Kallikrein-kinin sistemasi
Kininlar kelib chiqishi, tuzilishi va biokimyoviy xossalari jihatidan
bir-biriga o‘xshash peptidlar guruhidir. Ularning 2 turi tafovut etiladi:
Arg–Pro–Pro–Gly–Phe–Ser–Pro–Phe–Arg
Bradikinin
Liz–Arg–Pro–Pro–Gly–Phe–Ser–Pro– Phe–Arg
Lizilbradikinin (kallidin)
Kininlarning yarim yashash davri 20-30 sek, kininazalar ta’sirida
parchalanadi (93-rasm). Kininlar qon tomir silliq muskullarini
bo‘shashtiradi, ya’ni tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi, arterial bosim
pasayishiga olib keladi. Shuningdek, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini
kuchaytiradi va og‘riqqa sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |