O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI O’RGATISHDA LINGVOKULTUROLOGIK TUSDAGI MASHQLAR TIZIMIDAN



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI O’RGATISHDA LINGVOKULTUROLOGIK TUSDAGI MASHQLAR TIZIMIDAN 
FOYDALANISH 
Annotatsiya 
Frazeologik birliklar xalqning tarixi va madaniyati, urf-odatlari va an'analari bilan chambarchas bog'liq. Ular biror bir tilni 
o'rganishda muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi. Shu sababdan frazeologizmlar tilshunos olimlar tomonidan yetarlicha tadqiq 
etilgan. Biroq chet tili o'qitish metodikasida bu soha deyarli o'rganilmagan.
Mazkur maqola lingvokulturologik xususiyatli frazeologik birliklardan xorijiy tillarni o’rgatishda samarali foydalanish 
masalasiga bag’ishlangan. Maqolada xorijiy til sifatida frantsuz tilini o’qitishda madaniy qadriyat sifatida tan olinadigan 
frazeologik birliklarni yaxshi o’zlashtirish uchun tegishli mashqlar tizimi ishlab chiqilgan va bu tizimga kirgan mashqlar orasidan 
lingvomadaniy jihadtan samarali bo’lganlari aniqlangan. 
Kalit so'zlar: 
frazeologik birliklar, madaniyat, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy-madaniy yondashuv, metodik qarashlar.
Har qanday xorijiy tilni o'rgatish va o'rganishda asosan 
leksik birliklarga tayaniladi, biroq bu o’rinda frazeologik 
birliklarni o'rgatish masalasiga unchalik e’tibor qaratilmaydi. 
Vaholanki metodik jihatdan olganda, frazeologik birliklarning 
til o’rgatish va til o’rganishdagi roli salmoqlidir. Mazkur 
maqsadga erishish uchun eng avvalo umumiy nazariy 
metodlardan samarali foydalanish talab etiladi. Bu o’rinda 
chet tili o’qituvchilaridan nafaqat nutqda qo’llanuvchi 
frazeologik birliklarning ma'nosini talabalarga tushuntrish, 
balki 
ularni 
bunday 
birliklarning 
lingvomadaniy 
xususiyatlaridan ham xabardor qilish talab etiladi. 
Ma’lumki, frazeologiyaning tilshunoslik fanining 
maxsus tarmog’i sifatida paydo bo'lishi yigirmanchi asrning 
boshlariga to'g'ri keladi. Biroq, ta’kidlab o’tishimiz joizki, 
tilshunoslar tomonidan frazeologik birliklar yetarlicha tadqiq 
etilgan bo’lsa-da, chet tili o'qitish metodikasida bu soha 
deyarli o'rganilmagan va shu sabab frazeologiyalardan xorijiy 
tillarni o’rgatishda oqilona foydalanish bugungi kun ta’lim 
didaktikasi 
va 
metodikasining 
dolzarb 
vazifalaridan 
hisoblanadi. 
Har qanday tilning so'z boyligi nafaqat lug’aviy 
ma’noga ega so’z-asoslar, sodda va murakkab yasama so’zlar 
bilan, 
balki 
"frazeologik 
birliklar" 
atamasi 
bilan 
belgilanadigan turg’un so’z birikmalari (polileksik birliklar) 
orqali ham shakllanadi.
Frazeologik birliklar xalqning tarixi va madaniyati, 
urf-odatlari va an'analari bilan chambarchas bog'liq. Ular biror 
bir tilni o'rganishda muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi. 
Ba'zan turli tillarda frazeologiyaning asosi bo'lgan bir xil 
majoziy modellar mavjud bo'lib, til egalari o’zlarining fikrlash 
doiralariga asosan asta-sekin bunday majoziy iboralarning 
ma'nosini tushunib boradilar. Misol uchun o’zbek tilidagi 
"Bandasidan emas, Xudodan tila" ifodasi o’zbek milliy 
e’tiqodidan kelib chiqqan. Bu ifodaning fransuz tilidagi 
muqobili "Priez Dieu, pas son serviteur" [1, 1625] ko’rinishida 
bo’ladi. 
E’tirof etilishicha, frazeologiya muayyan ma'no va 
leksik-grammatik 
kompozitsiyani 
mustahkamlaydigan 
so'zlarning semantik jihatdan erkin bo'lmagan kombinatsiyasi 
hisoblanadi. Frazeologik birliklar bir tilda keng tarqalgan va 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish