Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA PSIXOLOGIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH UCHUN ZARUR OMILLAR
Sultanov Shoxruh Rahmon o‘g‘li
Namangan davlat universiteti talabasi
Munavvarxonova Mahliyoxon Muzaffarxon qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishga
qaratilayotgan e’tibor, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda pedagogik-psixologik
mahoratning ahamiyati, o‘quvchi tarbiyasidagi eng muhim e’tibor qaratiladigan jihatlar haqida
fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Islohot, ilm-ma’rifat, ma’naviyat, ma’naviy dunyoqarash, pedagogik
texnologiyalar, bola psixologiyasi, temperament, tarbiya, psixik jarayon.
Bugungi kundagi ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish uchun maktablarda
o‘quvchilarga chuqur va mustahkam bilim berish, ta’lim oluvchilarlarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirishda turli xil interfaol metodlardan foydalanish talab etilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri shaxs manfaati
va ta’lim ustuvorligidir. Ular davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli
ta’limning yangi modellari yaratilmoqda. Jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari
bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik
vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ular
yordamida vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ulari rivojlantiriladi.
Maktablarda o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularni jamiyatimizga yetuk inson qilib
tarbiyalab berish uchun o‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan talablarga amal qilishi lozim. Ta’lim
jarayonida asosiy shaxs bu o‘qituvchidir. Chunki bolaga fan asoslarini o‘rgatishda, uni
bilimlar olamiga olib kirishda o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda bugungi maktab
o‘qituvchisining bilim saviyasi zamon talablariga muvofiq kelishi lozim. Darhaqiqat, o‘qituvchi
jamiyatda juda katta vazifani bajaradi. U o‘quvchining ertangi kuni uchun mas’ul.
Deyarli har bir inson boshlang‘ich ta’lim davrini boshdan kechiradi. Ushbu davrda biror bir
bola yo‘qki, hatto ota-onasining gaplaridan ham ustozining gaplarini ustun qo‘ymagan. Ota yoki
ona farzandiga unday desa, yo‘q siz bilmaysiz ustozimiz bunday degan, deb turib oladilar. Mana
shu davrda ustoznining har bir aytayotgan gapi bola uchun kelajakda bir umr yodida qoladigan
(ehtimol, qachondir xato aytilgan tushunchalarni katta bo‘lganida to‘g‘risini bilib olar) ma’lumot
bo‘lib qoladi. Bulardan shu xulosaga kelish mumkinki, bolaning psixologik tarbiyasi (ijobiy yoki
salbiy) eng birinchi o‘rinda o‘qituvchi zimmasida turadi.
Boshlang‘ich ta’lim deyarli dunyoning barcha davlatlari ta’lim tizimining eng murakkab
bosqichi bo‘lib sanalishi barchaga ravshan. Sababi shundaki, umumiy o‘rta ta’limning eng
ajralmas qismi, uning poydevori boshlang‘ich ta’lim ya’ni birinchi hamda to‘rtinchi sinflarni
o‘z ichiga qamrab olgan ushbu davr o‘ta murakkab davr sanaladi. Bolalarning kelajakda qay bir
yo‘ldan borishi (ya’ni yaxshi yoki yomon) aynan shu davrda olinadigan ta’lim hamda tarbiyaga
bog‘liq bo‘ladi. Bolaning psixologik temperamenti ham aynan o‘zgaradigan, shakllanadigan davr
ham shu vaqtda sodir bo‘ladi. Bola psixologiyasini boshqarish aynan boshlang‘ich sinflarda oson
bo‘lib, kuchli psixologik bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi uni o‘zi xohlagan yo‘nalishga burib qo‘ya
oladi. Lekin yaxshilab e’tibor berilsa, bola psixologiyasini boshqarish deyilmoqda. Bu esa aynan
psixologiyaning oddiy, oson ekanligini anglatmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda jamoani shakllantirish, ya’ni ularni bitta ahil jamoaga jamlay olish ham
psixologik qobiliyatni talab etadi. Buning avvaliga o‘qituvchi o‘quvchilarni birinchi sinfga kelgan
chog‘laridanoq ularni turli pedagogik metodlar asosida to‘liqligicha o‘rganib chiqishlari zarur.
Ushbu jarayonni faqatgina boshida emas, balki toki bola 4-sinfni tamomlaguniga qadar davom
ettirish talab etiladi. Sababi shundki, 1-4 sinflar oralig‘ida nazoratni uzish katta o‘zgarishlar
bo‘lishiga olib keladi. Masalan, bola o‘g‘rilik qila boshlashi mumkin, yuqori sinfdagi bezori
bolalarga havas qilib, ularning yo‘rig‘idan yorg‘alashi mumkin, yolg‘onchilikni o‘rganishi, darslani
tayyorlamaslikni, hatto darslarga kelishni kamaytirib yuborishi ham mumkin bo‘lib qoladi. Buning
uchun ham pedagogik ham psixologik salohiyatni ishga solgan holda o‘quvchini nazorat qilish
141
Do'stlaringiz bilan baham: |