaharli texnik 

suyuqliklar  bilan  ishlaydiganlarning  hammasi  mutaxassislar  tomonidan  yiliga  2 

marta  ko’rikdan  o’tkaziladi.  Zaharli  texnik  suyuqliklar  bilan  uzoq  muddat 

davomida  ishlaydigan  mutaxassislar  3  yilda  1  marta  statsionar  sharoitida  klinik 

tekshirishdan o’tkazilishi kerak. 



 

621 


 

     Bronetank va motoo’qchi qo’shinlarining shaxsiy qism xizmatchilari nomuvofiq 

omillar  kompleksi  ta’siriga  uchraydi,  shuning  uchun  ularning  ish  sharoitlarini 

sanitariya  nazoratidan  o’tkazilganda  quyidagi  savollarga  e’tibor  qaratish  talab 

etiladi: 

shu qismlarda xizmat qiluvchilarni to’g’ri tanlab olinganligi; 

statik toliqishni oldini olish tadbirlari bo’lgan harbiy mahoratlarni avtomatik tarzda 

bajarilishini mashq qilish; 

qism  jangchilari  texnika  xavfsizligi  qoidalarini  bilishi,  maxsus  kiyimlardan 

foydalana  olishi,  ishlab  chiqarish  muhitidagi  zararli  omillarning  ta’sirini  oldini 

olish  tadbirlarini  bilishi  (nomuvofiq  mikroiqlim,  shovqin,  tebranish,  havoning 

changlanganligi  va  gazlar  bilan  ifloslanganligi  v.b.)  kerak.  Ekstremal  vaziyatlar 

yuzaga kelgan sharoitlarda jabr ko’rganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olishi 

(yong’in, mexanizmlarni suv ostida boshqarish) kerak. 

Harbiy  xizmatchilarda  yuqoridagilarga  doir  zaruriy  bilimlarga  ega  bo’lishni 

shakllantirish  va  bu  bilimlarni  qo’llay  olishga  o’rgatish  harbiy  qism  vrachining 

zimmasiga  yuklatiladi,  buning  uchun  vrach  harbiy  qismdagi  harbiy  xizmatchilar 

bilim muntazam mashg’ulotlar o’tkazishi kerak. 

     Harbiy texnikaga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash kunlari ("parkka doir kunlar")  

gigiyenik talablarga  muvofiq quyidagilarni nazorat qilishi kerak: 

ishchi xonalarining maydoni; 

xonalarning yoritilishi, suv ta’minoti, isitilishining holati; 

ishchi xonalarning mikroiqlimi; 

tozalash inshootlarining ishlashini samaradorligi (havo, suv); 

sanitar-maishiy xonalarning borligi va jihozlanishi

harbiy xizmatchilarning maxsus kiyimlari, ichimlik suvi, qo’l va badanlarni yuvish 

uchun suvlar, qo’l yuvish chig’anoqlarining borligi va qo’l yuvish vositalari bilan 

ta’minlanganligi; 

og’ir jismoniy ishlarni mexanizatsiyalashtirilganligi; 

birinchi tibbiy xizmat ko’rsatish uchun dorilar qutisining borligi; 




 

622 


 

texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi

     Zamonaviy  harbiy  faoliyatda  keng  qo’llanadigan  texnika  vositalari  qatoriga 

(raketa  qo’shinlari,  harbiy  havo  himoyasi  qo’shinlari)  radiolokatsion  stansiyalar 

kiritilib,  ular  bilan  ishlaganda  xizmatchilar  organizmiga  bir  qator  zararli  omillar 

ta’sir  ko’rsatadi,  jumladan  o’ta  yuqori  chastotali  elektromagnit  maydoni  (asosan 

harbiy  texnikada  nosozlik  kuzatilganda,  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya 

qilinmagan hollarda yoki avariyali vaziyatlarda).   

RLS-lar  ishini  sanitar  nazoratdan  o’tkazilganda  quyidagi  lahzalarga  e’tiborni 

qaratish talab etiladi: 

Nurlantiruvchi  moslamalarning  joylashishi.  Buning  uchun  antennalarni  iloji 

boricha  yuqori  joyga  o’rnatishdir,  bunda  "o’lik  zona"  radiusi  kengaytirilib,  unda 

oqim quvvatining zichligi (PPM) nol qiymatga teng bo’ladi. 

 RLS  atrofida  nurlanishlarni  me’yorlash  zonasi  (mintaqasi)  borligi  va  maxsus 

belgilarning  qo’yilganligi.  Nurlanishni  me’yorlash  zonasi  (NMZ)  o’ta  yuqori 

chastotali  maydonning  tarqalishini  ta’riflovchi  hujjat  asosida  aniqlanadi  va  bu 

RLS-ga  beriladigan  hujjatda  ko’rsatiladi.  NMZ  instrumental  tekshirishlarni 

o’tkazmasdan  turib  bu  zonada  ishlash  muddatini  aniqlash  imkonini  beradi  va 

zarurat tug’ilganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarurligini ko’rsatadi. 

RLS atrofida 4 zona (mintaqa) ajratilgan bo’lishi lozim (10.3.1-jadval): 

10.3.1-jadval 

Nurlanishni me’yorlash zonasi 

 

Zo-na 


Oqim zichligi quvvati 

mkVt/sm2 

Ruxsat 

etiladigan 

ishlash muddati 

Zaruriy 


shaxsiy 

himoya vositalari 

1000 dan ortiq 



Tavsiya qilinmaydi 

 



100-1000 

5 - 20 daqiqa 

himoya  kostyumi  va 

ko’zoynak 

 3 

10 - 100 



Kuniga 2 soatgacha 

 4 



 10 dan kam 

Kuniga 8 soatgacha 

Xonalarda o’ta yuqori chastotali maydondan himoyalanish: 




 

623 


 

-  nurlantirgichlar va to’lqinni yo’naltiruvchilarni ekranlashtirish; 

-  xonalardagi  OQZ  -  oqim  zichligining  quvvati:  ish  joylarida  injener  bilan 

birgalikda o’lchanadi; 

-agar ish joylarida oqim zichligining quvvati 10 mkVt/sm

2

 dan ortiq bo’lsa, shaxsiy 



himoya vositalarini qo’llash; 

4.Ish joylarida rentgen nurlanishlarining doza quvvati, rentgenometrlar yordamida 

o’lchanadi. 

5.Ish joylaridagi shovqin darajasi, shovqin o’lchagich yordamida o’lchanadi. 

6.Xonalarning mikroiqlimi, shamollatgichlar, konditsionerlarning borligi va ishlash 

samaradorligi. Qiziydigan yuzalarni qoplamalar bilan to’silganligi. 

7.Xonalarning  tabiiy  va  sun’iy  yoritilganligini  ta’rifi,  ish  joylaridagi  yoritilganlik 

darajasi,  qorong’ulikka  moslashish  uchun  yoritgichlarning  borligi  (qizil  rangli 

yoritgichlarning borligi). 

8.RLS-da  ishlovchi  xodimlarning  ish  va  dam  olish  tartibi,  navbatma-navbat 

ishlashni  tashkil  etilganligi  (ish  vaqti  6  soat,  10  daqiqalik  cheklangan  dam  olish 

muddati- har 2 soatda bo’lishi). 

 RLS uchun asosiy gigiyenik omillarning ruxsat etiladigan darajalari yoki optimal 

qiymatlari quyidagi 10.3.2-jadvalda berilgan: 

10.3.2-jadval 

RLS uchun asosiy gigiyenik omillarning ruxsat etiladigan darajalari 

 Omillar 

Optimal 


qiymatlar 

REK 


O’ta 

yuqori 


chastotali 

maydonning OZQ, mkVt/sm



10 gacha (ish vaqti 8 s) 



100 gacha (ish vaqti 2s) 

1000 gacha (ish vaqti 20 daqiqa) 

Rentgen 

nurining 

doza 

quvvati, mR/s 



0,2 


Umumiy shovqin darajasi, dB  20-45 

65 


Mikroiqlim: 


 

624 


 

-havo harorati,     0C 

18-20 

160 (qish), 310gacha yozda 



-nisbiy namlik, % 

40-60   


30-70 

-havoning harakat tezligi, m/s  0,4-0,5 

 0,05(qish) va 3,0gacha yozda  

Ish joylarining yoritilganligi: 

 

 

-aniq ishlar uchun 



100 

-umumiy yoritilganlik 



30-50 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish