O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


-Mavzuga oida adabiyotlar tahlili (Literature



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

-Mavzuga oida adabiyotlar tahlili (Literature 
review).
Mamlakatimizda asrlar davomida millatlararo va 
dinlararo bag'rikenglikka asoslangan qadriyatlar va urf-odatlar 
shakllanib, ular zamonaviy o'zbek jamiyatining o'ziga xos 
xususiyatiga, xalq mentaliteti va turmush tarzining ajralmas 
qismiga aylangan. So'nggi yillarda erishgan yutuqlarini tahlil 
qilar 
ekanmiz, 
mamlakatimizda 
bag'rikenglik 
va 
insonparvarlikni 
yanada 
rivojlantirish, 
millatlararo 
va 
dinlararo 
o'zaro 
anglashuvni, 
fuqarolararo 
totuvlikni 
mustahkamlash, hamma uchun teng huquq va imkoniyatlarni 
ta'minlashga qaratilgan faol harakat olib borilayotganini 
kuzatish mumkin. Bugungi kunda respublikamizda faol “xalq 
diplomatiyasi” asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan 
muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, 
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va 
madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z 
faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va 
etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, 
milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har 
tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan 
Respublika baynalminal madaniyat markazi, 139 ta milliy 
madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan 
do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
http://science.nuu.uz/uzmu.php 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5/1 2021 
- 54 -
shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat 
yuritib kelmoqda. Bu kabi amaliy siyosat olib borish fuqarolar 
totuvligi va barqarorligini taminlash, turli millatlar vakillari 
o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada 
kengaytirish, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona 
oila tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgandir. 
Millatlararo totuvlik g’oyasi muayyan hudud, davlatda 
turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda 
faoliyat yuritishini ifoda etadi. O’zbekiston ko’p millatli 
(polietnik) davlat bo’lib, noyob demogarafik holat 
hisoblanadi. 
Bir 
mamlakat 
miqyosida 
turli 
millatlar 
yashashining bir qator murakkabligi va o’ziga xos 
xususiyatlari bor. Chunki, turli millatlarning mavjudligi 
ularning turmush tazrining turli-tumanliligini bildiradi. Turli 
obeyktiv sabablar va subeyktiv omillarning mavjudligi ayrim 
olingan ko‘p millatlar yashayotgan mamlakatlarda har doim 
ham barcha millatlarning manfaatlarini to‘laligicha amalga 
oshirish 
imkonini 
bermaydi. 
Millatlararo 
totuvlikni 
ta’minlashga bir yoqlama, yuzaki yondashuv jiddiy 
muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, davlatga o’z nomini 
bergan (titul) millat bilan o’sha joyda yashaydigan boshqa 
millat vakillari orasidagi munosabatlar katta e’tiborni talab 
qiladi. Bu o’ta nokiz masala. Yuzaki, bir yoqlama munosabat 
bo’lsa turli ziddiyatlar yuzaga kelib, xalqning jipsligiga zarar 
keltirib, bo’linish holati yuzaga kelishi va odamlar o’rtasida 
beqarorlikni paydo qiladi. Bu jarayonning oldini olish ko‘p 
millatlar 
yashaydigan 
mamlakatlar 
taraqqiyoti 
uchun 
ahamiyatga ega. Milliy birdamlikni yuzaga keltirish, milliy 
rang-baranglikdan 
umummushtaraklikga 
erishishda 
millatlararo totuvlik va bag’rikenglik muhim ahamiyatga ega 
fenomin hodisa hisoblanadi. Etnik birliklarni bir-biridan 
ajaratib turuvchi ko’plab omillar mavjud xususan, turmush 
tarzi, tarixi, madaniyati, dini, tili, urf-odatlari, iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasi kabilardir. Bu omillar bevosita turmush 
tarzi va turmush darajasiga ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Bugungi kunda mutaxassis olimlarning fikriga ko‘ra yer 
yuzida 3000 ga yaqin millat bo‘lib, insoniyatning o‘rta xisob 
bilan 96 % ni birlashtiradi, qolgan 4% ellat va qabilalardir [2]. 
Ta’kidlash lozimki millat va xalqlarning turmush tarzi va 
darajasi aynan bir xil emas va u nisbiy xarakterga ega.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish