Qalqonsimon bez gormonlari
Qalqonsimon bez moddalar almashinuvida o‘ta muhim rol o‘ynaydi.
Buni qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida asosiy
almashinuvning o‘zgarishida va uni qon bilan ko‘p miqdorda
ta’minlanganligidan (massasining atigi 20-30 gr bo‘lishiga qaramay)
ko‘rish mumkin. Qalqonsimon bez qovushqoq kolloid suyuqlik bilan
to‘lgan ko‘pgina maxsus bo‘shliqlar — follikulalardan iboratdir. Ushbu
kolloid tarkibiga yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan (650000
atrofida) maxsus yod saqlovchi glikoprotein — yod — tireoglobulin
kiradi; u qalqonsimon bez follikulyar qismining asosiy gormoni —
tiroksinning zaxira shaklidir.
Bundan tashqari, qalqonsimon bezning parafollikulyar deb atalishi
maxsus hujayralar, yoki C-hujayralarda peptid tabiatli kalsitonin
sintezlanadi; u qonda kalsiy miqdorini doimiy saqlanib turishini
ta’minlaydi. Qonda kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin sekretsiyasi
kuchayadi va suyaklardan kalsiy safarbar bo‘lishini susaytiradi.
Tiroksin (3,5, 3
1
,5
1
-tetrayodtironin) qalqonsimon bezda L-tironindan
oson sintezlanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, gormonal faollikka
3,5, 3
1
-triyodtironin va 3,3-diyodtironinlar ham egadir.
Qalqonsimon bez gormonlari asosiy almashinuvi tezligini,
to‘qimalarning o‘sishi va takomillashuvi, oqsillar, uglevodlar va lipidlar
almashinuvi, suv-elektrolit almashinuvi, MNS, oshqozon-ichak yo‘li
faoliyatini, gemopoez, yurak-qon tomiri tizimi funksiyasini,
vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini, organizmning infeksiyaga berilmasligini
va boshqalarni boshqaradi.
355
Yosh bolalarda qalqonsimon bezning gipofunksiyasi kretinizm
kasalligiga olib keladi. Ushbu kasallikda bo‘yi o‘sishdan tashqari, teri,
soch, muskullarda maxsus o‘zgarishlar, almashinuv jarayonlari
tezligining keskin pasayishi, shuningdek, chuqur psixik o‘zgarishlar
ro‘y beradi.
Katta yoshli odamlarda qalqonsimon bez gipofunksiyasida,
gipotireoidli shish, yoki miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik
ko‘pincha ayollarda uchrab, suv-tuz, asosiy va yog‘lar almashinuvining
buzilishiga xosdir. Bemorlarda shilimshiq shish, patologik semirish
asosiy almashinuvining keskin pasayishi, soch va tishlarning tushishi,
miyaning umumiy o‘zgarishlari va psixik siljishlar kuzatiladi. Teri qurib
qoladi, tana harorati pasayadi, qonda glyukoza miqdori oshadi.
Gipotireoidizm qalqonsimon bez preparatlari bilan nisbatan oson
davolanadi.
Qalqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog‘liq yana bir kasallik —
endemik buqoqdir. Odatda bu kasallik suv va o‘simliklarda yod
yetishmaydigan tog‘li joylarda yashovchi aholi o‘rtasida ko‘proq
uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez to‘qimasi
biriktiruvchi to‘qima hisobiga kompensator kattalashadi, ammo bu
jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi kuzatilmaydi.
356
Kattalashgan bez ma’lum noqulay holat keltirsa-da kasallik organizm
funksiyalarining jiddiy o‘zgarishlariga olib kelmaydi.
Qalqonsimon bez funksiyasining oshishi (giperfunksiya) gipertireoz
yoki diffuz toksik buqoq kasalligi (Greyvs yoki Bazedov kasalligi)ga
olib keladi. Moddalar almashinuvining keskin oshishi to‘qima
oqsillarining parchalanishiga olib keladi, natijada manfiy azot balansi
rivojlanadi.Bazedov kasalligiga simptomlar triadasi xosdir: yurak
qisqarishlari sonining ortishi (taxikardiya), ko‘zlarning chaqchayishi
(ekzoftalm) va buqoq, ya’ni kattalashgan qalqonsimon bez; bemorlar
ozib ketishi qamda psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Qalqonsimon bez giperfunksiyasini, xususan, toksik buqoqni
davolash bezni xirurgik yo‘l bilan olib tashlashdan, yoki 131I (
β
- va
γ
-nurlanish bez to‘qimasini qisman parchalaydi) yuborishdan
iboratdir. Bundan tashqari, tireoid gormonlar sintezini tormozlovchi
tiroksin antigonistlarini yuborish yo‘li bilan davolash mumkin, ularga
tiomochevina, tiouratsil yoki metiltiouratsil kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |