O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5/1 2021 
- 56 -
dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 
73-sessiyasining 51-yig‘ilishida A/Res/73/128-sonli “Ma’rifat 
va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi tashkilotga a’zo 193 
mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. BMTga 
a’zo mamlakatlarning 50 dan ortig‘i bu rezolyutsiyani nafaqat 
qo‘llab-quvvatlashlarini, balki unga hammuallif bo‘lishlarini 
ta’kidladilar. Shuningdek, yurtboshimiz murojaatnomada 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 
rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni 
sifatida keng nishonlanishini inobatga olgan xolda ushbu 
sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni 
taklif etdi [6]. 
Bugungi kunda bag‘rikenglik insoniyat tomonidan 
erishilgan eng katta yutuqlardan biridir. Bundan keyingi 
taraqqiyot uchun ham u muhim omillardan bo‘lib qolaveradi. 
O‘zbekistonda turli konfessiya vakillari o‘rtasida mustahkam 
do‘stlik, bag‘rikenglik muhiti ta’minlangan. 
Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi 
ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. 
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil 
dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv 
yashagan markaz bo`lib keldi. Hatto bu hududlarni bosib 
olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida 
bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, 
shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab 
qabul qilganlar. 
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va 
madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu 
hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi 
doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib 
chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda 
yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro 
tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y 
harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb 
e`lon 
qildi. 
1981 
yil 
25 
noyabrda 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga 
asoslangan 
sabr-toqatsizlik 
va 
kamsitishning 
barcha 
shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi. 
Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod 
erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod 
erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va 
o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki 
e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli 
hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l 
qo`ymaslikka da`vat etadi. 
Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy 
madaniyatlarni, 
o`zini 
ifodalashning 
va 
insonning 
alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat 
qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, 
samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod 
vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. 
Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy 
ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf 
qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga 
eltuvchidir. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad 
emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari 
va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol 
munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana 
shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat 
qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va 
davlatlar namoyon qilishi lozim. 
Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, 
plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya 
va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. 
Bag`rikenglik aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan 
voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi 
xalqaro-huquqiy 
hujjatlarda 
o`rnatilgan 
qoidalarni 
tasdiqlovchi tushunchadir. 
Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga 
ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan 
sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz 
kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni 
anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal 
qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega 
ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, 
odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini 
tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi 
e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va 
o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. 
U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga 
majburan singdirilishi mumkin emas. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish