2. Dunyo siyosiy xaritasi shakllanishining xususiyatlari va
asosiy bosqichlari.
Shakllanish bosqichlari. Hozirgi zamon dunyo
siyosiy xaritasi kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoliy-
iqtisodiy rivojlanish jarayonlari o„zgarishi, almashinuvi qonuniyatlarini
to„la aks ettiradi. Dunyo siyosiy xaritasi (DS) – tarixiy davrlarning
ko„zgusi, materiklar, qit‟alar, dunyo siosiy-iqtisodiy bo„linishining
o„ziga xos tasvirdir.
DSning shakllanishi quyidagi davrlarga bo„linadi: qadimgi, o„rta
asrlar, yangi davr va eng yangi davr.
Qadimgi davr (davlatlarning dastlab paydo bo„lishidan milodning
V asrigacha) quldorlik tuzumi davrini o„z ichiga oladi. Yer sharida
birinchi davlatlarning paydo bo„lishi va halokatini aks ettiradi. Qadimgi
Misr, Karfagen, qadimgi Gresiya, qadimgi Rim, O„rta Osiyoda
shakllangan qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug„d va boshqa davlatlar, Turk
hoqonliklari (miloddan avvalgi 2007 yildan milodning 216 yiligacha
Ulug„ Xun imperiyasi, ikkinchi Xun imperiyasi milodning II-IV asri)
kabi qadimgi davlatlar dunyo sivilizatsiyasining rivojlanishiga katta
hissa qo„shganlar.
O„rta asrlar davri (V-XV asrlar). Bu davrda DS feodalizm davri
bilan bog„liq holda shakllangan. Quldorlik imperiyalari parchalanib,
31
ularning o„rnida ko„p sonli katta va kichik feodal davlatlar paydo bo„ldi.
Feodal
davlatlarning
siyosiy
funksiyalari
quldorlik
davridagi
davlatlardiagiga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil edi. Bu davrda
ichki bozor shakllandi, regionlarning boshqalardan ajralgan holda biqiq
yashashiga chek qo„yildi. Davlatlarning o„zlaridan uzoqqa joylashgan
hududlarini bosib olishga harakat qilish ishtiyoqi kuchayadi. Dunyo
materiklari va qit‟alari turli davlatlar o„rtasida taqsimlab olindi.
Bu davrda muqaddas Rim imperiyasi, Angliya, Ispaniya, Fransiya,
Portugaliya, Kiyev Rusi, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon-Turkiston
o„lkasidagi feodal davlatlar va boshqalar mavjud bo„lgan. Shu jumladan,
O„rta asrlar dunyo siyosiy xaritasida Movarounnaxrning ilk feodal
davlatlari (Sug„d, Tohariston, Farg„ona, Choch, Xorazm va boshqalar),
IX-XIII asrdagi feodal davlatlar (Karluklar, Toxiriylar, Samoniylar
Koraniylar, Xorazm davlatlari va boshqalar), Chig„atoy ulusi (XIII-
XIVasr), Amir Temur va Temuriylar davlatlari (XIV asrning oxiri
XVasr boshi) katta salmoqqa ega bo„lganlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar qatoriga kiradigan quyidagi
sayohatlarni ko„rsatib o„tish mumkin:
1.
1492-1502 yillari-Amerikaning yevropaliklar uchun kashf
etilishi (X Kolumbiyaning Markaziy Amerika va Janubiy Amerikaning
shimoliga
sayohati).
Ispaniya
tomonidan
Amerikaning
kolonizatsiyasining boshlanishi;
2.
1498 – Voska da Gamaning Afrikani aylanib o„tgan dengiz
sayohati.
3.
1499-1504
yillar
Amerigo
Vespuchchining
Janubiy
Amerikaga sayohati;
4.
1519-1522 yillar – Magellan va sheriklarining dunyo aylanasi
bo„ylab sayyohati;
5.
1648 yil Semyon Dejnyovning sayyohati (Rossiya – Sibir);
6.
1740 yil V.Bering va P. Chirikov sayyohatlari (Sibir);
7.
1771-1773 yillar – J. Kuk sayyohati (Avstraliya, Okeaniya).
Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy va iqtisodiy
haritasida kuchli o„zgarishlar bo„lishiga olib keldi. U Yevropa
mustamlakachilar bosqichining boshlanishi, dunyo xo„jalik aloqalarining
keng tarqalishi, aholi ko„chish harakatlarining kuchayishiga sabab
bo„ladi. Buyuk geografik kashfiyotlar, birinchidan, dunyoning birinchi
uchta yirik mustamlakachi davlatlari – Ispaniya (Amerikada),
Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyalarining paydo bo„lishiga,
32
ikkinchidan, dunyo savdosining vujudga kelishi va dunyo bozorining
shakllanishiga olib keldi.
Dunyo siyosiy haritasi shakllanishining yangi asr davridagi asosiy
mazmunini mustamlakalar bosib olish, metropoliya (mustamlakachi)
davlatlari o„rtasidagi o„zaro munosabat va nisbatlar belgilab berdi. XX
asr boshida dunyo to„liq bo„lib olindi. 1914 yilda mustamlakachi
imperiyalar mustamlakalarining umumiy maydoni 74,9 mln. kv. km.
(jami yer yuzasi quruqlik xududlarining 56 % i), ulardagi aholi 530 mln.
(dunyo aholisining 35 % i). Angliya mustamlakalari maydoni 33,5 mln.
kv. km. (dunyo mustamlakalarining 44, 7% i), ularning aholisi 393, 5
mln. kishi (mustamlaka aholisining 74,2 % i), Rossiya shunga mos holda
– 17,4 mln. (23,3%) va 33.2 mln. (6,3 %); Fransiya – 10,6 mln. (14,1%)
va 55,5 mln. (10,5%); Germaniya – 2,9 mln. (3,9) va 12,3 mln. (2,3 %);
AQSH – 0,3 mln. (0.4%) va 9,7 mln. (1,8%); Yaponiya – 0,3 mln. (0,4
%) va 19,2 mln. (3,6 %) bo„lgan. Metropoliya va mustamlakalar
maydoni va aholisi o„rtasidagi nisbat tegishlicha quyidagi miqdordan
ortiq bo„lgan: Buyuk Britaniyada 100 va 8,8 marta va 0,2%,
Niderlandiya – 67 va 7,4, Portugaliya – 21 va 1,5, Fransiya – 21 va 1,3,
Belgiya – 80 va 2,8, marta, Daniya – 5 marta va 4,2 %, Germaniya 5
marta va 21%, Ispaniya – 40% va 3,8 %, Italiya – 1,7 marta va 2,2 %,
AQSH – 24,4 % va 11,6 %. Shu davrdan boshlab dunyoni qayta bo„lib
olish faqat urush va zo„ravonlik vositasida amalga oshishi mumkin edi.
Shu sababdan dunyoning yetakchi mamlakatlari o„rtasida bo„lingan
dunyoni qayta bo„lib olish uchun kurash tobora keskinlashdi.
Eng yangi davr birinchi jahon urushining tugashi va 1917 yil
Rossiyada Oktyabr to„ntarishidan boshlab to hozirgi kunlargacha
bo„lgan davrni qamrab oladi. Bu davr quyidagi uch bosqichga bo„linadi.
Birinchi bosqich (1917-1939 yillar) dunyo xaritasida SSSR
(sotsialistik imperiya) ning bo„lishi, Yevropada va dunyoning boshqa
qismlarida muhim hududiy o„zgarishlarning sodir bo„lishi bilan
harakterlanadi. Avstriya – Vengriya imperiyasi parchalanadi, ko„p
davlatlarning chegaralari o„zgaradi. Yangi mustaqil mamlakatlar –
Polsha, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya (Serbiya, Xorvatiya,
Sloveniya qirolliklari) va boshqalar paydo bo„ldi. Buyuk Britaniya,
Fransiya, Belgiya, Yaponiya mustamalakalari ko„paydi va kengaydi.
Germaniya mustamlakalari (3 mln. kv. km.) g„olib davlatlargi vasiylikka
(amalda mustamlakaga) berildi. Masalan, Tanganika Angiliyaga «
mandat» ga berildi. Togo va Kumerun esa Angliya va Fransiya o„rtasida
bo„lib olindi. Janubi-G„arbiy Afrika- JARga, Shimoliy Sharqiy Yangi
33
Gvineya – Avstraliya Ittifoqiga, Karolin, Marian, Marshall orollari-
Yaponiyaga, Qarbiy Samoa orollari – Yangi Zelandiyaga, Nauru orollari
– Angliya, Avstraliya, Yangi Zelandiyaga berildi.
Ikkinchi bosqich (1939 – 1990 y.) Yevropa siyosiy xaritasida yuz
bergan o„zgarishlardan tashqari, sotsialistik eksperementning kengayishi
(Yevropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo„lga o„tishi),
imperializm mustamlakachilik tizimining yemirilishi oqibatida Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasi (Karib regioni) okeanida 100 dan ortiq mustaqil
davlatning barpo etilishi bilan harakterlanadi. Mustamlakachilik
tizimining barbod bo„lishi, milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi,
xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari dunyo siyosiy xaritasini tubdan
o„zgartirib yubordi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda dunyo siyosiy xaritasida
Vetnam (1945 y), KXDR (1948), Xitoy Xalq Respublikasi (1949), 1948
yilda Birma va Seylon (1972 yildan Shiri Lanka), 1953 yilda Laos va
Kambodja paydo bo„ldi. 1997 yilda Maloya Federasiyasi tuzildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Afrikaning 90 % ga
yaqin hududi va 75 % aholisi mutamlaka asoratida edi. Bu yerda faqat
uchta mustaqil davlat (Janubiy Afrika Ittifoqini hisoblamaganda) –
Efiopiya, Misr, Liberiya mavjud bo„lgan, hozir ularning soni 50 dan
ortiq.
Uchinchi bosqich 1990 yillardan to hozirga qadar davom etayotir.
Bunda quyidagilar dunyo hamjamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy
siyosiy hayotiga katta ta‟sir ko„rsatdi va dunyo xaritasida muhim yangi
sifat o„zgarishlari sodir bo„lishiga olib keldi:
- 1991 yilda SSSR ning parchalanishi, uning tarkibidagi barcha
ittifoqdosh respublikalarda davlat mustaqilligining e‟lon qilinishi;
- Mustaqil davlatlar Hamdo„stligining (MDH) tashkil topishi;
- Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tinch yo„l bilan xalq –
demokratik inqilobining g„alaba qilishi (1989-1990 yillar);
- 1991 yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (harbiy) va o„zaro
yordam iqtisodiy kengayishi faoliyatining to„xtatilishi. Ular Yevropa va
dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga doimo jiddiy ta‟sir ko„rsatib
turgan edi;
- 1990 yil 3 oktyabr – ikki nemis davlatining (GFR va GDR)
yagona davlatga birlashuvi;
-
Yugoslaviya
Sotsialistik
Federativ
Respublikasining
parchalanishi, Sloveniya, Bosniya va Gersogovina, Harvatiya,
Yugoslaviya Ittifoqi Respublikasi (tarkibida Serbiya va Chernogoriya)
34
mustaqilligining e‟lon qilinishi. Hozirgi davom etayotgan fuqoralar
urushi va mamlakatlararo nizolar bilan bog„liq bo„lgan sobiq
federatsiyaning jiddiy inqirozi;
- 1990 yil may oyida ikki arab davlati – Yaman Arab Respublikasi
(YAAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YAXDR) milliy-
yetnik asoslarda birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti – Sana shahri);
- 1990-91 yillarda mustamlakachilikning barbod bo„lish jarayoni
davom etib, quyidagilar mustaqillikka erishdilar; Namibiya (Afrikadagi
eng so„nggi mutamlaka); Okeaniyada yangi davlatlar – Mikroneziya
Federativ Shtatlari (Karolin orollari), Marshal orollari Respublikasi
paydo bo„ldi;
- 1993 yil 1 yanvarda sobiq Chexoslovakiya parchalanib, ikkita
mustaqil davlat – Chexiya va Slovakiya vujudga keldi;
- 1993 yil – Eriteriya davlatning (Efiopiyaning qizil dengiz
qirqog„idagi sobiq provinsiyasi) mustaqilligi e‟lon qilindi.
Dunyo siyosiy xaritasining kelajakda o„zgarish miqyoslari ko„p
millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning rivoji yo„nalishiga,
mamlakatlar va xalqlar o„rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy
munosabatlarning harakteriga bog„liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |