1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Xom  ashyo  omili
.  Tabiiyki,  mahsulot  xom  ashyo  boshqalariga 
qaraganda  ko„proq  sarflanadi.  Shuning  uchun  bunday  mahsulotlarni 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar 
xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. 
Sanoatning  barcha  tarmoqlari,    masalan,  tog„-kon,  o„rmon, 
baliqchilik  o„z-o„zidan  ma‟lumki,  xom  ashyo  bo„lmagan  rayonlarda 
rivojlanmaydi.  Bunday  sanoat  tarmoqlarining  joylashuvi  bevosita 
foydali  qazilmalar  yoki  tabiiy  boyliklar  geografiyasi  bilan  bog„liq. 
Boshqa  sanoat  tarmoqlarining  hududiy  tashkil  etilishi  esa  biroz 
murakkabroq,  masalan,  1  tonna  paxta  tolasi  olish  uchun  taxminan  3 
tonna paxta, 1 tonna paxta uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog„iga 3 


 
21 
tonna  kungaboqar,  1  tonna  shakarga  7  tonna  qand  lavlagisi  ishlatiladi. 
Ushbu  raqamlarni  nisbiy  ko„rinishda  berish  foydadan  xoli  emas. 
Chunonchi,  paxta  tolasini  oq  paxtadan  chiqishi  32-33  foiz,  paxta 
yog„ining  chigitdan  olinishi  19-20  foiz,  shakarni  qand  lavlagidan  olish 
14-15  foiz  va  shunga  o„xshash.  Demak,  bu  korxonalar  xom  ashyo 
rayonida yoxud unga yaqin joylashtiriladi. 
Xom  ashyoga  ko„proq  asoslangan  sanoat  tarmoqlarining 
joylashuvini  o„rganish  eng  avvalo  mamlakat  tabiiy  sharoiti  va 
boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma boyliklarning ma‟lum 
hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni kompleks tashkil qilishga, 
xududiy majmualarni shakllantirishga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil 
etish samaradorligini oshirishga sabab bo„ladi. 
Yoqilg„i  issiqlik  elektr  stransiyalari  uchun  hamda  qora 
metallurgiya 
sanoatining 
dastlabki-cho„yan 
eritish 
bosqichini 
joylashtirishda  asosiy  rol  o„ynaydi.  Ammo  uning  ta‟siri  hamma  vaqt 
ham  kuchga  ega  emas:  issiqlik  elektr  stansiyalari  yoki  metallurgiya 
zavodlari  ayrim  hollarda  iste‟mol  rayonlarida  ham  joylashtirilishi 
mumkin. Bu  masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz 
asosida ishlovchi issiqlik stansiyalarini qurishga tegishlidir. 
Biroq, qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir 
xil  bo„lmaydi.  Ma‟lumki,  qazib  olinadigan  temir  rudasining  taxminan 
48-50  foizi  foydalidir,  ya‟ni    ulardan  deyarli  shuncha  cho„yan  olish 
mumkin  (1  tonna  cho„yan  ishlab  chiqishda  taxminan  2  tonna  temir 
rudasi  va  1,2  tonna  kokslanuvchi  ko„mir  sarflanadi).  Ammo  bu 
«o„rtacha»  raqam  hamma  joyda  ham  bir  xil  emas:  ayrim  konlarda 
temirning  qazib  olinadigan  rudadagi  ulushi  atigi  17-19  foizni  tashkil 
etadi, 
xolos. 
Bunday  konlarga  Uraldagi  Qo„shqanorni  yoki 
Qorqalpog„iston  Respublikasidagi  Tebinbuloqni  misol  qilib  ko„rsatish 
mumkin.  O„z-o„zidan  ko„rinib  turibdiki,  bu  yerda  qazib  olinadigan 
rudani  bevosita  domna  pechlarida  eritib  bo„lmaydi,  chunki  kerakli 
mineraldan  ko„ra  keraksiz  jinslar  ko„proq.  Shuning  uchun  bu  ruda 
albatta  dastlab  boyitilishi  va  uning  tarkibidagi  foydali  mineralning 
hissasi oshirilishi lozim. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish