1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining


  Dunyo  aholisining  soni,  zichligi  va    joylanish  xususityalari



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

1.  Dunyo  aholisining  soni,  zichligi  va    joylanish  xususityalari. 
Aholi  deganda,  ma‟lum  hududda  (mamlakatda,  mintaqada,  jahonda) 
yashayotgan  kishilar  guruhiga  aytiladi.  U  barcha  tarixiy  davrlar 
mobaynida  jamiyat  taraqqiyotining  asosi  bo„lib  kelgan.  Chunki  u 
hamisha  moddiy  boyliklarni  ishlab  chiqargan,  o„z  iste‟molida 
foydalangan va jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib kelgan. 
1999  yilning  oktyabr  oyida  jahon  aholisi  6  mlrd.  kishilik  marrani 
xatlab o„tdi. 2001 yil o„rtalarida uning umumiy soni 6137 mln. kishiga 
yetdi. Hozirgi vaqtda uning umumiy soni 6,5 mlrd. kishidan ortib ketdi. 
BMT  va  boshqa  halqaro  tashkilotlarning  hisob  -  kitob  va  taxminlariga 
ko„ra,  2010  yilda  aholi  soni  7  mlrd.  176,6  mln.  ga,  2025  yilda  esa,  8 
mlrd. 504,2 mln.ga yetadi. Hisob-kitoblardan ma‟lum bo„ldiki, dunyoda 
har 230 kunda 1 ta Turkiya  aholisiga barobar nufuz ortadi. Har soniyada 
3,  daqiqada  155,  har  soatda  10600,  har  kunda  esa  245-620  chaqaloq 
ro„yxatga olinadi. 
Aholi  yer  kurrasida  nihoyatda  notekis  joylashgan.  Aholi  ko„p 
to„plangan uchta asosiy arealni ajratib ko„rsatish mumkin. Birinchi  areal 
Janubiy,  Janubi-Sharqiy  va  Sharqiy  Osiyoni  o„z  ichiga  oladi.  Bu 
arealdagi mamlakatlarda o„rtacha zichlik 1 km. kv 100 kishidan ortadi, 
ba‟zi  joylarda  esa,  1000-1500  kishiga  yetadi  va  undan  ham  oshadi. 
Aholining  bunday  zichligiga  bu  yerda  kishilarning  qadimdan  yashash, 
ko„p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor dehqonchilik tipining tarixiy 
tarkib  topganligi,  shuningdek,  aholining  tabiiy  ko„payishi  xususiyatlari 
sabab bo„lgan. 
Yer  shari  aholisining  70  %  i  quruqlikning  7  foizida 
mujassamlangan bo„lsa, 15 % da aholi umuman yashamaydi. Aholining 
asosiy  qismi  mu‟tadil,  subtropik  va  subekvatorial  iqlim  mintaqalarida 
joylashgan,  50  %  aholi  dengiz  sathidan  200  m  gacha  bo„lgan 


 
43 
hududlarda, 30 % i dengiz sohillaridan 50 km. gacha o„zoq hududlarda 
yashaydi. 
Yer  shari  bo„yicha  har  km
2
  ga  o„rtacha  40  kishi  to„g„ri  kelsada, 
ayrim  mamlakatlarda  aholi  zichligi  juda  yuqori  (Bangladeshda  har  km
2
 
ga  800  kishi,  Manokada  15,5  ming,  Singapurda  4,5  ming  kishi  to„g„ri 
keladi). yer shari aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir: 
1.  Janubiy  Osiyo-Hindiston,  Bangladesh,  Shri-Lanka,  Pokiston 
(aholi  soni  1,5  mlrd.ga  yaqinlashmoqda,  zichligi  300-500  kishi  har 
km
2
ga;) 
2.  Sharqiy  Osiyo  –Xitoy,  Yaponiya,  Koreya  respublikasi,  KXDR 
(Bu hududda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, zichligi har km

ga 200-
300 kishi); 
3.  Janubi-Sharqiy  Osiyo  –  Indoneziya,  Filippin,  Tayland, 
Malayziya va boshqalar (aholi soni 0,5 mlrd. zichlik har km

ga o„rtacha 
300 kishi); 
4. Yevropa (aholi soni 0,7 mlrd ga yaqin, zichlik har km

 o„rtacha 
200 kishi). 
5.  Shimoliy  Amerika  Atlantika  okeani  sohillari,  AQSH  ning 
shimoli-sharqi. 
Umuman, Dunyo aholisining 60 % i Osiyoda, 12% i Afrikada, 9,5 
% i Yevropada, 8,5 % i Lotin Amerikasida, 5,5 % dan ortig„i Shimoliy 
Amerika va MDH da 0,5 % Avstraliya va Okeaniyada istiqomat qiladi. 
Zichligi katta bo„lgan ikkinchi areal Yevropada tarkib topgan. Bu 
yerlarda aholining o„rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo„lgan 
bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat rayonlarida aholi zichligi har 
km. kv. da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi areal 
AQSHning  shimoliy-sharqiy  qismidir.  Bu  hududda  sanoat  yuksak 
rivojlanganligi  hamda  mamlakatning  asosiy  rayoni  ekanligi  aholining 
zich joylashishiga sabab bo„lgan. Shu bilan birga quruqlik maydonining 
yarmiga yaqinida aholi zichligi 1 km
2
 ga bir kishi hali to„g„ri kelmaydi. 
O„zlashtirish ayniqsa qiyin bo„lgan doimiy  sovuq Qutbda, baland tog„li 
o„lkalar,  cho„llar,  issiq  va  sernam  ekvatorial  o„rmonlarda  aholi 
nihoyatda  kam.  Shunday  qilib,  tabiiy  sharoit  aholining  joylashishiga 
katta ta‟sir ko„rsatadi. Quyidagi jadval orqali ham aholining balandliklar 
bo„yicha joylanish xususiylashtirini bilib olish mumkin.  
   Aholining  joylashishiga  tabiiy  sharoit  xususiyatlardan  tashqari 
iqtisodiy  va  tarixiy  sharoitlar,  aholini  kelib  o„rnashgan  vaqti,  xo„jalik 
tipii,  tashqi  va  ichki  migratsiyaning  intensivligi  va  boshqalar  hal 
qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. 


 
44 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish