1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


 Mamlakatlarni toifalarga ajratish



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

4. Mamlakatlarni toifalarga ajratish. 
Dunyoning hozirgi siyosiy 
xaritasida  230  ga  yaqin  mamlakat  va  hududlar  bor:  ularning  asosiy 
ko„pchiligi mustaqil davlatlardir. 
Mamlakatlar  sonining  bunchalik  kattaligi  ularni  guruhlantirishni 
taqazo  etadi.Bunda,  birinchi  navbatda,  miqdoriy  ko„rsatkichlar  mezon 
qilib  olinadi,  Mamlakatlarni  hududini  kattaligi  va  aholi  soniga  qarab 
guruhlantirish eng keng tarqalgan. Masalan, hududning kattaligiga ko„ra 
dunyoda  har  birining  maydoni  3  mln.  kv.  km.  dan  ortiq  7  ta  eng  katta 
mamlakat ajratiladi, ularning yalpi maydoni yer yuzidagi quruqlikning Ѕ 
qismidan ortig„ini egallaydi. 
Masalan, aholisi soniga ko„ra har biridagi aholi 100 mln. kishidan 
ortiq  bo„lgan 10  –ta eng katta mamlakat ajratiladi, bu mamlakatlardagi 
aholining yalpi soni yer yuzi aholisining 3/5 qismiga to„g„ri keladi. 
Dunyo  siyosiy  xaritasida  o„rtacha  va  kichikroq  mamlakatlar 
ko„pchilikni tashkil etadi. Juda kichik davlatlar ham  borki, ular «mitti» 
davlatlar deb ataladi. 
Mamlakatlar ko„pincha geografik o„rni xususiyatlariga qarab ham 
guruhlashtiriladi.  Bu  xususiyatiga  ko„ra  dengiz  bo„yida,  yarim    orolda, 
orollarda joylashgan mamlakatlar, arxepelag – mamlakatlarga bo„linadi. 
Hududi  bevosita  dengizga  tutash  bo„lmagan  mamlakatlar  (ular 
jami  40  taga  yaqin)  alohida  guruhni  tashkil  etadi.  Bu  mamlakatlarning 
quruqlik  ichkarisida  joylashganligi  dengiz  yo„llari,  dunyo  okeani 
boyliklaridan 
bevosita 
foydalanishni 
qiyinlashtiriladi. 
Jahon 
mamlakatlari  faqat  maydonining  katta  –  kichikligi  va  geografik 
o„rnigagina emas, balki sotsial-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko„ra ham 
bir-biridan farq qiladilar. 
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko„ra 1) iqtisodiy rivojlangan 
va  2) rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga bo„lish qabul qilingan. 
BMT  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan    mamlakatlarga  Yevropa, 
Osiyo,  Afrika,  Shimoliy  Amerika,  Avstraliya  va  Okeaniyaning  jami  60 


 
37 
ga  yaqin  mamlakatlarini  kiritgan.  Ularning  iqtisodiy  va  sotsial 
rivojlanishining  ancha  yuqori  ekanligi  va  aholi  jon  boshiga  to„g„ri 
keluvchi yalpi ichki mahsulotining ancha ko„pligi bilan ajralib turadi. 
Bulardan  birinchi  guruhni  AQSH,  Yaponiya,  GFR,  Fransiya, 
Buyuk Britaniya,  Italiya  va Kanadadan iborat «G„arbning  katta yettilik 
mamlakatlari»  tashkil  etadi.  Bular  G„arb  dunyosining  yetakchi 
mamlakatlari bo„lib, katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan 
ajralib  turadi.  Maslan,  «Yettilik»  mamlakatlarida  jahon  yalpi  milliy 
mahsulot  va  sanoat  ishlab  chiqarishning  50  %  dan  ortig„i,  qishloq 
xo„jaligi  mahsulotining  25  %  dan  ko„prog„i  to„g„ri  keladi.  Bu 
davlatlarda  aholi  jon  boshiga  to„g„ri  keluvchi  ichki  yalpi  mahsulot 
(IYAM) 10 ming dollardan 20 ming dollargacha tashkil etadi. 
Rivojlangan  mamlakatlarning  ikkinchi  kichik  toifasiga  kamroq 
rivojlangan  mamlakatlar,  birinchi  galda  Yevropa  mamlakatlari  kiradi. 
Bu  mamlakatlar  har  birining  siyosiy  va  iqtisodiy  qudrati  uncha  katta 
bo„lmasa  ham,  lekin  umuman  olganda  ular  jahon  ishlarida  katta,  shu 
bilan  birga  tobora  ortib  borayotgan  ahamiyat  kasb  etadi.  Ularning 
ko„pchiligida  aholi  jon  boshiga  to„g„ri  keladigan  ichki  yalpi  mahsulot 
«katta yettilik» mamlakatlaridagiga tengdir. 
SSSR  parchalanishi  natijasida  1991  yil  oxirida  barpo  bo„lgan 
Mustaqil  Davlatlar  Hamdustligiga  (MDH)  kirgan  mamlaktlarni  alohida 
toifaga kiritish mumkin. 
Qolgan barcha mamlakatlarni  BMT  rivojlanayotgan mamlakatlar 
toifasiga kiritiladi. Ular butun yer yuzi  quruqlik maydonining Ѕ qismini 
egallaydi,  aholisi  esa  dunyo  aholi  sonining  yarmidan  otig„ini,  Xitoyni 
qo„shib  hisoblaganda  70  %  dan  ko„pini  tashkil  etadi.  Rivojlanayotgan 
mamlakatlar dunyo siyosiy xaritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va 
Okeaniyada  ekvatordan  shimolda  va  ayniqsa  janubda  juda  katta 
masofaga cho„zilgan mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlardan ayrimlari 
(Eron,  Tayiland,  Efiopiya,  Misr,  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  va 
boshqalar)  ikkinchi  jahon  urishidan  ancha  oldin  mustaqillikka  ega 
bo„lgan.  Ko„pchiligi  esa,  mustaqillikka  urushdan  keyin  erishdi. 
Urushdan  keyin  100  ga  yaqin  mustaqil  davlat  vujudga  keldi  va  ular 
ozodlikka erishgan mamlakatlar deb atala boshladi. 
Juda katta turfa qiyofaga ega «uchinchi dunyo» mamlakatlari ichki 
sharoiti jihatidan xilma-xildir. Ular bir qancha toifalarga ajratiladi. 
Bu  mamlakatlarning  birinchi  toifasini  tayanch  mamlakatlari  deb 
ataluvchi Hindiston, Braziliya va Meksika tashkil etadi. Bu mamlakatlar 
juda  katta  tabiiy,  aholi  va  iqtisodiy  imkoniyatlarga  ega  hamda 


 
38 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  orasida  ko„p  jihatdan  yetakchi 
mamlakatlardir.  Masalan,  qolgan  hamma  rivojlanayotgan  mamlakatlar 
birgalikda  qancha  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqarishsa,  bu  uchta 
mamlakat  ham  deyarli  shuncha  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqaradi.  Bu 
mamldakatlarda  aholi  jon  boshiga  ishlab  chiqariladigan  ichki  yalpi 
mahsulot  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlardagidan  ancha  kam. 
Masalan,  Xindistonda  ichki  yalpi  mahsulot  qiymati  atiga  340  dollarni 
tashkil etadi.   
     Ikkinchi,  nisbatan  yaqinda  paydo  bo„lgan  davlatlar  toifasiga 
yangi  sanoatlashgan  mamlakatlar  deb  ataluvchi  ozgina  mamlakatlar  va 
hududlarni kiritish mumkin. Bu toifa mamlakatlarining tipik vakillariga 
Koreya  Respublikasi,  Tayvan,  Gonkong,  Singapur,  70-80  yillardan 
rivojlanayotgan ko„pchilik boshqa mamlakatlardan o„zib ketishdi. 
Uncha  katta  bo„lmagan  uchinchi  toifaga  tashqariga  neft 
chiqaruvchi  (eks-port  qiluvchchi)  mamlakatlar  –  Saudiya  Arabistoni, 
Quvayt,  Katar,  Birlashgan  Arab  Amirliklari,  Liviya,  Bruney  kiradi.  Bu 
mamlakatlarda  neft  sotishdan  katta  daromad  kelganligidan  aholi  jon 
boshiga to„g„ri keluvchi ichki yalpi mahsulot 10-15 ming va undan ortiq 
dollarni tashkil etadi. 
To„rtinchi,  eng  katta  toifaga  o„z  taroqqiyotida  sezilarli  darajada 
orqada  qolayotgan  o„nlab  mamlakatlar  kiradi.  Ularda  feodalizm 
qoldiqlari  saqlanib  qolayotgan  ko„p  tarmoqli  ancha  qaloq  xo„jalik 
ko„pchilikni tashkil etadi. 
Birinchi  toifaga  BMT  tasnifga  ko„ra  eng  kam  rivojlangan  42  ta 
mamlakat  kiradi  (aholisining  umumiy  soni  400  mln.  dan  ortiq).  Bu 
mamlakatlarda  iste‟molga  oid  xo„jaligi  ustun  turadi.  Ishlov  beruvchi 
sanoat  deyarli  yo„q.  Aholining  2/3  qismi  savodsiz.  Aholi  jon  boshiga 
to„g„ri  keluvchi  ichki  yalpi  mahsulot  atigi  –  100-200  dollarni  tashkil 
etadi.  Bu  toifaga  Osiyodagi  Bangladesh,  Nepal,  Afg„oniston,  Yaman, 
Afrikadagi  Mali,  Negir,  Chad,  Efiopiya,  Samoli,  Lotin  Amerikasidagi 
Gaiti kiradi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish