Kalit so‘zlar:
Zamonaviy pedagogik texnologiya, texnologiya, nazariya, amaliyot, pedagogik
tizimlar.
Boshlang‘ich ta’lim – ta’lim imoratining poydevori ekanligi hech kimda et’tiroz tug‘dirmaydigan
haqiqatdir .Shunday ekan ta’lim imoratining pishiq-puxtaligi ,ko‘rkamligi,salobati,avvalo
boshlang‘ich ta’limimizning saviyasiga boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning tarkibiga ,ularning
zaruriy bilim va malakalarini pedagogigk mahoratini puhta egallaganligiga bog‘liq. O‘qituvchi
qanchalik bilimdon bo‘lsa ,o‘z ishini sevsa, kasb mahoratini tinmay takomillashtirib borsa ,yangi
samarali usullarni ,tajribalarni egallash ustida tinimsiz ishlasa , o‘zi ham yangiliklar ijod etish
uchun izlansa , u bergan ta’limning samarasi yuqori bo‘lishi shak shubhasiz.
Ta’lim samarodorligini oshiradigan omillardan birita’lim jarayonida ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan o‘z o‘rnida ,mohirona foydalanishdir.Bu boshlang‘ich ta’lim uchun ham
taalluqlidir. Innovatsion texnologiyalar,interfaol dars usullaridan , axborot kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari boshlang‘ich sinflarda ham juda ko‘p. Ma’lumki,
innovatsiya yangiliklar yaratish, degan ma’nonolarni bildiradi. Ta’lim jarayonida ham innovatsiya
shu yoki shunga yaqin ma’noda qo‘llaniladi hamda sinfdagi barcha o‘quvchilarni barabariga
faollashtiradigan, dars jarayonida ularni bo‘sh o‘zlashtiruvchidan , mustaqil fikr yurituvchi,
xulosalar chiqara oluvchi faol ishtirokchiga aylantirishda qo‘llaniladigan metodlar majmui
tushuniladi.
O‘quvchilarga ta’lim - tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashni yetakchi sharti o‘quvchini
shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirish hisoblanadi.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
ona tili fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy
fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Bunda diktant va
uni turlaridan unumli foydalanish muhim omil hisoblanadi. Quyida izohli diktantdan foydalanish
imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tmoqchiman.Izohli diktant boshlang‘ich sinflarning barchasi uchun mos
bo‘lib, o‘quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so‘zlarning yozilishini tushuntirish
va ma’nosini izohlash maqsadida o‘tkaziladi. Belgilangan matn o‘quvchilarga yozdiriladi. Undagi
so‘zlarning imlosi eslatilmaydi, o‘quvchilar matnni yozib bo‘lganlaridan keyin undagi so‘zlarni
qanday yozganliklari tekshiriladi.
Albatta, o‘quvchilar yozuvida ayrim xatolar bo‘lishi mumkin. o‘quvchilar yozuvidagi xatolar
quyidagi tartibda tuzatilib, izohlanishi mumkin:
a) o‘quvchilardan biri aytgan so‘zdagi xatoni boshqa bir o‘quvchi og‘zaki izohlaydi;
b) o‘quvchi xatosini o‘qituvchi og‘zaki izohlaydi;
d) o‘quvchi yozgan xato so‘zni o‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatadi.
Shu tartibda o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarini topib, ularni tuzatadilar. Bu bilan o‘quvchilarning
imlo savodxonligini aniqlash va kamchiliklarini tuzatish mumkin.
Izohli diktant uchun matnni o‘quv darsliklaridan ham tanlash mumkin. Bunday holatda
matnni o‘quvchilarga yozdirib bo‘lgandan keyin, ular kitoblarini ochib, yozganlarini taqqoslab
ko‘radilar. O‘zlari sezgan xatolarini tuzatadilar. Lekin hamma o‘quvchilar ham o‘z xatolarini topa
olmaydilar. Shuning uchun ular bilan alohida ish olib borishga to‘g‘ri keladi.Ta’limiy diktantning
boshqa turlari kabi izohli diktantni ham yozuv darsining ma’lum bir qismida o‘tkazish mumkin.
Izohli diktant o‘quvchilar bilimini oshirishda eng foydali yozma ish turlaridan biri hisoblanadi.
Bu diktant turini 3—4-sinflarda tez-tez o‘tkazib turish maqsadga muvofiq.
Izohli diktant o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o‘tkaziladi. O‘quvchi, odatda,
o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ma’lum so‘zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin
143
Do'stlaringiz bilan baham: |