O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 55 -
uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi”[3], degan norma bilan diniy bag’rikenglik
huquqiy jihatdan kafolatlangan.
Masalaga
mamlakatimiz
misolida
qaraydigan
bo’lsak,
bag’rikenglik
va
millatlararo
totuvlikning
ta’minlanishi ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida
xizmat qilayotganini ta’kidlash mumkin. Milliy g’oyamizning
asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan millatlararo totuvlik va
bag’rikenglik g’oyasi mamlakatimiz ta’lim tizimidagi asosiy
masalalardan biri sifatida o’rin olgan. O’zbekistonda istiqomat
qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining
farzandlari maktablarda 7 tilda ta’lim olmoqdalar.
O’zbekiston hududida qadimdan qator millat va elat
vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Millatlararo
munosabatlarda uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda
ko’pmillatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga
samarali ta’sir etadi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida
“O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi
barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini
hurmat qilinishini ta’minlaydi ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratdi”[3], deb belgilab qo’yilgan. Mazkur
konstitutsiyaviy qoidada O’zbekistonda yashovchi ko’p sonli
millat va elatlarga nisbatan o’zaro hurmatda bo’lish, ularning
urf-odat va an’analarini rivojlanitishni belgilab qo’yilgan.
Bag’rikenglik o’zgalarning fikri, qarashlari va xatti-
haratiga ergashish, ularni to’gridan- to’g’ri qabul qilish
kerkligini anglatmaydi. Agar shunday bo’lsa har qanday yot
va zararli g’oyalar ayniqsa ekstrimizm va terrorizm, diniy
adidaparastlarga ham yon berish kerak degan o’ta xato xulosa
kelib chiqadi. Bag’rikenglik ekstrimizga qarshi tushuncha
chunki unda zo’ravonlik, og’dirib olishga o’xshash majburlov
ko’rinishlari yo’q. Odamlar, turli guruhlar, xalqlar, ijtimoiy
guruhlar o’rtasida bir-birini tushunish, ijobiy hamkorlik
yo’lidagi faol muosabatlarni bag’rikenglik doirasiga kiritish
mumkin. Bag’rikenglik tufayli xilma-xil ko’rinishdagi
munosabatlarda umumiylik holati yuzaga keladi. Ya’ni turli
millat va din vakillari yagona hududida til va madaniyat
nuqatai nazaridan teng turmush kechiradi. Bag’rikenglik har
qanday jamiyatda ijtimoiy adaolat va tenglik g’oyalarining
qaror topshini ham ta’minlaydi. Shu orqali jamiyat hayotida
rang-baranglik kuzatiladi. Hozirgi kunda bunday turfa xillikni
jamiyat hayotining barcha javhalarida ko’rish mumkin.
Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarni sog’lom va
ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ularni o’z milliy an’an va urf-odatlari,
madaniayatini sarab avaylashga, hurmat qilishga o’rgatish
yoshlarda bunday salbiy holatlar uchramasligiga zamin
yaratadi.
Bugungi globallashuv davrida bag’rikenglik va
millatlararo totuvlik yangicha ko’rinish va ahamiyat kasb
etayotir. Bag’rikenglik asosida millatlar o’rtasidagi milliy
o’ziga xoslik boshqa xalqlar tomonidan qabul qilinadi,
ma’lum qismi o’zlashtiriladi va boyib boradi. Shu asosda
millatlararo totuvlik ham yuzaga kelib, vatan ravnaqi, yurt
tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashdek vazifalarga
xizmat qiladi.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. 2017-2021
yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyadan ko‘zlangan
maqsad -olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada
oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish,
hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor
yo‘nalishlarni amalga oshirishdan iborat ekanligi belgilandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7
tilda olib borilmoqda. Teleradioko‘rsatuv va eshittirishlar 12
tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda
chop etilmoqda. Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat
va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq
yashamoqda ular umumiy uyumiz –O’zbekistonimiz ravnaqi
yo’lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona
mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli
fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat
qurishga hissa qo’shmoqda [4].
Bugungi davrning o‘zi davlatimiz mustaqilligi va
suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga
qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy
siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida
insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida
o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada
amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasida beshinchi ustivor yo’nalish
sifatida xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo
totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro
manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish belgilandi.
Bag’rikenglik
va
millatlararo
totuvlikni
ta’minlash
O’zbekistonda
olib
borilayotgan
siyosatning
asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lib, mazkur harakatlar startegiyasi
ushbu yo’nalishdagi faoliyat uchun dasturulamal bo’lib xizmat
qiladi.
YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16
noyabrda
oʻtkazilgan
28-sessiyasida
qabul
qilingan
“Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” dunyoda tinchlik va
totuvlikni taʼminlash, inson huquqlari va erkinliklari
ustuvorligini kafolatlash, teng huquqlilik hamda oʻzaro
hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yoʻlidagi muhim
qadam boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat qabul qilingan
sana -16 noyabr butun dunyoda Xalqaro bagʻrikenglik kuni
sifatida belgilangan.
Mamalkatimizda mazkur yo’nalishda ko’plab amaliy
ishlar qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar
ittifoqi, Oʻzbekistondagi islom sivilizitsiyasi markazi,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Milliy
madaniy markazlar tashkil etilib, ularning faoliyati kengayib
borilmoqda. Yurtboshimizning 2017 yil 19 maydagi
“Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal
madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar
bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari
kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Bagʻrikenglik
oʻzbek
xalqi
maʼnaviyati
va
madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda
nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda
istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida
doʻstlik
rishtalarini
yanada
mustahkamlash,
diniy
bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida
eʼtibor qaratib kelinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19
sentyabrda
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Bosh
Assambleyasining
72-sessiyasida
“Maʼrifat va diniy
bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul
qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon hamjamiyatining
diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning taʼlim olish
huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga
koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni
qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan
eʼtiborga molikdir. Ushbu taklifdan kelib chiqib, 2018 yil 12
Do'stlaringiz bilan baham: |