1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

1- mavzu: IQTISODIY GEOGRAFIYA FANINING 
PREDMETI VA MAQSADI. 
 
          Reja: 
 
1.
 
Iqtisodiy geografiyaning predmeti. 
2.
 
Iqtisodiy geografiyaning nazariy asoslari. 
3.
 
Iqtisodiy geografiya fanining obekti va unga ta‟sir etuvchi omillar. 
4.
 
Iqtisodiy geografiya fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi va 
tadqiqot uslublari. 
5.
 
Iqtisodiy geografiyaning vazifalari. 
 
 
1.  Iqtisodiy  geografiyaning  predmeti.
  Iqtisodiy  geografiya  – 
ijtimoiy  geogr  fanlar  turkumiga  kirib,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni 
geografik muammolarni, ishlab chiqarishni joylashtirish, xududiy ishlab 
chiqarish  majmualarini  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  muammolarini 
tadqiqot  qiladi.  Moddiy  ne‟mat  ishlab  chiqarish  jarayonini  gegorafik  – 
xususiyatlarini  o„rganadi.  Bu  jarayonda  kishilar  o„rtasida  ishlab 
chiqarish  munosabatlari  shakllanib,  ishlab  chiqarish  vositalari  va 
iste‟mol  buyumlari  vujudga  keladi.  Moddiy  ne‟mat  ishlab  chiqarish 
kuchlari  o„ziga  quyidagilarni  oladi:  ishlab  chiqarish  vositalari  qaysiki 
ular  yordamida  odamlar  o„z  bilimlari,  tajribalari,  ko„nikmalari  tufayli 
moddiy ne‟matlar ishlab chiqaradilar. Ishlab chiqarish usulining ikkinchi 
tomoni  –  bu  ishlab  chiqarish  munosabatlari  bo„lib,  moddiy  ne‟mat 
yaratish  jarayonida  kishilar  o„rtasida  ishlab  chiqarish  aloqalari  vujudga 
keladi. 
Iqtisodiy  geografiya  ishlab  chiqarishning  munosabatlari  bilan 
uzviy  ravishda  bog„langan  holda  ishlab  chiqarish  kuchlarini  xududiy 
joylanishini o„rganadi. 
Ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  geografik  muammolarini  tadqiqot 
qilish  ijtimoiy  mehnat  taqsimotini  keng  ko„lamda,  ya‟ni  xududiy 
(geografik) mehnat taqsimotini tashkil qilish bilan aniqlanadi. 
Iqtisodiy  geografiya  ishlab  chiqarish  geografiyasini  o„rgangan 
holda  qayerda  va  nima  ishlab  chiqarish  mamlakatlarini  sharoiti  va 
rivojlanishi  xususiyatlarini  hamda  ularda  iqtisodiy  rayonlar  vujudga 
kelishini,  mamlakatlar  va  rayonlar  o„rtasida  iqtisodiy  aloqalarni 
shakllanishini  tushuntiradi.  Shu  bilan  birga  iqtisodiy  geografiya 
xududlar  xo„jaligini  faqatgina    yozib  chiqmasdan,  balki  aniq 
materiallarni  umumlashtirib  va  tahlil  qilish  yo„li  bilan  u  yoki  bu 


 

mamlakat,  rayon,  markaz  yoki  xo„jalik  tarmoqlarida  ishlab  chiqarish 
kuchlarini joylashtirish va xududiy tashkil qilish xususiyatlarini ob‟ektiv 
qonuniyatlarini tushuntirib beradi. 
Iqtisodiy-geografik  izlanishlar  mamlakatimizni,  boshqa  yaqin  va 
uzoq  mamlakatlarni  bilishda  muhimdir.  Mehnatkashlarni  umumiy 
bilimini va ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini oshirishda roli katta. 
Ishlab  chiqarishni  geografik  muammolarini  hal  qilish  borasida 
iqtisodiy  geografiya  xalq  xo„jaligini  rejalashtirish  uchun,  xo„jalik 
ob‟ektlarni  joylashtirish  uchun  muhim  bo„lgan  va  xalq  xo„jaligini 
rivojlantirishni istiqbollari va bashorat qilish bilan bog„liq bo„lgan qator 
masalalarni tadqiqot qiladi. 
Ijtimoiy  formatsiya  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishni 
umumiy  qonunlari  turli  xil  tarixiy,  tabiiy  va  texnik  sharoitlarda 
mamlakat,  rayon  va  xo„jalik  tarmoqlarida  ishlab  chiqarishni 
joylashtirishda o„z ifodasini topadi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarda ana 
shu mahalliy sharoitlarni o„rganishga katta ahamiyat beriladi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish